О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


Ekologiya sohasidagi boshqaruvning iqtisodiy chora-tadbirlari



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə17/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106

Ekologiya sohasidagi boshqaruvning iqtisodiy chora-tadbirlari.


Mamlakatimizda ekologiya sohasida boshqaruvni takomillashtirish- ekologik –iqtisodiy metodlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Ularga ekologik to‘lovlar, ekologik soliq, ekologik sug‘urta, tabiatni muhofaza qilish tizimidagi rag‘batlantirish kabilar kiradi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlvr-tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun va tabiat ob’ektlarini qayta tiklash hamda muhofaza qilish choralarini qo‘llash maqsadida soliq, ijara va normativ baholar shaklida davlat tomonidan foydalanuvchilardan undirib olinadigan to‘loalardir.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar, ularning mohiyati va mazmuni, to‘lash, undirish tartibi hamda boshqa huquqiy asoslari “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasida o‘z ifodasini topgan. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik hamda ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirganlik uchun to‘lov tabiatni muhofaza vilish jamg‘armasiga kelib tushadi.
Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini pul bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi idoralari huzurida tabiatni muhofaza qilish respublika jamg‘armalar tashkil etiladi. Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasida ekologik soliqlar, “Soliq kodeksi” himda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat Soliq qo‘mitasi Adliya vazirdigi tomonidan 1997 yil
26 dekabrda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Ekologiya solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” bilan tartibga solinadi. Mazkur kodeksning 110-moddasiga asosan tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar ekologiya solig‘i to‘lovchilaridir. Ekologiya solig‘i bir foizli stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Soliq kodeksining 113-moddasiga binoan quyidagilar ekologik solig‘idan ozod qilinadilar
-“Nuroniy” jamg‘armasi va uning korxonalari – bo‘shatib olinayotgan mablag‘lardan jamg‘armaning Nizomda belgilangan vazifalarini bajarish uchun foydalangan taqdirda;
-ishlovchilar umumiy miqdorining kamida 50 foizi nogironlar bo‘lgan yuridik shaxslar . Savdo, vositachilik, ta’minot, sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning tifloslanishi tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar etishi hollari nazarda tutib korxonalar, muassalar va tashkilotlarning mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sug‘o‘rta qilinadi.
SHuningdek, ekologiya sug‘urtasining tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan. SHunisi e’tiborga sazovorki, tabiatni muhofaza qilish tizimida rag‘batlantirish katta ahamiyatga ega. Amaldagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 37-moddasi aynan shu masalaga bag‘ishlangan. Unga asosan tabiatdan oqilona foydalanish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
-korxonalar, muassalar, tashkilotlar va fuqorolar tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirda ularga soliq solishda imtiyozlar berish;
-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini ta’minlash borasidagi chora- tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun imtiyozli shartnomalarda qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish;
Asosiy ishlab chiqarish fondlari uchunyuqori amortizatsiya normalari belgilash;
Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari mablag‘larining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish nazarda tutiladi.


    1. Yüklə 2,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin