О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə6/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Mahalliy va milliy qonunchilik me‘yorlarini xalqaro xuquq me‘yorlariga moslashtirish zaruriyati. Ya‘ni mahalliy (tuman, shahar, viloyat) ekologik xavfsizlikni xuquqiy ta‘minlash davlat (qo’shni tuman, shahar, viloyat) regional (qo’shni davlatlar) va global (xalqaro hamjamiyat) miqyosidagi ekologik xavfsizlikni xuquqiy ta‘minlash orqaligina amalga oshirish mumkinligi.

  • Ekologik xavfsizlik darajasining xuquqiy ta‘minlanish darajasi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga bog’liqligi. Ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy baquvvat va ekologik madaniyati yuqori bo’lgan davlatdagina ekologik qonunlarni hayotga tatbiq qilish mexanizmini to’laqonli ishlatish imkoniyatining vujudga kelishi.

    Yuqorida sanab o’tilgan Ekologik xuquqning o’ziga xos jixatlari shaxs-jamiyat-davlat- davlatlarning ekologik munosabatlarini xuquqiy tartibga solish imkoniyatini beradi. Quyida ko’rib chiqiladigan har bir mavzuning yoritilishida aynan ushbu «o’ziga xoslik» inobatga olinadi.

      1. Ekologik xuquqning o’ziga xos printsiplari.



    «Printsip» so’zi lotin tilida pricipium-asos, boshlash qoidasi degan ma‘noni anglatib, u ijtimoiy fanlarda har bir harakat yoki faolitning asosi yoki yo’naltiruvchi qoidasi deb yuritiladi.

    Ekologik xuquqning printsipi-ekologik munosabatlarni xuquqiy jixatdan tartibga solishda amal qilinuvchi yoki yo’naltiruvchi qoidalar. Ushbu yo’naltiruvchi qoidalar xuquqshunoslikka oid printsiplarni umumiy ekologik printsiplar bilan uyg’unlashtirgan holda tuzilgan bo’ladi. Ular davlatlarning milliy xuquq manbalarida va xalqaro xuquq me‘yorlarida aks ettiriladi. Biz, avvalambor, O’zbekiston Respublikasining ekologik siyosatidan kelib chiqqan tarzda namoyon bo’ladigan milliy ekologik xuquq printsiplarini ko’rib chiqamiz.


    1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasida milliy ekologik printsiplar aks ettirilgan. Unga binoan tabiatni muhofaza qilish maqsadida davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat, vazirliklar va
    idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va kooperativ xo’jaliklar, shuningdek, ayrim shaxslar xo’jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari shart:

    1. Insonning yashash muhiti bo’lmish biosfera va ekologik tizimlarni saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligini inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi xaqida ‘gamxo’rlik qilish.

    Albatta, bu modda Qonunlar printsip sifatida lo’nda va aniq aks ettirilmagan. Biosfera- tirik organizmlar tarqalgan qobiq yoki ularning yashash muhitini o’zida qamrab olgan atmosferaning pastki, butun gidrosfera va litosferaning yuqori qismi. Lekin butun biosfera insonlarning yashash muhiti hisoblanmaydi. Chunki havoda, suvda yoki yer ostida insonlar yashamaydilar yoki uzoq muddat yashay olmaydilar. Ularda boshqa turdagi tirik organizmlar istiqomat qiladi. Shuning uchun ham ushbu printsipni ifodalashda insonlarning atrof tabiiy muhiti-biosferani va undagi ekologik tizimlarni saqlab qolish, desak to’g’riroq bo’lardi. Davlat va xuquq nazariyasining printsiplari aniq va lo’nda qilib berilgan-ob‘ektivlik, tarixiylik, mantiqiylik, ijtimoiy yondashish, milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olish. Biz ham xuddi ana shunday yozma ifoda etish qoidalarini inobatga olgan tarzda Ekologik xuquq printsiplarini aks ettirishga urinib ko’ramiz.
    Birinchi ifoda etilayotgan xuquqiy-ekologik printsip –«Biosfera va undagi ekologik tizimlar insonlarning ekologik xavfsizligi bilan uzviy bog’langandir». Ya‘ni tirik organizmlar yashaydigan muhitda kechayotgan barcha xodisa va jarayonlar inson xayoti bilan uzviy bog’langan. Shuning uchun ham ularni muhofaza qilish kishilarning ekologik jihatdan xavfsiz hayot kechirishlari manbai hisoblanadi.


    1. Yüklə 2,53 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin