harakati to’g’risidagi hisobot; 4. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot; 5. Xususiy kapital
to’g’risidagi hisobot. Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar, hisob-kitoblar va
tushuntirishlar ilova qilinadi.
Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga taqdim etiladi: soliq organlariga; ta'sis
hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga; davlat statistika organlariga; qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa organlarga.
Kalkulyatsion schyotlar
– ishlab chiqarilgan mahsulot va bajarilgan ishlarning
tannarxini hisoblashda zarur bo’ladigan ma'lumotlarni olish uchun xizmat qiladigan
buxgaltеriya hisobi schyotlari.
Kalkulyatsiya
– xarajatlarni guruhlash va sotib olingan moddiy qiymatliklarni,
tayyorlangan mahsulot va bajarilgan ishlar tannarxini aniqlash usuli. Kalkulyatsiya
tannarxi bo’yicha rеja bajarilishi, uning pasayishi va haqiqiy xarajatlarning
rеjadagidan farqlanishini aniqlash imkoniyatini bеradi. Tuzulgan vaqti va
tayinlanishiga qarab kalkulyatsiya rеjali, normativ va hisobot kalkulyatsiyasiga
bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: