О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə22/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Birinchidan - tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etishda nafaqat bir davlatning, balki xalqaro huquq normalar asosida boshqa davlatlarning ham manfaatlarini inobatga olish;
Ikkinchidan - qonunlarni va davlat standartlarini ekologiyalashtirish;
Uchinchidan – ekologik agressiya (ekotsid)ni man etish va oldini olish; To‘rtinchidan - favqulodda vaziyatlar, ekologik falokat va ekologik ofatlar chog‘ida xalqaro hamkorlikni ta’minlash hamda yordam berish;
Beshinchidan - ekologik xavsizlikni ta’minlashning yagonaligi hamda majburiyligi va boshqalar.
SHu nauqtai nazarda olganda fuqorolarning qanday ekologik huquqlari mavjud? - degan savol tug‘ilishi mumkin. Amaldagi qonun talablariga ko‘ra fuqorolarning quyidagi ekologik huquqlarini ta’kidlash mumkin. Bular jumlasiga; 1) Hayoti va sog‘ligi uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish (“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi); 2) Tabiiy muhitning holati haqida aniq axborotga ega bo‘lish (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-moddasi); 3) Ekologik huquqbuzarlar tomonidan etkazilgan zarar o‘rnini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasi ); 4) Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat birlashmalari va uyushmalarini tuzish, bunda tuzilmalarning a’zolari bo‘lish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 34-moddasi); 5) Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davlat mezonlariga xatlar, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 35- moddasi); 6) Jamoatchilik ekologik ekspertizasini o‘tkazish haqida takliflar kiritish va uning natijalari haqida axborot olish (“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 24-27-moddalari); 7) Texnologik zararli ob’ektlarni joylashtirish, kurish va foydalanishga topshirish haqida qarorlarni bekor qilinishi ma’muriy va sud tartibida talab qilish (“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonnunning 52-moddasi) va boshqalar. YUqoridagi qonunlaar fuqorlarning ekologik huquqlarning tabiiy muhit sharoitlarni saqlashning , tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunlarda ko‘rsatilgan talabdan maqsad inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologik tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan fuqorolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Fikrimizcha, yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha fuqorolarning hquqlarini kafolatlash tamoyillari hamda fuqorolarning ekologik hquqlari hozirgi zamon talabi hamda kafolatlanishi vaqtida bajarilishi, unga amal qilinishi hamda kafolatlanishi lozim bo‘ladi. SHunday ekan, hozirgi zamon talabi asosida aholi va kelajak avlodning salomatligi uchun ыulay tabiiy muhitni saqlash o‘zoro hamkorlik jarayonlarini kuchaytirish zarur. Bundan tashqari har yili respublikamizda 100 mln tonna ishlab chiqarish chiqindilar hosil bo‘lib, atmosfera havosiga 2 mln tonnasi, 138 mln tonnasi esa turli suv havzalariga chiqarilib tashlanmoqda.
Demak, yuqorida mavjud ekologik muammolar fuqorolarning ekologik huquqlarini to‘la amalga oshirish va ta’minlash hamda kafolatlashda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun bu sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ishlab chiqarishda yangidan yangi texnologiyalarni qo‘llash, sof ekologik muhitni yaratish zarur. Prezident I.A.Karimov kuchli demokratik huquqiy davlat fuqorolik jamiyatini bapro etishning asosiy nuqtalaridan bir inson huquqlari ekanligini uqtirib, “Inson huquqlari hoyasi Oliy Majlis faoliyatida doimiy o‘rin egallashi kerak. Har qanday qonun harakat sohasidan qati nazar, ishlab chiqilayotgan va muhokamaga mos kelishiga alohida ‘etibor qaratish zarur.
Ana shu tamoyillarga og‘ishmay rioya etgan holdagina biz chin ma’nodagi huquqiy adolatparvar davlat qurishga erisha olamiz” – deb ta’kidlagan edi.
Fikrimizcha, mazkur g‘oya bevosita inson va fuqorolarning ekologik huquqlarini va uni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Xullas, inson va fuqorolarning ekologik huquqlarini kafolatlash va ularni ta’minlash katta ahamiyatga ega bo‘lib u ko‘plab dunyoviy tamoyillarga asoslanishi hamda xalqaro hamkorlik asosida hal etilishi zamonaviy ahamiyatga egadir.
Tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi ekologik mutanosiblikning buzilishi biosferani, uning yaxlitligi hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan atrof tabiiy muhit sifatini o‘zgarishiga olib kelmoqda. SHu muosabat bilan YUrtboshimiz I.A.Karimov to‘g‘ri ta’kidlagandek “Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolardan biridir. Uni hal qilish barcha xalqlarning manfaatlaridan mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir.
Demak, mazkur g‘oya bugungi kunda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, atrof-tabiat muhitni muhofaza qilish hamda tabii resurslardan oqilona foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni hamda takomillashtirishni taqozo etadi. Takidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi bugunlik kunda atrof-tabiat muhitni muhofaza qilish bilan shug‘ullanuvchi institutlar, ekologik qonunchilik va siyosatni isloh qilish, takomillashtirishga qaratilgan keng miqyosdagi dasturni amalga oshirishni boshladi. SHu nuqtai nazardan O‘zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik olib bormoqda.

  1. Ikki tomonlama hamkorlik. Mazkur xamkorlikda O‘zbekiston bilan: - AQSH (1994 y), Gruziya (1995 y), Janubiy Koreya respublikasi (1995), Malayziya (1996), Isroil (1197), Slovakiya (1998), Tojikiston (1994), Tayland (1998),

Turkiya (1196), Turkmaniston (1996), Ukraina (1198), Xitoy (1197), Hindiston
(1196), Qozig‘iston (1997), Qirg‘iziston (1196), SHveysariya (1998), Birlashgan arab Amirliklari (1198), YAponiya (1994) ikki tomonlama hamkorlik olib borilmoqda.


  1. Yüklə 2,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin