KONSTITUTSIYA ASOSIDA YOSHLARGA EKOLOGIK-HUQUQIY TA’LIM VA TARBIYA BERISH
Mustaqillik yillarida ekologik muammolarning hal etilishi fuqarolarning, ayniqsa, yoshlarning ekologik-huquqiy bilimi, ongi, ma’naviyati va madaniyatini zamon talabi darjasida rivojlantirish va shakllantirib borishni taqozo etadi. Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 10 mln. 360 ming nafarni yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 17 mln. 80 ming nafarni yoki 64 foizini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir”21.
SHu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi “... har kim bilim olish huquqiga ega” ekanligi, 50-moddasida “fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburligi”, 55-moddasida “Er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”22, - deb ko‘rsatilishi hozirgi paytda barcha fuqarolarni, jumladan, yoshlarni ekologik-huquqiy tarbiyalash jarayonini mustahkamlashni nazarda tutib, ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganligini ko‘rsatmoqda.
YUrtboshimizning ta’biriga ko‘ra, “...holisona tahlil, islohotlarimizning mantiqiy va izchilligi, ularning eng zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo‘yicha jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko‘rsatmoqda”23.
Ushbu g‘oya hozirgi sharoitda ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya masalasiga ham bevosita asosiy manba bo‘lib, uni kelajakdagi istiqbolini belgilab beradi.
Ayniqsa, yurtboshimiz tashabbuslari bilan e’lon qilingan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi24da, “o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedogogik texnologiyalarni joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor”, - deb e’tirof etilishi barchamizga ekologik huquqiy ta’lim-tarbiya sohasini olib borishda katta mas’uliyat yuklaydi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ekologik muammolarni hal etish va ularni oldini olishda, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda yoshlarning ekologik- huquqiy ta’lim va tarbiyasini yanada takomillashtirib borish lozim.
Xususan, dastlab “O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 21 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyunidagi “YOshlarning huquqiy ta’limini takomilashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi 296-sonli Qarori Prezidentimizning 1997 yil 25 iyunda “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tizimini takomillashtirish jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi farmoniga25 ko‘ra bu borada olib borilayotgan ishlar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgilangan.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”26 ning qabul qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 29 maydagi 235-sonli “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”27gi qarori, Oliy Majlisning IX-sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”28gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”29da, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga etkazish to‘g‘risida”gi 1997 yil 6 oktyabr Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi30 2001 yil 4 yanvar farmoyishi alohida ahamiyatga ega.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 fevraldagi qaroriga ko‘ra “YOshlar yili” davlat dasturiga binoan, barkamol avlodni shakllantirish, ekologik sog‘lom muhitni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19 sentyabrdagi 212-sonli qaroriga asosan “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari Dasturi”31, 2009 yil 26 yanvardagi “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” davlat dasturi32, 2010 yil 27 yanvardagi “Barkamol avlod yili” Davlat dasturlari33, 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”34 davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorini qabul qilinganligi yoshlarning ekologik huquqiy ta’lim tarbiyasiga, ularning ekologik huquqiy ma’naviyat va madaniyatini oshirishga, ijtimoiy ongining yuksalishiga qaratilgandir.
SHuning uchun ham yoshlarimiz amaldagi barcha qonunlarimizni, jumladan, ekologik va agrar qonunlarni yaxshi bilishlari, ularning talablariga og‘ishmay amal qilishlari, qonun talablarini vijdonan bajarishlari, amaliyotga to‘g‘ri tadbiq qila olishlari lozim. Zero, mazkur talablarni bajarish uchun yoshlarning ekologik-huquqiy ongi va tafakkurini, ekologik-
huquqiy ma’naviyati va madaniyatini, ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyasini oshirmasdan erishish qiyin. SHu ma’noda mazkur risola yoshlar tarbiyasining ekologik-huquqiy, valeologik va akmeologik tomonlarini yoritishga bag‘ishlanadi. Zero, demokratik-huquqiy davlatni qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bosh maqsadimiz ekan, demak, ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani mukammal, zamonaviy tizimini yaratish va xalqaro andozalar asosida olib borish bugungi kundagi ustuvor vazifalarimizdan biridir.
SHu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tavsiyasiga ko‘ra, 2008 yil 2 avgustda mamlakatimiz ekolog olimlar, shu yo‘nalishda ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va faol jamoatchilikning tashabbusi asosida O‘zbekiston ekologik harakatning tuzilganligi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanib xalqaro andozalarga mos keladi.
E’tirof etish o‘rinliki, 2008 yil 2 avgustda Ekoharakatning tashkil etilganligi mamlakatimizda ekologik jamoat birlashmalari rivojlanishining yangi bosqichini boshlab berdi. Ayniqsa, yurtimiza faoliyat yuritayotgan ekologik jamoat birlashmalari Ekoharakat timsolida atrof-tabiiy muhit va inson salomatligi muhofazasi bo‘yicha barcha sa’y- harakatlarni birlashtirish hamda safarbar etish imkoniyatiga ega bo‘lindi. Bunda yoshlarimizning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz fuqarolari, jumladan yoshlarimiz O‘zbekiston ekologik harakatini siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarini amalga oshirish jarayonida ekologik yondashuv mamlakatning barqaror rivojlanishida eng muhim omil bo‘lib hisoblanishiga ishongan, atrof- muhit va inson salomatligi haqidagi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlovchi hamda ularni amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolar va nodavlat notijorat tashkilotlarini birlashtirishga chaqirilgan ommaviy jamoat harakati sifatida bilishlari lozim.
Ayniqsa, Oliy Majlis tomonidan Tabiatni muhofaza qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi to‘g‘risida”35gi qarori talablarini mamlakatimizda ijro etilishi nuqtai nazaridan olibborilayotgan tadbirlari, ishlari ham tahsinga sazovordir. YOshlarimiz ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonida yuqoridagi holat bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarini boyitishlari va o‘z faoliyatlarida kengroq qo‘llashlari mazkur talablarni bajarishga yordam beradi.
Endilikda yoshlarga “huquqiy ta’lim va tarbiya”ni hamda “ekologik huquqiy ta’lim- tarbiya” berish zamon talabi bo‘lib ta’lim va tarbiya institutning alohida subinstitutlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Bu esa, barkamol avlodni shakllantirishda yangi-yangi talablarni amalga oshirishni taqazo etadi. Jumladan, Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “... o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha qilib aytganda, ta’lim-tarbiya tuzilishini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor”36. bu esa, mamlakatimiz yoshlarga ekologik huquqiy ta’lim va tarbiyani olib berishni takomillashtirishni taqazo etadi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 dekabrdagi “Barkamol avlod yili davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy reja tadbirlar to‘g‘risida”37gi farmoyishi hamda 2010 yil 27 yanvardagi “Barkamol avlod yili davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazkur sohadagi muammolarni echishning asosiy huquqiy manbai bo‘ldi.
SHu ma’noda alohida ta’kidlash o‘rinliki, yuqoridagi huquqiy – normativ hujjatlar mamlakatimiz yoshlariga pog‘onama-pog‘ona ekologik huquqiy ta’lim va tarbiyani zamon talabi darajasida olib borishni taqazo etadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilgan quyidagi asosiy vazifalar yoshlarga ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya berishning asosiy yo‘nalishini belgilab beradi.
Bolalar va yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, ularnibarkamol rivojlantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, amaldagi qonunchilik hamda me’yoriy hujjatlarga zamon talablariga mos o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
“Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturini izchil amalga oshirish asosida sog‘lom avlodni voyaga etkazish borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish;
tayyorlanayotgan mutaxassislarga real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalaridagi mavjud talabga alohida e’tibor qaratgan holda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish sohasidagi moddiy-texnika bazani yanada mustahkamlash, undan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish;
ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylar mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha samarali tizimni yanada rivojlantirish;
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o‘zlashtirish;
yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;
iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishning muhim yo‘nalishi, aholi va o‘rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo‘lgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalombor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoit yaratish;
ilm-fanni yanada rivojlantrish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
yosh oilalarga g‘amxo‘rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish39.
Demak, Konstitutsiya talablariga ko‘ra, yoshlarga ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
Oilada huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borilishi yoshlarni tabiatga, atrof tabiiy muhit va uning boyliklarini sevishga, muhofazalash hamda bundan oqilona foydalanishdagi dastlabki ekologik huquqiy ongini, tafakkurini hamda tushunchalarini shakllantirishga yordam beradi.
Maktabgacha bo‘lgan muassasalarda ekologik huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borilishi esa, yosh bolalarni oilaga nisbatan ekologik huquqiy ongi, tafakkurini ancha shakllanganidan dalolat beradi. Bu yoshda bolalarimiz o‘z qilmish oqibatlarini yaxshilik va yomonlikka yo‘naltirilganligini tushuna oladilar. SHuning uchun ham tarbiyachilar bu yoshdagi bolalarga nisbatan ona tabiatga va atrof tabiiy muhitga nisbatan yaxshi xislatlarni namoyon etishga, jonli tabiat boyliklarini ko‘rsatib ularni asrashga yo‘naltirish sodda kitob va rasmlar orqali ularga ijobiy ta’sir qilishga ko‘maklashishlari lozim bo‘ladi.
Zero, bu jarayon oiladagi ijobiy pedogogik-psixologik holatlarni davomi bo‘lib, uni konstitutsion mustahkamlashga yordam beradi.
Maktab davrida yoshlarimiz ancha mukammal jarayon, ya’ni, ular “tabiat, jamiyat va inson” o‘rtasidagi mutanosiblik holatida o‘zlarini aniq tushunadilar. Ular 1-9 sinflarda Konstitutsiya talablariga ko‘ra olgan boshqa soha bilimlarini ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya bilan bog‘lab olib boradilar. Ayniqsa, bu yoshdagi avlodlarimiz Konstitutsiya va ekologik qonunlar talablarini o‘rganadilar. Bu davrda ularni ekologik huquqiy ta’lim va tarbiyasi, atrofdagilar nazarida ijobiy hamda salbiy ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi seziladi. Masalan, yurtimiz bo‘yicha hozirgi paytda 1 ming 957 ta maktab qurilib, rekonstruksiya qilingan bo‘lsa, ularning 1 ming 622 tasi aynan qishloq joylaridadir. Demak, yoshlarga ekologik huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishda aynan demografik, migratsion, iqtisodiy-hududiy (geografik) va ekologik xususiyatlar ham inobatga olinishi maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Konstitutsiyaga muvofiq, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida olib boriladigan ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoni, yoshlar hayotida asosiy hal qiluvchi bosqichlardan biridir. Mamlakatimizda 2009 yilda barpo etilgan 214 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejining 170 tasi qishloq tumanlarida bunyod etilishi hamda zamon talabi darajasidagi rekonstruksiya qilinishi yoshlarimizga yangi zamon talabi doirasida ekologik huquq ta’lim va tarbiya jarayonini egallashga yordam beradi.
Bu davrda yoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”, “O‘rmon to‘g‘risida” va “CHiqindilar to‘g‘risida”gi ekologik qonunlar va Er kodeksining mohiyati hamda mazmunini kengroq o‘rganadilar. SHuningdek, yoshlarimiz bu davrda “Ekologiya huquqi” va “Qishloq xo‘jalik huquqi” fanlarini ham belgilangan soat hajmida o‘qiydilar. Bu davrda talaba yoshlarimiz olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash jarayoniga ham ega bo‘ladilar.
Oliy o‘quv muassasalarida yoshlarimiz bevosita aniq yo‘nalish va mutaxassisliklarga ega bo‘lib, ekologik huquqiy bilim saviyalarini o‘z sohalari asosida o‘zlashtiradilar. Bugungi kunda Respublikamizda 75 ta oliy o‘quv yurtlari bo‘lib, 2008-2009 o‘quv yilida 52 mingdan ziyod bakalavr va 8312 nafar magistrlar bitirib ular tomonidan biologik – ekolog, pedagog – ekolog, yurist – ekolog, ekolog – texnolog, ekolog – injener, ekolog – ximik, ekolog – auditor va boshqa mutaxassislar tayyorlashmoqdalar. Oliy o‘quv yurt talabalariga ancha keng sohadagi bir qator fanlar o‘qitilmoqda. Masalan, “Ekologiya”, “Ekologiya huquqi”, “Qishloq xo‘jalik huquqi”, “Suv huquqi”, “Er huquqi”, “O‘rmon huquqi”, “Kon huquqi”, “Atrof tabiiy muhit muhofazasi”, “Ekologik huquqiy javobgarlik” va “Xalqaro ekologiya huquqi” kabi fanlar shular jumlasidandir.
Magistratura va aspirantura jarayonida aniq mutaxassis bo‘lgan, chuqur ekologik huquqiy bilim saviyaga, ma’naviyat va madaniyatga ega bo‘lgan yoshlarimiz hayot va ilm-fan yo‘lidagi ko‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirib, ilm-fan sohasida magistrlik va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladilar. Masalan, TDYUIda alohida ushbu soha bo‘yicha magistrlik yo‘nalishi va 12.00.06. tabiiy resurslar huquqi; agrar huquq; ekologik huquq yo‘nalishi bo‘yicha aspiranturada o‘qib nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishlari mumkin.
YUqoridagi holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Konstitutsiya talablariga ko‘ra, yoshlarga doimiy ravishda ekologik huquqiy ta’lim tarbiyani olib borishda quyidagilarga e’tibor berish o‘rinlidir:
birinchidan – yoshlarda ekologik huquqiy ta’lim tarbiyani uzluksizligiga, chambarchas olib borilishi va o‘qitilishiga erishish;
ikkinchidan – amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlariga “YOshlarga ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya berish” bilan bog‘liq alohida bob va moddalar kiritish;
uchinchidan – bu sohada tegishli vazirlik, qo‘mita va tegishli korxona, muassasa, tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish;
to‘rtinchidan – huquqshunos va ekologiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talaba-yoshlarimizga “Ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya” maxsus kursini o‘qitish va joriy etish;
beshinchidan – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qabul qilingan ekologik va agrar qonun talablarini hamda ularni mohiyatini yoshlarimizga va aholiga kengroq tushuntirish;
oltinchidan – talaba-yoshlarga ekologik huquqiy ta’lim va tarbiya berishda akmeologik hamda valeologik xususiyatlarni inobatga olish;
ettinchidan – Konstitutsiya talablariga ko‘ra, xalqaro standartlarga mos har tomonlama ekologik-huquqiy bilim bera oladigan zamonaviy o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratish ham maqsadga muvofiqdir.
Xullas, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolarni konstitutsiyaviy talablarini bajarish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq talablarni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz orasida kengroq tushuntirish, konstitutsiyaviy talablarga ko‘ra qabul qilingan ekologik va agrar qonunlar mohiyatini ham kengroq o‘rganish, targ‘ib qilish hamda o‘z hayotimizga kengroq qo‘llashimiz, ekologiya sohasidagi konstitutsiyaviy talablarni mustahkamlaydi va xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etadi.