Aloxida ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda tabiatning insonga ko‘rsatayotgan mexr- muxabbati va ijobiy ta’siriga nisbatan insonni tabiatga bo‘lgan zug‘umi, salbiy ta’siri tabiatning mutanosibligini buzishga sabab bo‘lmoqda.
Bunday jarayon dunyoda xamma davlatlarning o‘zaro hamkorligi asosida tabiatni muhofaza qilish va ekalogiya masalasiga alohida e’tibor qaratishni taqazo etmoqda. Agarda ushbu jarayon shunday davom etadigan bo‘lsa turli ekalogik muammolar va boshqa tirik mavjudotni jumladan, insoniyat g‘ayotni barbod bo‘lishi, genefondini butunlay o‘zgarib ketishiga, tabiat resurislaridan vahshiylarcha foydalanishga, atrof tabiy muxitni qattiq ifloslanishiga va boshqa xafli xolatlarga olib kelishi mumkin.
Zero, insonning ekalogik xuquqlarini ta’minlash maqsadida BMT tomonidan dastlab 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon dikloratsiyasi” talablari va uning mazmuni naqadar jahonshumul ahamiyatga egadir.
SHu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘l qovushtirib o‘tirish o‘z-o‘zini o‘limga mahkum etish bilan barobardir”, degan e’tiroflarini alohida eslash lozim. Bu g‘oya insonlarni, tabiatni hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarini oldini olish, unga zamon talabi asosida yanada e’tibor berishni taqazo etdi.
Zotan O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyaning 55-moddasida er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiat zaxiralar umumilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir, deb ko‘rsatilgan. SHuningdek, ushbu konstitutsiyaviy talab O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasida ham o‘z aksini topgan. Xususan, unga ko‘ra: “O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof- muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega”, deb e’tirof etilgan. SHu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga egadir.
Bundan ko‘rinib turibdiki, tabiatni muhofaza qilish, ekologik talablarga har doim rioya etish va ekologik halokatlarni oldini olish mustaqil davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy huquqiy masalasi bo‘libgina qolmay, balki ekologik siyosatning asosiga aylanishi lozim. CHunki ushbu global muammoning ortida butun mustaqil davlatimiz, millatimizning, inson va fuqarolarning eklologik huquqlarini muhofazalash va kafolatlash yotibdi.
Konstitutsiyaga asosan insonlarning ekologik huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida mamlakatimizda zarur taktik va strategik yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. CHunonchi, bugungi kunda O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida 40 ga yaqin qonunlar va 1000 ga yaqin qonun osti hujjatlari amal qilmoqda. Ular qatoriga “2005 yilgacha bo‘lgan davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan samarali foydalanishning Davlat dasturi”, “O‘zbekiston Respublikasi” tabiatni muxofaza qilish va barqaror rivojlantirish rejasi”, “O‘zbekiston Respublikasida airof- muhit gigienasi bo‘yicha milliy xarakatlar dasturi”, “Biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha milliy strategiya va reja”, “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof- muhitini muhofaza qilish ishlari Dasturi”14 kabi huquqiy manbalarini keltirish mumkin. Ushbu hujjatlarda davlatimizning jamiyat, tabiat va inson o‘rtasidagi munosabat shakli
hozirgi kunda va kelajakda qanday bo‘lishi, O‘zbekistonning ekologik konsepsiyasi, maqsadi va prinsiplari belgilab berilgan.
Fikrimizcha, hozirgi kundagi tabiat jamiyat va inson o‘rtasidagi sodir bo‘layotgan ekologik o‘zgarishlar, insonlarning ekologik huquqlarini kafolatlanishning qator tamoyillarini belgilanishini taqazo etadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunining 4- moddasida “Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun:
insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari, genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;
fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi;
jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtiri;
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik;
ekologik ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligi;
tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish;
tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik;
tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;
tabiatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘lish kabi bir qator tamoyillar belgilangan.
Bu tamoyillar fuqarolarning ekologik huquq va majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish hamda amalga oshirilishini umumiy ta’minlashga yordam beradi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillar fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlashga yordam berib, yana bir qator xalqaro tamoyillarni qo‘llashni ham talab etadi.
SHu munosabat bilan yuridik adabiyotlarda e’tirof etilgan quyidagi tamoyillarni ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Bular jumlasiga:
atrof-muhitni muhofaza qilish;
davlatlarning o‘z tabiiy boyliklari ustidan ajralmas suvereniteti;
davlat yurisdiksiyasidan tashqari atrof-muhitga zarar etkazmaslik;
ekologik jihatdan xavfli bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishda o‘zaro maslahatlashish va kelishish;
atrof-muhitga nisbatan jiddiy yoki oldini olish qiyi bo‘lgan xavf mavjud bo‘lgan holatlarda ehtiyot choralarini ko‘rish tamoyillarini kiritish mumkin15.
YUqorida ko‘rsatilgan tamoyillardan tashqari, umuman xalqaro miqyosda davlatlar va fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlashning yana bir qator tamoyillari ham yuridik adabiyotlarda talqin etilgan16.
Hattoki, fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlashning xalqaro hamkorlikdagi xususiyatlari ham zamon talabi asosida ko‘rsatib tahlil qilingan17.
Fikrimizcha, yuqoridagi tamoyillar fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlashga katta xizmat qilib, ularni quyidagi yangi tamoyillar bilan to‘ldirish maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan – tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etishda nafaqat bir davlatning, balki xalqaro huquq normalar asosida boshqa davlatlarning ham manfaatlarini inobatga olish;
Ikkinchidan – qonunlarni va davlat standartlarini ekologiyalashtirish;
Uchinchidan – ekologik agressiya (ekotsid)ni man etish va oldini olish;
To‘rtinchidan – favqulodda vaziyatlar, ekologik falokat va ekologik ofatlar chog‘ida xalqaro hamkorlikni ta’minlash hamda yordam berish;
Beshinchidan – ekologik xavfsizlikni ta’minlashning yagonaligi hamda majburiyligi va boshqalar.
YUqorida ko‘rib chiqilgan barcha tamoyillar inson va fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlashga yordam beradi.
SHu nuqtai nazardan olganda fuqarolarning qanday ekologik huquqlari mavjud? – degan savol tug‘ilishi mumkin18.
Amaldagi qonun talablariga ko‘ra, fuqarolarning quyidagi ekologik huquqlarini ta’kidlash mumkin.
Bular jumlasiga:
Hayoti va sog‘ligi uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish (“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi).
Tabiiy muhitning holati haqida aniq axborotga ega bo‘lish (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-moddasi).
Ekologik huquqbuzarlar tomonidan etkazilgan zarar o‘rnini qoplash (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasi).
Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat birlashmalari va jamg‘armalarini tuzish, bunda tuzilmalarning a’zolari bo‘lish (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 34-moddasi).
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davlat organlariga xatlar, ariza va shikoyatlar bilan murojaat qilish (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 35- moddasi).
Jamoatchilik ekologik ekspertizasini o‘tkazish haqida takliflar kiritish va uning natijalari haqida axborot olish (“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 24-27- moddalari).
Ekologik zararli ob’ektlarni joylashtirish, qurish va foydalanishga topshirish haqidagi qarorlarni bekor qilishni ma’muriy va sud tartibida taab qilish ((“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 52- moddasi) va boshqalar.
YUqoridagi qonunlar fuqarolarning ekologik huquqlarining tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Qonunlarda ko‘rsatilgan talabdan maqsad inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Fikrimizcha, yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha fuqarolarning huquqlarini kafolatlash tamoyillari hamda fuqarolarning ekologik huquqlari hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan o‘z vaqtida bajarilishi, unga amal qilinishi hamda kafolatlanishi lozim bo‘ladi.
SHunga qaramasdan hozirgi zamon talabi asosida aholi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitni saqlashda o‘zaro hamkorlik jarayonlarini kuchaytirish zarur.
Bugungi kunda bunday jarayonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish sohasida jumladan, Orol dengizini saqlab qolish va uning atrofidagi ekologik muhitni yaxshilash, Tojikiston Respublikasi hududidagi Sarhez ko‘lini ekologik holatini yaxshilash, Tojikiston Rog‘un GESi, Qirg‘izistondagi Qambarota GESlarining qurishda boshqa davlatlarning manfaatlarini ham inobatga olish maqsadga muvofiq.
Oddiy bir misol, agarda Sarhez ko‘li to‘satdan bo‘shalib ketganda undagi 16,6 kub km hajmdagi suv Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Afg‘oniston Respublikasining etmish ming kv.km hududida dahshatli ekologik holatni keltirib chiqarishi mumkin.
YOki Tojikiston Regar Alyumin zavodi tomonidan atmosfera havosini ifloslantirish oqibatida Sariosiyo, Uzan, Denov, Oltinsoy tumanlaridagi qishloq xo‘jalik sohasida juda katta ekologik va iqtisodiy zarar etkazmoqda, Sariosiyo rayonida esa ayrim kasalliklar respublikaning boshqa joylariga qaraganda ikki barobar ko‘pligi aniqlangan.
Bundan tashqari har yili respublikamizda 100 mln tonna ishlab chiqarishda chiqindilar hosil bo‘lib, atmosfera havosiga 2 mln tonnasi, 138 mln tonnasi esa turli suv havzalariga chiqarilib tashlanmoqda19.
Demak, yuqorida mavjud ekologik mummolar fuqarolarning ekologik huquqlarini to‘la amalga oshirish va ta’minlash hamda kafolatlashda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
SHuning uchun ham bu sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ishlab chiqarishda yangi-yangi texnologiyalarni qo‘llash, inson va fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlashda sof ekologik muhitni yaratish zarur.
Ta’kidlash joizki, ekologiya muammosi dunyoviy, global, olamshumul chegara bilmaydigan aksincha o‘zaro hamkorlikda hal qilinadigan muammodir. Uning xalqaro huquqiy ekologik asoslari BMT bosh Assambleyasining 1962 yil 14 dekabrdagi “Tabiiy boylik manbalari ustidan ajralmas suverenitet” qarorida, “Insonni o‘rab turuvchi muhit tug‘risida” BMTning Stokgolm deklaratsiyasida (1972 yil), YUNESKOning umumjahon madaniyati va tabiat merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya (1972 yil);
BMT Bosh Assambleyasining davlatlarning er tabiatini hozirgi va kelajak avlod uchun saqlab qolishi uchun tarixiy javobgarligi to‘g‘risidagi rezolyusiyasi (1974 yil); Tabiat umumjahon xaritasi (1982 yil);
Tabiat muhitga nisbatan harbiy yoki har qanday boshqa turdagi vositalardan zararli foydalanishni ta’qiqlash to‘g‘risidagi konvensiyada (1977 yil), Dengiz huquqi bo‘yicha BMT konvensiyasi (1982 yil); Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (1985 yil);
Xavfli chiqindilarni davlat chegaralaridan tashqariga tashish va ularni chiqarib tashlashni nazorat qilish to‘g‘risidagi Bazel konvensiyasi (1989 yil), Atrof-muhit va rivojlanish to‘g‘risidagi Rio-de-Janeyro dekloratsiyasi (1992 yil), Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1996 yil Jenevada qabul qilingan Monreal protokolda
ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi (18.05.1993);
ozon qatlamini emiruvchi moddalar (OQEM) bo‘yicha Monreal protokoliga London tuzatishi (01.05.1998);
ozon qatlamini emiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal protokoliga Kopengagen tuzatishi (01.05.1998);
tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa yozuv maqsadlarda foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida konvensiya (26.05.1993);
iqlimni o‘zgarishi to‘g‘risida Doiraviy (Ramochnыy) konvensiya (26.06.1993 yil) (Kioto protokoli, 1999 yil);
jiddiy qurg‘oqchilikni va/yoki sahroga aylanish jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar, ayniqsa, Afrikada sahroga aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha konvensiya (31.08.1995 yil);
xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib o‘tish va ularni yo‘qotishni nazorat qilish to‘g‘risida Bazel konvensiyasi (22.12.1995);
biologik xilma-xillik to‘g‘risida konvensiya (06.05.1995);
butun jahon madaniy va tabiiy meroslarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiya (01.07.1997);
yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi flora va faunaning turlari bilan xalqaro savdo to‘g‘risida konvensiya (01.07.1997);
ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvon turlarini saqlash bo‘yicha konvensiya (01.05.1998);
xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan asosan suvda suzuvchi hayvonlar yashash joylari hisoblangan suv-botqoq joylar to‘g‘risida Ramsar konvensiyasi (30.08.2001) va boshqa xalqaro huquqiy ekologik normalarida o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni asosiy nuqtalaridan biri inson huquqlari ekanligini uqtirib, “Inson huquqlari g‘oyasi Oliy Majlis faoliyatida doimiy o‘rin egallashi kerak. Har qanday qonun harakat sohasidan qat’i nazar, ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy, buzilmas huquqlariga qanchalik mos kelishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ana shu tamoyillarga og‘ishmay rioya etgan holdagina biz chin ma’nodagi huquqiy adolatparvar davlat qurishga erisha olamiz”20 – deb ta’kidlagan edi. Mazkur g‘oya bevosita fuqarolarning ekologik huquqlarini va uni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Umuman olganda, inson va fuqarolarning ekologik huquqlarini va uni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Umuman olganda, inson va fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlash va muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Er kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Tbiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “CHiqindilar to‘g‘risida”gi, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Er kadastri to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “YOng‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Madaniy meros ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Arxeologiya merosi ob’ektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi ekologik qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. SHuningdek, ushbu qonun talablarini buzganlik uchun amaldagi qonunlarga ko‘ra, intizomiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoiy javobgarlik choralari ham qo‘llaniladi.
Xullas, fuqarolarning ekologik huquqlarini kafolatlash va ularni muhofazalash davlat ekologik siyosatida alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu jarayonda quyidagi masalalarga e’tibor berish o‘rinli deb hisoblaymiz: birinchidan, inson va fuqarolarning ekologik huquq va manfaatlarini kafolatlash sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish; ikkinchidan, uchinchidan, inson va fuqarolarni qulay atrof muhitga bo‘lgan huquqlariga konstitutsiyaviy maqom berish; uchinchidan, to‘rtinchidan, inson va fuqarolarning ekologik huquqlarin ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi , “Ekologik audit to‘g‘risida”gi, “Ekologik sug‘urta to‘g‘risida”gi va boshqa qator qonunlarini qabul qilish ham ijobiy natija beradi, degan umiddamiz.