Ekologiya sohasidagi boshqaruvning iqtisodiy chora-tadbirlari.
Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining tizimi va ularning vakolatlari
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi: prinsiplari, shakl va funksiyalari
Ekologiya davlat boshqaruvi hamda nazoratini kuchaytirish, tashkil etish va uni olib borish davlatimiz ekologiya siyosatining asosini tashkil etadi. YUridik adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi masalasi alohida ilmiy ish ob’ekti sifatida keng o‘rganilgan va “Tabiatni muhofaza qilish to‘hrisida”gi qonunda ham o‘z aksini topgan. Mustaqillik davrida chop etilgan bir qator ilmiy ishlar, maqolalar va darsliklar ekologiya sohasida davlat boshqaruvi muammosi o‘zida mujassamlashtirdi.
Sobiq Ittifoq davrida ma’muriy-buyruqbozlik ushbu sohaga hamo‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatgan edi. Hozirgi sharoitda ko‘p mulkchilikning xususiyatlari inobatga olinib ekologiya sohasida davlat boshqaruvi amalga oshirilmoqda. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va inson o‘rtasidagi mavjud muvozanatni saqlashga qaratilgan, tabiat resurslaridan foydalanuvchi sub’ektlarning o‘z huquq va majburiyatlarini vaqtida amalga oshirishlari, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi bilan bevosita bog‘liqdir.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining ob’ekti –insonning yashashi uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish borasidagi faoliyati va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishdir. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maqsad tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish, bajarilishini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi ekologik qonunlarga qat’iy rioya etish, inson hayoti uchun qulay ekologik muhit yaratish mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish hamda tabiat boyliklarini kelajak avlod uchun hamda davlatimizn ravnaqi uchun ko‘z qorachig‘idek saqlashdan iborat bo‘lishi kervk.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi afzalligini ta’minlash bir qator prinsiplarga amal qilishni ham taqozo etadi. Bular:
inson hayoti va uning sog‘lig‘ini ta’minlash, buning uchun tabiat obe’klarini saqlash va tiklab borish
tabiat resurslariga nisbatan davlat mulkchiligi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida ekologik muammolarni hal qilishga davlatning alohida e’tibor berishi;
ekologiya sohasida davlat boshqaruvini olib borish, tashkil etish va bajarish jarayonida turli samarali iqtisodiy metodlardan foydalanish lozimligi;
ekologik muammolarni hal qilishda keng jamoatchilik, fuqarolar, jamoat tashkilotlari va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv organlarini jalb etishlik;
kelajak avlod oldida ekologik muammolarni hal etishdagi javobgarlik kabi va boshqa asosiy xususiyatga ega bo‘lgan prinqiplari mavjud. Bulardan tashqari ushbu sohada qonunchilik, rejalashtirish va bo‘yosunish kabi umumiy prinqiplarni ham o‘z ichiga oladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi uch xil shakl asosida tashkillashtiriladi:
Huquq ijodkorligi- ekologiya sohasini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan normativ –huquqiy xujjatlarni tayyorlash va qabul qilish;
huquqni tadbiq etish – davlat tomonidan aniq tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilingan normativ xujjatlarni boshqarish jarayonida qo‘llashni ta’minlash;
huquqni muhofaza qilish- davlatning ekologiya sohasini boshqarish va bu bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa talablarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun tegishli javobgarlik belgilashi orqali amalga oshiriladi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishning alohida metodlari mavjud bo‘lib, bunda albatta ko‘p mulkchilik va sub’ektlarning ushbu sohadagi xususiyatlari inobatga olinadi. Masalan, ko‘rsatmaning majburiyligi, chiqarilgan buyruqlarning davlat organlari tomonidan ruxsat berilishi (ekolik ekspertiza uchun) va boshqalar. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish jarayoni davlat boshqaruvini mustahkamlovchi bir qator funksiyalarga tayanadi. Bular: