Fuqarolarning xayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo’lish xuquqini ta‘minlash, barcha turdagi ta‘lim muassasalarida ekologiya o’quvining majburiyligi.
Ushbu ekologik printsipni ikki qismga ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Birinchisi-
«Fuqarolarning ekologik xavfsiz muhitda yashash xuquqini ta‘minlash», ya‘ni inson bu dunyoga kelar ekan, u toza suvdan ichish, toza havodan nafas olish, go’zal tabiat qo’ynida xordiq chiqarish, o’zi uchun zarur bo’lgan tabiat ne‘matlaridan foydalanish xuquqiga ega. Fuqarolarning ushbu tabiiy xuquqlari 1948 yil 10 dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan va 1992 yildan buyon mustaqil O’zbekiston uchun ham majburiy bo’lgan «Inson xuquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning 25-moddasiga mos tushadi.
Ikkinchisi-«Ta‘lim tizimida ekologik o’quvning majburiyligi», ya‘ni qaerdao’qitish joriy qilinganbo’lsa (bog’chadan tortib to malaka oshirishgacha), usha yerda ekologik o’quvni tashkillashtirish shartdir. Afsuski, ushbu majburiy xuquqiy me‘yor 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan Ta‘lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunida o’z aksini topmagan.
Jamiyatning ekologiya, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg’unlashtirish. Ya‘ni tabiatga qaratilgan hamma iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar ekologik nuqtai nazardan qaralishi hamda ilm-fan yutuqlari bilan qurollanishi zarurdir. 2003 yil O’zbekistonda «Obod mahalla yili» deb e‘lon qilindi, O’zbek millatiga xos bo’lgan ushbu ijtimoiy-iqtisodiy tadbirning maxsus dasturida «Mahallada ekologik, salomatlik va sanitar tadbirlar» alohida band qilib ko’rsatilgan. Chunki har qanday ekologiyalashtirilgan harakat kelajakda, albatta, o’z maxsulini beradi. Ekologik manifestdan «Ekologiyalashtirilgan tadbirlar iqtisodlashtirilgandir», degan iborani bu yerda keltirish ayni muddaodir.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun xaq to’lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun xaq to’lamaslik..
Mazkur ekologik printsip ko’pgina mamlakatlarning Ekologik xuquqda umumiy tarzda «Tabiatdan maxsus foydalanishning pullik va umumiy foydalanishning pulsiz tizimi»
deb yuritiladi. Bu degan so’z, agarda shaxs biron-bir xo’jalik va boshqa maqsadlarni ko’zlab yer, suv, yer osti boyliklari, o’rmon, o’simlik va xayvonot dunyosidan maxsus ruxsatnomalar asosida foydalanar ekan, ular 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan Soliq kodeksiga binoan yer, suv, yer osti tabiiy boyliklaridan foydalanganliklari uchun xaq va ekologik soliqlarni to’lashga majburdirlar. Lekin umumdavlat, umuminsoniy qadriyatlarni ifoda etuvchi har qanday tabiatdan foydalanish xuquqi soliq va to’lovlardan ozod qilinadi. Undan tashqari, ijtimoiy adolat printsipiga muvofiq, ayrim shaxslar va aholining ijtimoiy muhofazaga muxtoj qatlami ekologik to’lov va soliqlardan ozod qilinadilar.
Ekologikekspertiza o’tkazishning majburiyligi.
«Ekologik ekspertizaning majburiyligi» printsipi Ekologik ekspertiza to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 may qonunida o’z aksini topdi. Mazkur Qonunning 13-moddasiga binoan barcha rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan xo’jalik hamda boshqa xil inson faoliyati ekologik talablarga mosligini aniqlash maqsadida mutaxassis yoki mutaxassislar tomonidan xulosalaniladi. ekspertiza shaxslarni noekologik faoliyat turini taqiqlash maqsadida olib boriladi.
Tabiatdanoqilonafoydalanishnivatabiatnimuhofazaqilishni rag’batlantirish.
«Ekologik faoliyatni rag’batlantirish» printsipi ko’pgina ekologik qonunchilik manbalarida aks ettirilgan bo’lib, u tuproq unumdorligini saqlash, suvlarni tozalash, kamchiqitli texnologiyalarni qo’llash, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni xuquqiy maqomiga mos ravishda ushlab turish, ekologik toza maxsulotlarni chiqarish kabi faoliyat turini olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslarni turli ekologik yo’nalishdagi soliqlardan ozod qilish, ularga imtiyozli kreditlar berish va aksiz to’lovlarni kamaytirish kabi ijobiy oqibatlarni keltirib chiqarish. Masalan, Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 37- moddasiga binoan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan barcha tadbirlar davlat tomonidan rag’batlantiriladi. Bizningcha, juda yaxshi bo’lar edi, agarda ushbu moddadagi me‘yorlarni barcha qonun xujjatlarida aniq qilib ifoda etilsa.
Tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sixat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo’lmas oqibatlarga yo’l qo’ymaslik.
«Noekologik faoliyatga yo’l kuymaslik» printsipi Konstitutsiyamizning 55-moddasida aks ettirilgan bo’lib, uni bajarish davlat zimmasiga yuklatilgan, chunki O’zbekiston Respublikasida davlat o’zining vakolatlangan organlari orqali barcha turdagi organlar va shaxslarning faoliyatlari ekologik talablarga mosligini nazorat qiladi, qonunbuzarlarga nisbatan salbiy yuridik oqibatlarni keltirib chiqarishini ta‘minlaydi. Kelajakda esa davlat uni bosqichma-bosqich mahalliy idoralarga va nodavlat tashkilotlarga o’tkazishni mo’ljallamoqda.
Tabiatnimuhofazaqilish vazifalarinihaletishda oshkoralik.
«Ekologik faoliyat oshkoraligi» printsipi demokratik davlat ko’rayotgan va fuqarolik jamiyatini o’rnatayotgan O’zbekiston juda muhim ekologik qoida hisoblanadi. Chunki fuqarolarning ekologik xuquqlarini ta‘minlash asosan ularning atrof tabiiy muhiti xaqidagi axborotlarni olish imkoniyati bilan belgilanadi. Bu o’rinda tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining yillik hisobotini nafaqat rus tilida, balki davlat tilida ham chop eish va keng ommaga tarqatish ushbu printsipni amalga oshirishning amaliy choralaridan biri hisoblanadi. Aks holda, atrof tabiiy muhit xaqida xaqqoniy ma‘lumotga ega bo’lmagan shaxs uni saqlab qolish haqida o’ylab ham ko’rmaydi.
Tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg’unlashtirish.
«Milliy, regional va global ekologik manfaatlar birligi» printsipi umumiy ekologik printsipdan kelib chiqqan bo’lib, tabiatda ketayotgan barcha jarayonlar va hodisalar hech
qanday ma‘muriy chegaralarga bo’ysunmaydi. Shuning uchun ham milliy ekologik qonunchilikka xalqaro ekologik me‘yorlarni implementatsiya (tatbiq) qilish zarurdir. Hech qachon atmosfera havosiga chiqazilayotgan is gazi shu yerda muallaq holda turib qolmaydi, balki qo’shni davlat va xalqaro hamjamiyatga xavf to’g’diradi. Orol muammosi ana shu tariqa global muammoga aylangandir.
Tabiatnimuhofazaqilishqonunlaritalablarinibuzganlikuchunjavobgar bo’lish.
«Ekologik javobgarlikning muqarrarligi» printsipi ekologik xuquqbuzarlarga nisbatan (hoh u tabiatni muhofaza qilish, hoh u tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’ladimi), albatta, salbiy yuridik okibatlarni keltirib chikarish lozim. Shuning uchun ham Jinoyat kodeksining 4 bo’limi, Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi 8 bobida ekologik qonunbuzarliklar uchun maxsus ravishda sanktsiyalar ko’rsatilgan. Fuqarolik va Mehnat kodekslarida ham ushbu qoidabuzarlik sanktsiyalari aniqlashtirilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi.
SHuni alohida ta‘kidlab o’tish zarurki, yuqorida sanab o’tilgan Ekologik xuquqning10 ta printsipi davlat tomonidan o’rnatilgan bo’lib, u umummajburiy kuchga ega va barcha qonun xujjatlarida o’z aksini topishi shart.
Ekologik-xuquqiy mexanizmi. Qonun qabul qilindi va tegishli me‘yoriy xujjatlaryuzaga keldi, degan so’z, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishdagi barcha ijitmoiymunsoabatlar tartibga solindi va oqibatda ekologik xavfsizlik yaratildi, degani emas. Uninguchun juda keng qamrovli va o’ta serxarajat masalani hal qilish kerak bo’ladi, ya‘ni ekologik-xuquqiy mexanizmni yaratish talab etiladi.
Mexanizm-grekchada “mechane” –qurol, qurilma degan ma‘noni anglatib, u biron-birharakatni bajarish uchun zarur bo’lgan uzviy bog’langan qismlar tizimidir.