О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va uning asosiy belgilari



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə16/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi tushunchasi va uning asosiy belgilari Tabiat resurslari-er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, o‘rmon , atmosfera havosi va boshqalarga nisbatan mulkchilik eng muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida, “Er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”,-deb ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy –davlat va ma’muriy –hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralarining tizimini belgilaydi hamda tabiat boyliklaridan mustaqil foydalanadi.
“O‘zbekiston Respubolikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar , respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulk hisoblanadi ” (7-modda)
Oliy Majlisning sessiyalarida qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (5- m), “Suv va suvdan foydalanishto‘g‘risida”gi (3-m), “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi (4-m), “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi (3-m), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (3-m), “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (1-m), “Yer kodeksi”ning (16-m), “O‘rmon to‘g‘risida ” (4-m) qonunlar tabiat resurslariga nisbatan belgilangan mulkchilikni qonun doirasida hal etishga qaratilgan.
Shu bilan birga tabiiy resurslarga nisbatan mulkchilik huquqining quyidagi belgilari ham mavjud.

  1. Tabiiy resurslarning ajralmasligi (o‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi, birligi)- bunda ma’lum bir tabiiy ob’ektiv mulk sifatida boshqa bir ob’ek4tdan ajratib bo‘lmasligi. Masalan, yerdan yer osti boyligini, suvdan baliqni ajratib bo‘lmaydi. Zero, suv ob’ektlariga mulk huquqi baliqqa mulk huquqidan ajralmasdir.

  2. Tabiiy resurslarning bebaholigi yoki qiymatining yo‘qligi-ayrim tabiiy ob’ektlar (tuproq, er qa’ri, bog‘, sun’iy-o‘rmon, hayvonot va o‘simliklar dunyosining evolyusion rivjlanishi va kishilarning zaruriy mehnat faoliyatining mujassamlashgan holdagi natijasi ekanligi, uning aniq bir qiymatini belgilab olish imkoniyatini bermasligi. Masalan, bir paytning o‘zida er ko‘chmas mulk hamda tabiiy ob’ektning ajralmas bir bo‘lagi bo‘lib qoladi.

  3. Tabiiy resurslarning moddiyligi – o‘zining o’ektiv ko‘rsatkichlariga binoan tabiiy resurslarni mulk sifatida o‘zlashtira olishi hki undira olmasligi. Masalan, atmosfera havosi, fazoviy elementlar, iqlim resurslari va hakozo.

Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib taxminan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin.

  1. Umumsiyosiy tabiiy resurslar- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolat doirasiga kiruvchi mudofaa zaruriyatlari, xavfsizlikni ta’minlash, davlat chegaralarini qo‘riqlash va shunga o‘xshash siyosiy vazifalarni bajaruvchi tabiat ob’ektlari, er uchastkalari yoki suv manbaalari kiradi.

  2. Umumiqtisodiy tabiiy resurslar – sanoat, trasport, energetika,kosmik tizimlar, yadro va shunga o‘xshash boshqa iqtisodiy zarur o‘b’ektlar va er uchastkalari bo‘ladi. 3.Umumekologik tabiiy resurslar – bularga ekologik vazifalarni bajaruvchi alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, er uchastkalari, suv manbaalari, akvatoriyalari va boshqa tabiiy ob’ektlar kiradi.

Ushbu kategoriyaga tarixiy va tabiiy yodgorliklar o‘simlik va hayvonot dunyosi, alohida tabiiy ob’ektlar-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklar, noyobturdagi daraxtlar, mo‘‘jizaviy sharsharalar, tabiiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan cho‘qqi –tosh, nodir er osti boyliklari va boshqa ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan topilmalar kiradi.



    1. Yüklə 2,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin