Reja
Konstitutsiyada atrof tabiiy muhitni ekologik-huquqiy muhofaza qilish
Konstitutsiyada fuqarolarning ekalogik xuquqlarini muhofaza qilinishi va kafolatlanishi
Konstitutsiya asosida yoshlarga ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya berish
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasiga oid 40 ga yaqin qonunlar va 1000 ga yaqin qonunosti hujjatlari amal qilmoqda.
Ushbu talablar avvalambor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50- moddasidagi “Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” va 54-moddasida “Mulkdor o‘z mulkiga o‘z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanishda ekologik muhitga zarar etmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart” deb ifoda etilgan.
Qomusimizning 55-moddasida “Er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, - deb ko‘rsatilgani ham alohida ahamiyatga egadir1.
E’tiborli tomoni shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzalarida alohida qayd qilganidek, “Barchamiz bir oddiy haqiqatni qat’iy va aniq anglab olishimiz kerak – bundan buyon O‘zbekiston Ekologik harakati yangi sifat bosqichiga ko‘tariladi, yuksak deputatlik minbaridan turib atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini o‘rtaga qo‘yish va nazorat qilish, insonni va mamlakat aholisini ekologiyaning xavfli hamda tajovuzkor o‘zgarishlardan himoya qilish uchun ulkan imkoniyatlarni qo‘lga kiritadi”2, - degan ko‘rsatmalari tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish sohasida bir qator muoammolarni bartaraf etishda asos bo‘ldi.
SHu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 may 142-sonli qaroriga asosan “2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit muhofazasi buyicha harakat Dasturi”3 qabul qilinganligini alohida ta’kidlash lozim.
Ushbu Dasturda asosan to‘rtta yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda:
atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik havfsizlikni ta’minlash;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik metodlarini joriy etish;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ekologik ilm-fanni, aholining ekologik ta’lim va tarbiyasini rivojlantirish;
xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik4.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilish nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda ham global muammolardan biridir. SHu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Orol muammosiga xalqaro jamiyatning yangicha nazar bilan qarashi va anglab etishini shakllantirishga yordam berishi hamda Markaziy Osiyo Mintaqasining aholi genofondi, o‘simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish maqsadida o‘ta samarali hamkorlik uchun asos bo‘ladigan vaziyatni yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini berishiga ishonchim komil”5, - deb ta’kidlagan so‘zlari yuqorida ko‘rsatilgan ekologik muammolarini ijobiy hal qilishga yordam beradi.
E’tiborli tomoni shundaki, hozirgi paytda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining va mamlakatda ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan kompleks chora- tadbirlar natijasida atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning umumiy miqdori 2008 yildagiga nisbatan 55 ming tonnaga yoki 2,5 foizga kamayib, 2,13 million tonnani tashkil qildi, jumladan, ko‘chmas manbalardan 741 tonnaga, harakatlanuvchi manbalardan 1,38 million tonnaga kamaygan. 18,6 mingta avtomobil gaz yoqilg‘isiga o‘tkazilgan, 1,26 million tonna va 161,7 ming kub metr chiqindi qayta ishlangan, 234,9 kilometr vodoprovod tarmog‘i ta’mirlandi va 188, kilometr vodoprovod tarmog‘i, 157,9 kilometr kanalizatsiya tarmog‘i foydalanishga topshirilgan, 1,4 million kub metr ichimlik suvi tejab qolingan, ekologiya mavzuidagi radio eshittirishlar va teleko‘rsatuvlar 2008 yildagiga nisbatan 27 foizga, leksiya va suhbatlar 43,7 foizga oshgan.6
SHunga qaramasdan , bugungi kunda mamlakatimiz hududiga ayrim ekologik muammolar, jumladan, transchegaraviy ekologik muammolarni xavf solishi ham o‘ta tashvishlidir. SHu asnoda suv va atmosfera havosi bilan bog‘liq bo‘lgan transchegaraviy muammo mavjud bo‘lib, bular Tojikiston Regar alyuminiy zavodi hamda, Tojikiston Rog‘un GESi qurilishi misolida ko‘rishimiz mumkin.
Ma’lumki, har qanday iqtisodiy faoliyat, hoh u ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishdan foydalanishda, hoh u tadbirkorlik sohasida bo‘lsin, albatta tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish tamoyiliga qat’iy amal qilish talab etiladi.
Mazkur risolani tayyorlshda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Er kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi, “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “O‘rmon to‘g‘risida”gi, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi, “CHiqindilar to‘g‘risida”gi, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Radiatsiya xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Er kadastri to‘g‘risida”gi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi, “YOng‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Madaniy meros ob’ektlrini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Arxeologiya merosi ob’ektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qabul qilingan
ekologik qonunlari hamda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 19 sentyabr qarori bilan tasdiqlangan “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari Dasturi” asosiy manbaa sifatida asos qilib olindi.
Mazkur risolaning xususiyati ham shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asosida qabul qilingan ekologik va agrar huquqqa oid qonun hujjatlari hamda ulardan kelib chiqadigan talablar asosida konstitutsiyani kengroq o‘rganishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |