О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə1/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106

О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
Atrof muhit himoyasi va Ekologiya” kafedrasi
TASDIQLAYMAN”
О‘quv ishlari prorektori
O.N.Bozorov 2019 yil
EKOLOGIYANING HUQUQIY ASOSLARI”
FANIDAN


ELEKTRON MODULLI О‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Ta’lim yo’nalishi: 5630100- Ekologiya va atrof muhit muhofazasi




Qarshi 2019 yil

Mazkur о‘quv-uslubiy majmua Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlandi.


Tuzuvchilar: t.f.d., Sh.Muradov QMII “Atrof-muhit H va E” kafedrasi professori,
Turdiyeva F.A. QMII “Atrof-muhit H va E” kafedrasi assistenti



Taqrizchilar:

k.f.f.d. U.R.Panjiyev.-“Geologiya va konchilik”
fakulteti dekani

O’quv-uslubiy majmua “Atrof-muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasining 2019 yil
20.08 dagi 1- sonli, Geologiya va konchilik fakulteti Uslubiy komissiyasining 2019 yil 24.08 dagi 1 - sonli, institut Uslubiy Kengashining 2019 yil 26.08 dagi 1 - sonli yig‘ilishlarida kо‘rib chiqilib tasdiqlangan.
MUNDARIJA

I.

О‘quv materiallar




1.1

Ma’ruza matni




1.2

Amaliy mashg’ulot




II.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari




III.

Glossariy




IV.

Ilovalar




4.1

Fan dasturi




4.2

Ishchi o’quv dasturi




4.3

“Ekologiyaning huquqiy asoslari” fanini o’rganishda foydalaniladigan innovatsion pedagogik texnologiyalar




4.4

Tarqatma materiallar




4.5

Testlar




4.6

Nazorat savollari




4.7

Taqdimot materiallari




4.8

Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, shu jumladan xorijiy adabiyotlar



KIRISH


Oliy ta'lim tizimida yuksak malakali, ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, kelajakda kasbiy va hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, yangi texnika va texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli kadrlarni tayyorlashda ta'lim jarayonini zamonaviy o'quv-uslubiy majmualar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega.
Davlat ta'lim standarti va fan dasturida belgilangan talablar tomonidan egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishni, o'quv jarayonini kompleks loyihalash asosida kafolatlangan natijalarni olishni, mustaqil bilim olish va o'rganishni hamda nazoratni amalga oshirishni ta'minlaydigan, talabaning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv –uslubiy manbalar, didaktik vositalar va materiallar, elektron ta'lim resurslari, o'qitish texnologiyasi, baholash uslublari va mezonlarini o'z ichiga oladi.
Fanning o'quv-uslubiy majmuasi komponentlarining mazmuni Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan fan dasturiga muvofiq, hamda shaxsga yo'naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, tamoyillari va talablari asosida ishlab chiqildi.
Mazkur majmuada “Ekologiyaning xuquqiy asoslari” fanidan
O'quv dasturi - Fannning o'quv dasturi Toshkent Davlat Texnika Universitetida ishlab chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil “21” 10 dagi “396” – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.
Ishchi o'quv dasturi - fanning maqsadi, vazifalari va o'rganadigan muammolari, talabalarning fan bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar tavsifi, kompetensiyasi, nazariy, amaliy va mustaqil ish mashg'ulotlari hajmi va mazmuni, uslubiy tavsiyalar, taqvimiy mavzuiy rejalar, o'quv-uslubiy adabiyotlar va didaktik vositalar ro'yxati hamda baholash mezonlari kiritilgan.
Ma'ruza matni - fanning ishchi o'quv dasturi bo'yicha undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, yangi bilimlarni olishga qaratilgan, o'quv maqsadlari keltirilgan, foydalaniladigan asosiy va qo'shimcha o'quv adabiyotlar ko'rsatilgan, o'z-o'zini nazorat qilishga oid savollar, mavzuga oid tayanch atama va iboralar keltirilgan. Ishchi o'quv dasturi namunaviy dasturga asosan va ayrim mavzulari talabalarni hududiy istemolchilarni talabiga asosan tayorlashga qaratilgan.
Ta’lim texnologiyalari - fannining shaxsga yunaltirilgan va rivojlantiruvchi ta'limga asoslangan o'qitish texnologiyasi bo'yicha uslubiy qo'llanma ishlab chiqildi. Fanni o'qitish texnologiyasi ta'lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish, o'tkazish, bilim va ko'nikmalarni baholash jarayonini o'z ichiga oladi. Har bir mashg'ulot uchun texnologik xaritalari ishlab chiqildi. Texnologik xaritani loyihalash pedagogik mahorat cho'qqisi hisoblanadi, chunki mashg'ulot davomida bajariladigan amaliy ish jarayoni texnologik xaritada ketma-ketlik qoidasi asosida tasvirlangan.
Bundan tashqari majmuada taqdimot materiallar, tarqatma materiallar, glossariy, test savollari, fandan umumiy nazorat savollari, reyting tizimi asosida talabalar bilimini baholash mezonlari (uslubiy ko'rsatma) va foydalanilgan adabiyotlar jamlangan.
Islom Abduganievich Karimov o'zlarining “Uzbekiston XXI - asr bo'sag'asida, xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlarida Uzbekistondagi ekologik muammolarga aloxida e'tibor berganlar- Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz axolisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo'l kovushtirib o'tirish o'z – o'zini o'limga maxkum etish bilan barobardir. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Bugungi kunda ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish muammosi eng dolzarb va kechiktirib bo'lmaydigan masalalardan biridir. Shu aspektda “Ekologiiyaning xuquqiy
asoslari” fani ham o'zining tutgan mavqeyi va dolzarbligi bilan bu muammoninig muxim zanjirini xosil qiladi.

  1. Yüklə 2,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin