О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta


O'qitish usullari va texnikasi



Yüklə 2,53 Mb.
səhifə48/106
tarix27.12.2023
ölçüsü2,53 Mb.
#199190
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
O'qitish usullari va texnikasi: muloqot, interaktiv, bumerang texnologiyasi, bilis- so'rov, FSMU texnologiyasi, “baliq skeleti”, klaster, loyiha asosida o'qitish texnologiyasi, keys-stadi, muammoli usul, o'rgatuvchi o'yinlar, “aqliy hujum”, insert, “Birgalikda o'rganamiz”, ma'ruza (kirish ma'ruzasi, vizual ma'ruza, tematik, ma'ruza-konferensiya, aniq holatlarni echish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).

  • O'qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o'zaro hamkorlikka asoslangan.

  • O'qitish vositalari: odatdagi o'qitish vositalari (darslik, ma'ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.

  • O'zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o'qitishning diagnostikasi (tashxisi).

  • Boshqarishning usuli va vositalari. O'quv mashg'ulotini texnologik karta ko'rinishida rejalashtirish o'quv mashg'ulotining bosqichlarini belgilab, qo'yilgan maqsadga erishishda o'quvchi va o'qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.



    Monitoring va baholash. O'quv mashg'uloti va butun kurs davomida o'qitish natijalarini kuzatib borish, o'quvchi faoliyatini har bir mashg'ulot va yil davomida reyting asosida baholash.
    Ma'ruza mashg'ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari:




    Ma'ruza shakllari

    O'ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari

    1.

    Kirish ma'ruzasi

    Fan to'g'risida yaxlit tasavvur hamda ma'lum yo'nalishlar beradi. Pedagogik vazifasi: o'quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o'rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo'nalishini belgilash, tavsiya qilingan o'quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini
    belgilash.

    2.

    Ma'ruza axborot

    Ma'ruzaning odatdagi an'anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o'quv
    ma'lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.

    3.

    Sharhlovchi ma'ruza

    Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o'zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo'limlarining konseptual asosini tashkil etadi.
    Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o'zaro aloqadorligini ochish.

    4.

    Muammoli ma'ruza

    Yangi bilimlar qo'yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o'quvchining o'qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashdi.
    Pedagogik vazifasi: yangi o'quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo'yish va uni echimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai nazarlarini tahlil qilish.

    5.

    Vizual ma'ruza

    Ma'ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan.
    Pedagogik vazifasi: yangi o'quv ma'lumotlarini o'qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish.

    6.

    Binar (ikki kishilik) ma'ruza

    Bu ma'ruza ikki o'qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab namoyondasining, o'qituvchi-talabaning dialogidan iborat.
    Pedagogik vazifasi: yangi o'quv ma'lumotlarining mazmunini yoritish.

    7.

    Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma'ruza

    Xatolarni izlashga mo'ljallangan mazmuni va uslubiyatida, ma'ruza oxirida tinglovchilar tashxisi o'tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi.
    Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, berilgan ma'lumotni doimiy nazorat qilishga talabalarni rag'batlantirish.

    8.

    Ma'ruza konferensiya

    Avvaldan qo'yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o'quv dasturi chegarasida o'tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg'ulot oxirida o'qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma'ruzalarga yakun yasab, to'ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi.
    Pedagogik vazifasi: yangi o'quv ma'lumotning mazmunini yoritish.

    9.

    Maslahat ma'ruza

    Turli ssenariylar yordamida o'tishi mumkin. Masalan, 1) «Savol- javob» - ma'ruzachi tomonidan butun kurs bo'yicha yoki alohida bo'lim bo'yicha savollarga javob beriladi.
    2) «Savol-javob-diskussiya» - izlanishga imkon beradi.
    Pedagogik vazifasi: yangi o'quv ma'lumotni o'zlashtirishga qaratilgan.




    Yüklə 2,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin