Tayansh iboralar: dinamika, xorologik dinamika, evolyusiya, ritmiklik,
pleystosen, barqarorlik, texnogen, etakchi omil, energiya oqimi, biokimyo, abiatik.
lanshaft tipi, kichik tip, landshaft sinfi, kichik sinf, landshaft xili.
26
Landshaftlarning komponentlari orasida muttasil modda va energiya
almashinib turadi. Har bir landshaft o‘z ichida ro‘y beradigan va tashqi kuchlar,
jarayonlar ta‘sirida o‘zgarib turadi. Har bir landshaftda o‘zini o‘zi boshqarib, o‘zini
o‘zi rivojlantirib turish xususiyatlari mavjuddir. Har bir landshaft uchun
rivojlanishni barqarorlashtirib turuvchi dinamika xosdir.
Landshaftlar dinamikasi tushunchasiga A.A.Krauklis (1979) qisqasha qilib
quyidagisha ta‘rif beradi: «dinamika - bu ishki va tashqi kuchlar ta‘sirida landshaft
tabiatining o‘zgarishidir».
F.N.Milkov
(1990)
fikrisha
dinamika
landshaftshunoslikning
nazariy
masalalaridan biridir.
Landshaft dinamikasi - bu landshaftning o‘z vazifasini bajarishi, hududi va ishki
tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishidir. Landshaftdagi dinamik o‘zgarishlar
turli tuman bo‘lganligi uchun F.N.Milkov ularni turlari va xillarini aniqlashga
urinib ko‘rdi. Uning fikrisha xorologik dinamika (landshaftlarning o‘zgarishi bilan
bog‘liq), ishki tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan dinamika (landshaft morfologik
tuzilishini o‘zgarishi), zamonaviy dinamika (landshaftning vaqt bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘zgarishlari) hamda rivojlanish dinamikasi kabilarni ajratish mumkin.
Landshaft dinamikasi tushunchasi landshaftshunoslikdagi asosiy tushunchalardan
biri ekanligini A.G.Isashenko (1991) ham ta‘kidlab o‘tadi. U landshaftning ishki
tuzilishini qayta shakllanishiga olib kela olmaydigan va tizimning takrorlanish
xususiyatiga ega bo‘lgan o‘zgarishlarni dinamika deb tushunadi.
V.B.Soshava geotizimlarning dinamikasi va evolyusion o‘zgarishlari haqida fikr
yuritar ekan invariant tushunchasidan foydalanishni lozim topdi. Invariant -
lotinsha so‘z bo‘lib, o‘zgarmaydigan degan ma‘noni bildiradi. Geotizimlarning
tashqi kuchlar ta‘sirida o‘zgarish jarayonida o‘zgarmay qoladigan xususiyatlari
invariant hisoblanadi.
I.I.Mamay (1982) ning ta‘kidlashicha landshaftning holati deb, landshaft ishki
tuzilishining ozmi-ko‘pmi uzoq vaqt davomida saqlanadigan xususiyatlariga
aytiladi. Landshaftlarni holati to‘g‘risidagi fikrlar L.S.Bergning ham ishlarida
uchraydi. U landshaftlarda bo‘ladigan o‘zgarishlarni ikki turga ajratadi. Asliga
qaytadigan va asliga qaytmaydigan o‘zgarishlar. Asliga qaytadigan o‘zgarishlarga
landshaftdagi fasliy o‘zgarishlar va vaqt o‘tishi bilan yana «asliga» qaytadigan
katastrofik o‘zgarishlarni - o‘rmonlarning yonib ketishini, o‘tloqlarni chigirtka
bosishi, suv toshqinini kiritadi. Asliga qaytadigan o‘zgarishlar - o‘zgarish sikli
tugagandan keyin dastlabki holatiga to‘liq qaytmaydi. Asliga qaytmaydigan
o‘zgarishlarga kosmik omillar, iqlimni o‘zgarishi, yer po‘stining ko‘tarilishi yoki
pasayishi, organizmlar va odam ta‘sirida bo‘ladigan o‘zgarishlar kiradi.
Landshaftlarda bo‘ladigan o‘zgarishlr natijasida doimiy ravishda yangi elementlar
paydo bo‘lib boradi va eskilarni siqib chiqaradi. Bu elementlarni B.B.Polinov uch
turga ajratadi: relekt, konservativ va progressiv.
1) Relekt elementlar oldingi davrlardan qolgan bo‘lib, landshaftni tarixini
o‘rganishga yordam beradi. Relekt elementlarga rel‘ef shakllari (muz rel‘efi),
gidrografik tarmoqlar(cho‘llardagi quruq o‘zanlar, ko‘llar) kiradi.
2) Konservativ elementlar (lanshaftlarning hozirgi sharoitiga moslashgan va ishki
tuzilishini belgilovchi).
27
3) Progressiv elementlar (landshaftdagi eng yosh elementlar, ular landshaftning
kelajakdagi rivojlanishini belgilab beradi). Yangi elementlarni ko‘payishi
landshaftda miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishiga o‘tishiga olib keladi.
Progressiv elementlarni paydo bo‘lishi tabiiy geografik bashorat uchun asos
bo‘ladi.
Landshaftshunoslikning nazariy masalalaridan biri landshaftlarning yoshi
masalasidir. Landshaftlarni yoshini aniqlash masalasi ansha murakkab masala.
Ularning yoshini qaysi vaqtdan boshlab hisoblash kerak degan masala hozir ham
munozaralidir. Ayrim tabiiy geograflar landshaftning geologo-geomorfologik asosi
qashon shakllangan bo‘lsa, uning yoshini o‘sha davrdan boshlash kerak deyishsa,
ayrimlar esa geotizim maydoni qashon muz bosishdan yoki dengiz ostidan ozod
bo‘lgan bo‘lsa o‘sha davrdan boshlab hisoblash lozimligini ta‘kidlashadi. Bunda
landshaftning yoshi bir necha yuz ming, million yillarni tashkil etib, geologik
davrlar bilan o‘lshanadi.
Ko‘pchilik geograflar esa landshaftni yoshini uning hozirgi ishki tuzilishi qashon
shakllangan bo‘lsa o‘sha davrdan boshlab hisoblash kerakligini ma‘qullaydi.
Ammo landshaftlarda bir ishki tuzilma o‘rniga yalpi bir tuzilmani vujudga kelishi
ham uzoq davrni o‘z ichiga oladi.
Shuning uchun geotizimlarning hosil bo‘lishi vaqtini hozirgi tabiiy geografik
sharoitining asosiy xususiyatlari shakllana boshlagan vaqtdan boshlab hisoblash
lozim. Masalan, Turon tabiiy geografik provinsiyasi, hozirgi tabiiy geografik
sharoitining shakllanishi - oligosen - to‘rtlamchi davr mobaynida davom etgan
(N.A.Kogay, 1969). Ammo oligosen - to‘rtlamchi davr yoshidagi Turon
provinsiyasida joylashgan undagi kichikroq bo‘lgan geotizimlar - tabiiy geografik
okruglar esa turli xil kelib chiqishga va yoshga ega. Bularning ichida eng yoshi
Quyi Amudaryo okrugi, eng qadimgisi esa Qizilqum tabiiy geografik okrugidir.
Yanada kichikroq geotizimlar tabiiy geografik rayonlar va landshaftlarning
yoshiga keladigan bo‘lsak, endi faqat oligosen dengiz qaytib ketishi, quruq issiq
iqlimning hukmronligi emas, neotektonik harakatlar va ular bilan bog‘liq holda
rel‘efning, suvlarning ichini o‘zi iqlimning tabaqalanishi kabilarni tahlil qilish
kerak bo‘ladi. (Sh.I.Zokirov, 1990).
Landshaftlarni yoshini aniqlash jarayonida ikkita narsaga e‘tibor berish kerak.
Birinchisi, birlamchi elamentlarning yoshi va ikkinchisi hozirgi elamentlarning
yoshi. Xullas, landshaftning yoshini aniq qilib 1-2-10 yil farqi bilan aytib berish
amri maholdir.
Keyingi yillarda tabiatshunos fanlarida barqarorlik atamasi keng qo‘llanilmoqda.
Landshaftshunoslikda ham landshaftlar barqarorligi atamasi va uni aniqlash
masalalari geograflarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda.
Buning asosiy sabablaridan biri tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning
keskinlashuvidir. Inson ta‘sirida tabiiy landshaftlar o‘rnida yangi antropogen
landshaftlar barpo bo‘la boshladi. Bunday o‘zgarishlarning qanshalik jadal yoki
sust bo‘lishi tashqi omilning ta‘sir kuchiga va landshaftning barqarorlik darajasiga
bog‘liqdir.
Landshaftlarning barqarorligi deganda - tashqi tabiiy yoki antropogen omillar
ta‘siriga nisbatan o‘z strukturasini, ya‘ni ishki aloqadorliklar xarakterini saqlagan
28
holda bardosh bera olish va shu bilan birga tashqi ta‘sirlar natijasida o‘zgargan
yoki buzilgan bo‘lsa, avvalgi holatini qayta tiklay olish xususiyatlari tushuniladi
(Zokirov, 1999).
Landshaftlarning barqarorligi haqida adabiyotlarda berilgan izohlarning tahlili
shuni ko‘rsatadiki, landshaftlar barqarorligi deganda ularning ikki xil xususiyatlari,
ya‘ni: 1) landshaftlarning tashqi omillar ta‘siriga qaramasdan o‘z faoliyatini davom
ettirishi. 2) tashqi kuchlar tugagash oldingi holatini tiklash xususiyatlari
shalkashtirilib yuborilmoqda.
Landshaftlar geokimyosi sohasida taniqli bo‘lgan rus olimasi M.A.Glazovskaya
(1988) ham barqarorlik deganda tabiiy tizimlarni o‘z funksiyalarini bajarishini
saqlash imkoniyatidir deb tushunadi. Uning fikrisha, tabiiy tizimlarning texnogen
omillar ta‘siriga nisbatan barqarorligi birinchidan tashqi omillar ta‘sirining tavsifi
bilan belgilansa, ikkinchidan tabiiy tizimlarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari
bilan belgilanadi. Bunda barqarorlik landshaftlarga tashqi omillar ta‘siriga kirib
qolgan moddalarning erishi, chirishi, tarqalishi va chiqib ketishi kabi sharoitlar
bilan ham belgilanadi.
Landshaftlarning
barqarorligini
o‘rganishda
komponentlarning
o‘zidagi
barqarorlikning, landshaft tashkil etuvchi omillarning barqarorligini bilishning
ahamiyati kattadir. Komponentlardan birortasini barqarorligi kuchsiz bo‘lsa,
landshaft ham shunchalik barqaror va tashqi kuchlar ta‘siriga beriluvshan bo‘ladi.
Ammo, turli komponentlarning turlisha barqarorlikka ega bo‘lishi tabiiydir.
Tog‘ jinslari va rel‘efning ayrim komponentlarga nisbatan kam o‘zgaruvshan va
eng barqaror ekanligi haqidagi fikrlarni ko‘pgina landshaftshunoslarning ishlarida
uchratishimiz mumkin. Bunday fikrlar asosan N.A. Solnsev tomonidan ilgari
surilgan va landshaft komponentlarining o‘zaro teng kuchli emasligi, ularning hosil
bo‘lishida oldinma-keyinlik mavjudligi g‘oyasiga tayanilgan.
N.A. Solnsev (1984) landshaftlarning barqarorligi muammosiga to‘xtalar ekan,
komponentlar barqarorliklari jihatidan ham o‘zaro teng emasligini va ularning
barqarorlik darajasi yer po‘stidan (eng barqarori) hayvonot dunyosiga (eng
beqarori) tomon pasayib borishini ta‘kidlaydi.
Landshaft komponentlarining turlisha barqarorlikka ega ekanligi haqida gap
borganda, barqarorlik landshaftlarning dinamikasi va rivojlanishi bilan bog‘liq
ekanligini unutmaslik kerak. V.B.Soshavaning landshaftlar dinamikasi va
evolyusiyasi haqidagi ayrim fikr va mulohazalari e‘tiborga loyiqdir. U landshaftlar
dinamikasi haqida so‘z yuritar ekan, landshaftlardagi dinamik o‘zgarishlarni
susaytirib turadigan, landshaftlarni barqarorlashtirib turadigan jarayonlar mavjud
ekanligini ta‘kidlaydi. Uning fikrisha «jonli» komponentlar faqat «kritik»
komponentgina bo‘lib qolmay, balki landshaftlarni barqarorlashtirib turadigan eng
muhim omil ham ekan. Landshaftlarning barqarorligini o‘rganishda ular qaysi
muhitda shakllanganligi ham albatta e‘tiborda bo‘lishi kerak. Bunda o‘sha
muhitdagi hal qiluvchi omillardan issiqlik va namlikning optimal nisbatda bo‘lishi
alohida ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarda bo‘ladigan modda almashinuvi tabiatda namning aylanishi bilan
bog‘liq. Geosistemalarning tashqi aloqalari ham ularga kirib keladigan va ulardan
chiqib ketadigan suv oqimlari bilan bog‘liq. Namning aylanishi natijasida turli
29
eritmalar, kaloidlar hosil bo‘ladi, ximik moddalarni bir joydan ikkinchi joyga
ko‘chishi sodir bo‘ladi. Landshaftlardagi yillik namlik zahirasi atmosfera
yog‘inlari va havodagi suv bug‘lari tashkil etadi.
Namlik aylanishining intensivligi va uning tuzilishi turli landshaftlarda o‘ziga xos
bo‘lib, zonal va azonal qonuniyatlarga bo‘ysunadigan issiqlik bilan taminlanganlik
darajasiga va yog‘inlar miqdoriga bog‘liq.
Landshaftlarda namni aylanishi ishki va tashqi bo‘ladi. Tashqi va ishki nam
aylanishi o‘rtasidagi nisbat oqim koeffisienti yoki unga qo‘shimsha ravishda
bug‘lanish koeffisienti bilan ifodalanadi.
Yuqori kengliklarda tashqi namlik oqimi ishki aylanishdan katta, nam ekvatorial,
tropik va subtropik landshaftlarda ikki oqim tipi teng, qurg‘oqchil hududlarda ishki
nam aylanish hissasi ortadi. Landshaft ichida nam aylanishida botanik, ayniqsa
o‘rmon daraxtlarini roli kattadir. Daraxtlarning ildizlari yillik yog‘in miqdorini
20% ini ushlab (qarag‘ay 140-450 mm, ekvatorial o‘rmon daraxtlari 500m) qoladi.
Biologik nam aylanishining bosh zonasi - transpirasiya hisoblanadi. O‘simliklar
tomonidan o‘zlashtirilgan tuproqlardagi namlikni asosiy qismi bug‘lanib ketadi.
Nam ekvatorial o‘rmonlarda transpirasiya fizik bug‘lanishdan katta, mo‘tadil
mintaqa keng bargli o‘rmonlarida 2 baravar kam, sovuq iqlim sharoitida keskin
kamayadi.
O‘simlik qoplami kuchli rivojlangan landshaftlarda transpirasiya fizik
bug‘lanishdan katta bo‘ladi. Malayziyaning ekvatorial o‘rmonlarida transpirasiya
(bug‘lanish) miqdori 1350 mm, tuproq yuzasidan bug‘lanish esa - 125 mm.
Ekvatorial tropik o‘rmonlarda atmosferadagi namlikni 62% i transpirasiya
oqibatida hosil bo‘ladi.
Atmosferadan landshaft yuzasiga tushgan namlikning qanday sarf bo‘lishini
o‘rganishda o‘simlik tanasida qoladigan namlik ham e‘tiborda bo‘lishi kerak. Bu
namlik asosan o‘simliklarni o‘rib olib tortib ko‘rish va qurigandan so‘ng yana
tortib ko‘rish orqali, ya‘ni o‘simlikdan quruq organik modda hosil qilish yo‘li bilan
aniqlanadi.
O‘rganish ob‘ektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinadigan bironta fan
bo‘lmasa kerak. O‘rganish ob‘ektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy
ahamiyati kattadir. Yer yuzasida geografik landshaftlar haddan tashqari ko‘p
bo‘lganligi uchun ularning har birini alohida-alohida ta‘riflab o‘tirishning iloji
bo‘lmay qoldi. Shuning uchun landshaftlarni ma‘lum maqsadlarda guruhlab
ta‘riflashga va shunga mos holda bir turdpgi tadbirlarni rejalashtirishga to‘g‘ri
keladi.
Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‘p va xilma-xil,
ammo o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ob‘ektlar landshaftlarni tasnif qiladi.
Landshaftlarni tasniflash bilan ko‘pchilik geograflar shug‘ullanishgan. Ulardan
ayniqsa N.A.Gvozdeskiy, A.G.Isashenko, V.A.Nikolaevlarning xizmati katta.
Landshaftlarni tasnifini yaratish-nisbatan yangi va murakkab hali to‘liq
ishlanmagan muammo. Har bir tabiiy tasnif ob‘ektlarning kelib chiqishi, tuzilishi
va dinamikasiga asoslanadi. Landshaftlardagi o‘xshashlik turli xil bo‘lib,
taksonomik birliklardan foydalanish ya‘ni tasniflash qatoriga bog‘liq. Yuqori
taksonomik birliklardan quyi taksonomik birliklarga o‘tishda yangi mezonlar amal
30
qila boshlaydi. Shunki yuqori birliklarga qaraganda quyi birliklarda landshaftlar
ko‘proq bir-biriga o‘xshaydi.
Landshaftlar tasnifini ishlab chiqishda induktiv va deduktiv yondashishlar mavjud.
Induktiv yondshilganda dastlab tasniflashning muhim vositalaridan biri – landashft
xaritalaridir. Xaritalashtirish asosida landshaft syomkalaridan olingan materiallar
qayta ishlanadi, landshaftlar taqqoslanadi. Landshaftlarning o‘xshashligi va farqi
ko‘pgina sabablarga qarab aniqlanadi, keyinshalik bu sabablar taksonomik
qatorlarni tuzishda hisobga olinishi kerak.
Landshaftlar faoliyatining muhim jarayonlari nam aylanishi, moddalarning
biologik aylanishi, tuproq hosil bo‘lishi aniqlanadi.
Landshaftlar tasnifini ishlab chiqishda turlisha tamoyillarga amal qilinadi.
Masalan, tarixiy-evolyusion tamoyili, genetik tamoyili, morofologik tamoyil.
Hozirgi qo‘llanib kelinayotgan tamoyillarni eng asosiylaridan biri tarixiy-
evolyusion tasnif jadvalining o‘zida geografik tizimlardagi juda ko‘p va turli-
tuman moddiy borliqni qamrab olishi mumkin. Qo‘limizda ma‘lum, miqdorda
paleogeografik ma‘lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda bu tamoyildan foydalanish
yaxshi natijalar berish mumkin.
Landshaftlar tasinifida tarixiy yondashish landshaftlarning kelib chiqishi va
rivojlanish tarixi ularning ishki strukturasining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi.
Shuning uchun landshaftlarni tasniflashda foydalanilayotgan tarixiy-genetik
tamoyil landashftlarning ishki tuzilishini tahlil qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib
qoladi.
Landshaftlar tasnifida landshaftlar ishki tuzilishini tahlil qilish qoidasi asosida bir
butunni uning qismlari bilan hamda qismlari orasidagi o‘zaro ta‘sir va
aloqadorliklarni tahlili yotadi. Landshaftlarni ishki tuzilishi haqida gap borganda
faqat komponentlar orasidagi emas, balki kichik yoki oddiy komplekslar orasidagi
o‘zaro aloqadorlik ham tushuniladi. M.A. Glazovskiy tomonidan tavsiya etilgan
geokimyoviy landshaftlar tasnifi ham anna shu tamoyil asosida tuzilgandir.
Landshaftlar ochiq geotizimlar bo‘lganligi sababli ular o‘z yon atrofidagi
landshaftlar bilan ham modda va energiya almashinishida aloqador bo‘lib turadi.
Agar biz tasnif tuzishda landshaftlar o‘z ishki tuzilishiga ega ma‘lum bir tizimdir
deydigan bo‘lsak, landshaftlarning ishki aloqadorligidan tashqari ularning atrof-
muhit bilan va qo‘shni landshaftlar bilan bo‘ladigan aloqadorliklarini ham hisobga
olish keark bo‘ladi. Ularni qanday ilmiy tasniflash avvalo tasnif qilinayotgan
ob‘ektga yoki hodisaga tegishli bo‘lgan ma‘lum bo‘lgan belgilarni tanlab olishga
taqozo qiladi. Landshaftlarni ayrim guruhlarga tipologik birlashtirilishi yoki
aksinsha tabaqalanishi turli-tuman sharoitlarga bog‘liq. Masalan, landshaftlarning
ishki xususiyatlariga, qo‘shni landshaftlarga yondashib kelishiga landshaft takshil
qiluvchi omillar va hodisalarning majmuiga, ularning rivojlanish xususiyatlari va
xakozolarga bog‘liqdir.
Landshaftlar tasinifida ham boshqa ko‘pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur,
turkum, xil kabi tushunchalar ishlatiladi. Dastlabki tasniflash ishlaridan biri taniqli
geograf N.A.Gvozdeskiyga tegishlidir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf-
tur-kichik tur -guruh-xil ko‘rinishida bo‘lib, ansha ixshamdir. A.G.Isashenko tasnif
31
etgan landshaftlar tasnifi tip-kichik-tip-sinf-kichik sinf-xil-kichik xil-variant
ko‘rinishiga ega.
Bu ikkala tasnif bir-biridan qisman farq qiladi. N.A.Gvozdeskiy eng katta birlik
sifatida sinfni qabul qilar ekan, u avvalo tog‘larning va tekisliklarning
landshaftlarini ikki sinfga bo‘lishni tavsiya etsa, A.G.Isashenko dastlab
landshaftlarni aniqlab olishni keyin esa sinflarga ajratishni ma‘qul ko‘radi.
Landshaft tiplarini aniqlab olishda eng asosiy mezon sifatida landshaftlarning
gidrotermik rejimi, ya‘ni namlik va issiqlik taqsimlanishidagi dunyo miqyosidagi
farqlarini olishda tavsiya etiladi.
A.G.Isashenko fikrisha, landshaftlarning bir-biriga o‘xshashligi yoki bir-biridan
farqi juda ko‘p sabablar bilan belgilanadi va ularning ichidan eng asosiysini
aniqlab ola bilish tasnif tarixidagi eng katta birlikni tanlashga asos bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda eng mukammal ishlangan landshaftlar tasnifining muallifi
V.A.Nikolayev ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan e‘tirof etilmoqda. U
tavsiya etgan ko‘p pog‘onali tasnif qatori: bo‘lim-qism-kichik qism-sinf-kichik
sinf-guruh-tur-kichik tur-toifa-kichik toifa-xil-variant ko‘rinishida bo‘lib, yer
yuzasidagi barsha landshaftlarni ma‘ulm bir tartib bilan o‘rganishga yaxshi ilmiy
asos bo‘la oladi.
Biz A.G.Isashenkoni landshaft tasnifini ko‘rib chiqamiz. A.G.Isashenko (1991)
landshaftning eng yuqori tasnif birligi etib landshaft tipini qabul qiladi. Landshaft
tipini ajratishda bosh mezon issiqlik va namlik o‘rtasidagi nisbat ekanligini
yuqorida aytib o‘tgan. Radiasiya balansi aktiv harorat yig‘indisi. N.N.Ivanovning
namlik va qurg‘oqchillik koeffisientlari tasniflash belgilari deb qabul qilingan. Bir
tipdagi landshaftlarning umumiyligi suv balansi hozirgi geomorfologik va
geoximik jarayonlar, organik dunyosi, yashash sharoiti, uning tuzilishi,
mahsuldorligi, biomassalar zahirasi, moddalarning biologik aylanishi va tuproq
hosil bo‘lish tiplarida namoyon bo‘ladi. Har bir landshaft uchun tabiiy
jarayonlarning fasliy ritmikligi xarakterlidir. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki
landshaft tipi tuzilishida zonallik va sektorlikni namoyon bo‘lishi dinamikasi va
rviojlanishi umumiy bo‘lgan landshaftlar biriligidir. Landshaft tiplarining qator
ikkita elementdan tashkil topadi: birinchisi issiqlik bilan ta‘minlanganlik darajasi,
ikkinchisi esa namlik darajasini ko‘rsatadi.
Ko‘pgina landshaft tiplari ikkala yarimsharda turli variantlarda uchraydi. Bunday
hodisalar bir qit‘aning turli sektorlarida ham uchraydi. Bunda ularning nomiga
qo‘shimcha ravishda regionning nomi ham qo‘shiladi. Masalan, Sharqiy Yevropa
mo‘tadil kontinental boreal landshaftlar yoki Shimoliy Amerika mo‘tadil
kontinental boreal landshaftlar.
Har bir landshaft uchun xos bo‘lgan xususiyatlar uning markaziy qismida
uchraydi, chekkalarida esa qo‘shni tiplarga xos bo‘lgan belgilar uchraydi. Bu
sharoit landshaft tiplarini kichik tiplarga bo‘lishni taqozo etadi. Ko‘pgina
landashftlarda uchta kichik tip ajratiladi. Bular shimoliy, o‘rta va janubiy landshaft
tiplaridir. Bu kichik tiplar oraliq landshaft tiplari uchun xos emas.
Tasniflashning keyingi bosqichini ajratishda gipsometrik omil asos qilib olingan
bo‘lib, sinf va kichik sinflarni ajratishda hal qiluvchi mezon hisoblanadi. Bular
landshaftlar yarusligi qonuniyatida namoyon bo‘ladi. Balandlik landshaft
32
mintaqalarida ikkita sinf ajratiladi – tekislik va tog‘. Tog‘ landshaftlarining eng
asosiy farqi balandilk mintaqalarining mavjudligidir.
Tekislik landshaft sinfida ikkita kichik sinf – pasttekislik va qirlar landshaftlari,
tog‘li landshaft sinfida – past, o‘rta va baland tog‘ kichik sinflari ajratiladi.
Landshaft tasniflashning eng quyi birliklarini ajratishda, landshaftning fundamenti
uning petrografik tarkibi, tuzilish xususiyati, rel‘ef shakllari asosiy mezon qilib
qabul qilingan. Bu mezondan foydalanib landshaft xillari ajratiladi. Bir xildagi
landshaftlar fundamenti, komponentlararo turalri, tuzilishi va morfologiyasidagi
umumiyligi bilan xarakterlanadi. Landshaftlarni bitta xilga birlashtirishda ularning
morfologik tuzilishi etakshi belgilardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |