6-mavzu: LANDSHAFTLARNI TASNIFLASH MASALALARI
Reja
1. Landshaftlarni tasniflash deganda nimani tushunasiz?
2. Landshaftlarni tasniflash bo‗yicha bajarilgan ishlardan kimlarning ishlarini
bilasiz?
45
3. N.A.Kogay tasnif sxemasida qanday landshaft birliklari ajratilgan?
Tayansh iboralar: tasniflash, taksonomiya, biokimyoviy aylanishi, moddaning
biokimyoviy aylanishi.
Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir-biriga yaqin
tushunchalar mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari bir-biriga
anchagina yaqin bo‗lib, rang-barang va turli-tuman narsa va hodisalarni ma‘lum
bir tartib bilan, har birining pog‗onama-pog‗ona mavqeini yoki ko‗lamini saqlagan
holda guruhlarga ajratish yoki birlashtirish degan ma‘noni anglatadi.
O‗quvchilarga botanikadagi o‗simliklar tasnifi, zoologiyadagi tirik mavjudotlar
tasnifi yaxshi tanish. Shunga o‗xshash tasniflar boshqa fanlarda ham bor.
O‗z o‗rganish ob‘ektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinmagan bironta
fan bo‗lmasa kerak. Sababi biror fanni fan sifatida tanilishi uchun ham uning o‗z
ob‘ektining tasnifi ishlab chiqilgan bo‗lishi kerak. Buyuk fransuz matematigi
A.Puankare (1906) "Fan - bu eng avval tasniflashdir" degan edi. Tasniflash
jarayoniga borib yetmagan ilmiy izlanishlarni hali "qiyomiga yetmagan" deb
baholash mumkin.
O‗rganish ob‘ektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati kattadir.
Uning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, ob‘ekt tasnif qilinayotganda uning kelib
chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi kabi barcha xususiyatlari o‗rganilishi va u haqidagi
barcha ma‘lumotlar batafsil tahlil qilinishi kerak bo‗ladi.
Yer yuzasida muayyan landshaftlar xaddan tashqari ko‗p bo‗lganligi uchun
ularning har birini alohida-alohida o‗rganish va ta‘riflab berishning iloji bo‗lmay
qoladi. Shuning uchun landshaftlarni ma‘lum maqsadlarda ( masalan, qishloq
xo‗jaligi, shahar qurilishi va x.k.) guruhlab ta‘riflashga va shunga mos holda bir
turdagi tadbirlarni rejalashtirishga to‗g‗ri keladi. Bu landshaftlarni tasnif qilishning
amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. Fanning o‗rganish ob‘ekti qanchallik
serqirra, xilma-xil va murakkab bo‗lsa, uni tasniflash ham shunchalik murakkab
bo‗ladi. Har qanday tasnifni amalga oshirishda ob‘ekt haqida to‗la va aniq
tushunchaga ega bo‗lish kerak. Ob‘ektni turlicha talqin qilish va tushinish turlicha
tasnif tarxlarining tuzilishiga sabab bo‗ladi.
Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‗p va xilma-
xil, ammo o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lgan aniq ob‘ektlar -landshaftlarni
tasnif qiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan, ilmiy va mantiqiy
talablarga to‗liq javob beradigan tasniflash jadvalini tuzib olish juda katta
ahamiyatga ega. Chunki yer yuzida ko‗plab uchraydigan xilma-xil landshaftlarni
bir-biriga o‗xshash yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlarini aniqlab, har birini
o‗z mavqeini saqlagan holda ma‘lum bir tartibga tushirib olinmasa, ularni to‗g‗ri
tadqiq qilish, xatto landshaft haritasini tuzib olish ham mumkin bo‗lmay qoladi.
Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko‗plab ishlar
uchun, jumladan halq xo‗jaligini rivojlantirish, aholining yashashi va sog‗ligi
nuqtai nazaridan landshaftlarni baholash, geografik bashorat qilish va tabiat
muhofazasini ko‗zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta-katta rayonlar, tabiiy
geografik o‗lkalar miqyosida barcha landshaftlar haqida batafsil ma‘lumotlarga
46
yoki boshqacharoq qilib aytganda landshaftlar kadastriga ega bo‗lish ahamiyatlidir.
Mamlakatimiz landshaftlarining aniq va puxta tasnif jadvalini ishlab chiqish
landshaftshunoslikning eng yirik masalalaridan biridir.
Landshaftlarni tasniflash bilan ko‗pchilik geograflar shug‗ullanishgan.
Ulardan
ayniqsa
N.A.Gvozdeskiy
(1961),
A.G.Isachenko
(1961,1975),
V.A.Nikolayev (1973,1979) kabilarning tajribalari e‘tiborga loyiq. Bu olimlar
tavsiya etgan tasniflar ichida V.A.Nikolayev (1979) bajargan tasnif o‗zining
anchagina mukammalligi bilan ajralib turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida
landshaftshunos olim V.A.Nikolayev ko‗p yillar davomida Qozog‗iston dashtlarida
landshaftlarni haritaga tushirish borasida olib borgan izlanishlari yotadi. Quyida
keltiriladigan fikrlarning ko‗pchiligi V.A.Nikolayev ilgari surgan g‗oyalar ta‘sirida
yuzaga keldi. Bu fikrlardan eng asosiysi landshaft haqidagi tushunchaning o‗ziga
xos talqini bo‗ldi.
V.A.Nikolayevning fikricha landshaftni faqat regional birlik (A.G.Isachenko,
1961) yoki faqat tipologik birlik (N.A.Gvozdeskiy, 1961) sifatida qabul kilish
birday bir tomonlamalikka olib keladi. Agar biz landshaftni tipologik birlik deb
qabul qilar ekanmiz, uning asosida har bir muayyan o‗ziga xos landshaftning taxlili
yotishini esdan chiqarmasligimiz kerak. Har bir muayyan landshaft - o‗ziga xos
geografik individdir. Lekin bir vaqtning o‗zida u qaysidir tipologik landshaftlar
majmausining bir qismidir. Haqiqatan ham, Yer yuzida ikkita har tomonlama bir
xil bo‗lgan landshaftni topib bo‗lmaydi. Ammo qaysidir xususiyatlari bilan bir-
biriga o‗xshashlik tomonlari bo‗lgan landshaftlarni uchratish va tasnif qilish
mumkin. Landshaftlar tasnifini ishlab chiqishda turlicha tamoyillarga amal
qilingan bo‗lishi mumkin. Masalan, tarixiy-evolyutsion tamoyil, genetik tamoyil,
morfologik tamoyil va x.k. Shu tamoyillardan birvarakayiga bir nechtasiga amal
qilgan ma‘qul. Shulardan faqat bittasigagina amal qilib tuzilgan tasnif doimo ham
aniq va puxta bo‗lavermaydi. Shu bilan birga landshaftlarning o‗zini ma‘lum bir
tamoyilga asoslanmay, birma-bir sanab o‗tishning o‗zi ham ilmiy tasnifdan
uzoqdir. Hozirgacha qo‗llanib kelinayotgan tamoyillarning eng asosiylaridan biri
tarixiy-evolyutsion tamoyildir. Bunda landshaftni invariant tushunchasi nuqtai
nazaridan qarashga to‗g‗ri keladi. Ushbu tamoyilga amal qilinganda bir tasnif
jadvalining o‗zida geografik tizimlardagi juda ko‗p va turli-tuman moddiy borliqni
qamrab olishi mumkin bo‗ladi. Qo‗l ostimizda ma‘lum miqdorda paleogeografik
ma‘lumotlar mavjud bo‗lgan taqdirda bu tamoyildan foydalanish juda yaxshi
natijalar berishi mumkin, ya‘ni landshaftlarning tashkil topishi va rivojlanishidagi
ichki va tashqi aloqadorliklarni tasnif jadvalida aks ettirish mumkin bo‗ladi.
Landshaftlar tasnifida tarixiy yondashish albatta landshaftlarning kelib
chiqishi (genezisi)ni tahlil qilish bilan bog‗liqdir. Landshaftlarning kelib chiqish va
rivojlanish tarixi ularning ichki strukturasining o‗ziga xosligini keltirib chiqaradi.
Shuning uchun landshaftlarni tasniflashda foydalanilayotgan tarixiy genetik
tamoyil landshaftlarning ichki tuzilishini tahlil qilish bilan bevosita bog‗liq bo‗lib
qoladi.
Landshaftlar tasnifida landshaftlar ichki tuzilishini tahlil qilish qoidasi asosida
bir butunni uning qismlari bilan hamda qismlari orasidagi o‗zaro ta‘sir va
aloqadorliklarni taxlili yotadi. Biz landshaftlarni ko‗p yaruslik geotizimlar deb
47
qabul qilgan edik. Bu bilan biz har bir landshaft ma‘lum komponentlar
majmuasidan iboratgina bo‗lib qolmasdan, balki o‗zidan kichikroq bo‗lgan
komplekslardan tuzilganligini ham e‘tirof etgan bo‗lamiz. Shunday ekan,
landshaftlarning ichki tuzilishi haqida gap borganda faqat komponentlar orasidagi
emas, balki kichik yoki oddiy komplekslar orasidagi o‗zaro aloqadorliklar ham
tushuniladi. M.A.Glazovskaya (1961) tomonidan tavsiya etilgan geokimyoviy
landshaftlar tasnifi ham ana shu tamoyil asosida tuzilgandir.
Landshaftlar ochiq geotizimlar bo‗lganligi sababli, ular o‗z yon-atroflaridagi
landshaftlar bilan ham modda va energiya almashinishi ko‗rinishida aloqador
bo‗lib turadi. Agar biz tasnif tuzishda landshaftlarni o‗z ichki tuzilishiga ega
malum bir tizimdir degan qoidaga amal qiladigan bo‗lsak, landshaftlarning ichki
aloqadorligidan tashqari ularning atrof-muhit bilan va qo‗shni landshaftlar bilan
bo‗ladigan aloqadorliklarini ham hisobga olish kerak bo‗ladi.
Odatda landshaftlarning ichki tuzilishining taxlili asosida tasnifning kichik
taksonomik birliklarini aniqlab olish mumkin bo‗ladi. Katta taksonomik birliklarni
aniqlayotganda esa ko‗proq landshaftlarning o‗zaro aloqadorliklariga va yondashib
kelish xususiyatlariga ko‗proq asoslanishga to‗g‗ri keladi.
Landshaftlar tasnifini tuzganda, u puxta va "tabiiy" bo‗lishi uchun tarixiy-
genetik tuzilishi tamoyillariga amal qilgan ma‘qul ko‗rinadi.
Har qanday ilmiy tasniflash avvalo tasnif qilinayotgan ob‘ektga yoki hodisaga
tegishli bo‗lgan ma‘lum belgilarni tanlab olishni taqozo qiladi. Landshaftlarning
ayrim guruhlarga tipologik birlashtirilishi yoki aksincha tabaqalanishi turli-tuman
shart-sharoitlarga bog‗liq. Masalan, landshaftlarning ichki xususiyatlariga, qo‗shni
landshaftlarga yondashib kelishiga, landshaft tashkil qiluvchi omillar va
hodisalarning majmuiga, ularning rivojlanish xususiyatlari va xokazolarga
bog‗liqdir.
Shuning uchun har qanday tasnifdagi birliklarning mavqeini aniqlashda faqat
birgina belgini asos qilib olish qiyin bo‗lib, xatto bunday belgini izlab o‗tirishning
o‗zi ham mantiqan noto‗g‗ri bo‗lar edi. Buning sababi shundaki, aniqlanadigan va
tasniflanadigan turli-tuman birliklarni o‗z kuchi va qiymati turlicha bo‗lgan omillar
asosidagina umumlashtirish mumkin bo‗ladi. Umuman olganda, asosiy belgilarni
tanlab olish, tasniflash jarayonini eng muhim va ma‘suliyatli bosqichlaridan biri
hisoblanadi. Landshaftlar tasnifining asosiy birliklari. Landshaftlar tasnifida ham
boshqa ko‗pgina tabiiy fanlar tasnifidagidek sinf, tur, turkum, xil kabi tushunchalar
ishlatiladi. Bunday tshunchalarni birma-bir izohlab berishdan oldin bir-ikki taniqli
geograf olimlar ishlab chiqqan tasnif ko‗rinishlarini misol tariqasida keltirib
o‗tmoqchimiz. Dastlabki ana shunday ishlardan biri N.A.Gvozdeskiy (1961) ga
tegishlidir. U tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: sinf-tur-kichik tur-guruh-xil
ko‗rinishda bo‗lib, anchagina ixcham tarxlardan biridir. A.G. Isachenko (1961)
tavsiya etgan landshaftlar tasnifi: tur-kichik tur-sinf-kichik sinf-xil-kichik xil-
variant ko‗rinishiga ega.
Bu ikki tasnif bir-biridan ozmi-ko‗pmi farq qiladi. Jumladan, eng katta birlik
sifatida N.A.Gvozdeskiy sinfni qabul qilar ekan, u eng avval tog‗lar va tekisliklar
landshaftlarini ikki sinfga bo‗lib tashlashni tavsiya etsa, A.G.Isachenko esa
dastavval landshaft turlarini aniqlab olishni, so‗ngra sinflarga bo‗lishni ma‘qul
48
ko‗radi. Landshaft turlarini aniqlab olishda eng asosiy mezon sifatida
landshaftlarning gidrotermik rejimi, ya‘ni namlik va issiqlik taqsimlanishidagi
dunyo miqyosidagi farqlarni olishni tavsiya etadi.
A.G.Isachenko fikricha landshaftlarning bir-biriga o‗xshashligi yoki bir-
biridan farqi juda ko‗p sabablar bilan belgilanadi va ularning ichidan eng
asosiysini aniqlab ola bilish tasnif tarxidagi eng katta birlikni tanlashga asos
bo‗ladi.
Hozirgi vaqtda eng mukammal ishlangan landshaftlar tasnifining muallifi
V.A.Nikolayev (1973, 1979) ekanligi ko‗pchilik geograflar tomonidan e‘tirof
etilmoqda. U tavsiya etgan ko‗p pog‗onali tasnif tarxi; bo‗lim-qism-kichik qism-
sinf-kichik sinf-guruh-tur-kichik tur-toifa-kichik toifa-xil-variant ko‗rinishida
bo‗lib, yer yuzasidagi barcha landshaftlarni ma‘lum bir tartib bilan o‗rganishga
yaxshi ilmiy asos bo‗la oladi.
Quyida biz V.A.Nikolayev tavsiya etgan ana shu landshaftlar tasnifidagi
birliklarni izohi bilan chegaralanamiz. Chunki bu izohlar boshqa tasnif tarxlaridagi
birliklar izohiga ko‗p jihatdan mos keladi.
Shunday qilib, landshaftlar tasnifida ishlatiladigan eng yirik birlik landshaftlar
bo‗limi hisoblanadi. Bo‗lim darajasiga kiruvchi landshaftlar asosan Yerning
geografik qobiqni tashkil qiluvchi turli geosferalarning bir-biri bilan tutashib
turishi va o‗zaro ta‘sir turiga qarab aniqlanadi. Bu haqda taniqli tabiiy geograf
F.N.Milkov (1970) "Landshaftlar bo‗limi landshaftshunoslikdagi eng yuksak
tipologik birlikdir" degan fikrni bildiradi. Bu birlik F.N. Mil‘kov aytganidek
litosfera, atmosfera, gidrosferalarning o‗zaro ta‘sir xususiyatiga va shunga bog‗liq
holda o‗zaro modda va energiya almashinish shakli hamda jadalligi o‗xshash
bo‗lgan landshaftlarni birlashtiradi. Landshaftlar bo‗limiga misol sifatida quruqlik
landshaftlari, suv landshaftlari, suv osti landshaftlarini kiritish mumkin. Quyida biz
faqat quruqlik landshaftlariga tegishli bo‗lgan masalalar haqidagina so‗z yuritamiz.
Landshaftlar bo‗limi ichida dastavval landshaftlar qismini ajratamiz.
Landshaftlar qismi birligi landshaftlarning eng asosiy energetika bazasi bo‗lmish
namlik va issiqlik balansidagi farqlar va o‗xshashliklarga qarab birlashtirishga
imkoniyat beradi. Bunday o‗xshashlik yoki farqlar joylarning makroiqlimiy
xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlar bilan o‗z navbatida joyning
gidrologik rejimi, xukumron bo‗lgan o‗simlik turi va biologik modda aylanish turi
kabilar chambarchas bog‗liqdir. Bu yerda gap ko‗proq iqlim mintaqalari haqida
borayapti, ya‘ni bitta iqlim mintaqasida rivojlangan landshaftlarning hammasi xox
u tog‗ landshafti, xox tekislik landshaftlari bo‗lsin bitta qismga taalluqli
hisoblanadi. Masalan, Qara dengizi bo‗ylaridan Turkmanistonning janubigacha
bo‗lgan makonda: arktik, subarktik, boreal, subboreal, subtropik landshaftlar
qismini ajratish mumkin.
Bizga ma‘lumki, yuqorida sanab o‗tilgan mintaqalar tabiati g‗arbdan sharqqa
tomon, ya‘ni Atlantika okeanidan uzoqlashgan sari, kontinentallik ortib borgan sari
o‗zgarib boradi. Shuni e‘tiborga olsak, landshaftlar qismi o‗z navbatida
landshaftlarning kichik qismiga bo‗linib ketishi mumkinligini ko‗ramiz.
Landshaftlar tasnifidagi navbatdagi birlik-landshaftlar sinfdir. Bu birlik
yuqorida
misol
keltirilgan
barcha
tasnif
tarxlarida
(N.A.Gvozdeskiy,
49
A.G.Isachenko) ishtirok etadi. Bu tasniflash tajribalarining deyarli hammasida ham
sinflarni aniqlashda birgina xususiyat, ya‘ni landshaftlarning morfotektonik
xususiyati asos qilib olinadi va asosan ikkita landshaftlar sinfi ajratiladi: tog‗lar
landshaftlari sinfi va tekisliklar landshaftlari sinfi. Bu ikki sinf orasidagi eng asosiy
farq ularda tabiiy zonalarning ikki xil ko‗rinishda(tekislikda kengliklar bo‗ylab,
tog‗larda esa pastdan yuqoriga) bo‗lishidir.
Tog‗ landshaftlarining ham, tekislik landshaftlarining ham tabaqalanishida
yana bir gipsometrik omil, ya‘ni landshaftlarning pog‗onalar hosil qilib joylashish
xususiyati borligini e‘tiborga olsak, unda landshaft sinflarining ichida landshaft
kichik sinflarini ajratish mumkin bo‗ladi. Masalan, tekislik landshaftlari pastqam,
past va baland tekislik landshaftlari kichik sinflariga, tog‗ landshaftlari esa past
tog‗lar, o‗rtacha balandlikdagi tog‗lar, baland tog‗lar landshaftlari kichik sinflariga
bo‗linib ketadi.
Navbatdagi tasnif birligi-landshaftlar guruhidir. Bu birlikni aniqlab olishda
asosiy belgi sifatida landshaftlarning suv va geokimyoviy tartibi, ya‘ni
landshaftlarning atmosfera yog‗inlari hisobiga, grunt suvlari hisobiga yoki yana bir
boshqa suvlar hisobiga namlanish nisbati asos qilinib olinadi. Ana shu belgilarga
qarab tekislik landshaftlari ichida elyuvial, elyuvial-gidromorf (yarim gidromorf),
gidromorf landshaftlar guruhlarini ajratish mumkin.
Landshaftlar guruhi birligini ajratishning (ayniqsa tekislik landshaftlari
uchun) ahamiyati e‘tiborga loyiqdir. Buning sababi o‗tmishda va hozirgi vaqtda
landshaftlarning ichki tuzilishi hamda ularning rivojlanish yo‗nalishi qay tarzda
bo‗lganligi ko‗p jihatdan ularning suv-geokimyoviy tartibining o‗ziga xos
xususiyatlari bilan bog‗liqligidadir. Shuning uchun landshaftlar taraqqiyoti
kelajakda qanday bo‗lishini bashorat (prognoz) qilish uchun ham landshaftlar
guruhini aniqlab olish katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Landshaftlarning elyuvial, gidromorf yoki yarim gidromorf bo‗lishi ular
taraqqiyotining ma‘lum davrdagi holatini aks ettiradi. Namlanish harakteri
o‗zgarishi bilan landshaftlar bir holatdan ikkinchi holatga o‗tishi mumkin, ya‘ni bir
guruhga mansub landshaftlar ikkinchi guruhga o‗tib qolishi mumkin.
Landshaftlarning suv-geokimyoviy tartibini o‗rganishning ahamiyati katta bo‗lib,
unga dastavval B.B.Polinov (1956), A.I.Perelman (1975), M.A.Glazovskaya
(1964), keyinchalik V.A.Nikolayev (1973), A.A.Makunina va N.S.Selezneva
(1974) kabilar o‗z ilmiy izlanishlarida alohida e‘tibor berishgan. Yana bir narsa
haqida to‗xtalib o‗tmoq lozimki, ba‘zi bir tasnif tarxlarida landshaftlarning ana shu
xususiyatlariga e‘tibor berilgan-u, faqat birlikning nomi boshqacha, ya‘ni guruh
emas, balki qator deb atalgan.
Landshaftlar guruhi o‗z navbatida landshaft turlariga bo‗linib ketadi. Bu tasnif
birligi deyarli barcha tasnif tarxlarida uchraydi. Uning izohi ham mazmun jihatidan
deyarli bir-biriga yaqin. Faqat A.G.Isachenko tuzgan tasnif tarxidagi tur birligi
o‗zining hajmi va mazmuni jihatidan V.A.Nikolayev tarxidagi landshaft qismlariga
mos keladi.
Landshaft turlarini aniqlashda tuproq va bioiqlim belgilariga asoslanishga
to‗g‗ri keladi. Jumladan tuproq turlari, o‗simlik formatsiyalari sinfi va x.k.
N.A.Gvozdeskiy, V.A.Nikolayevlarning tasnif tarxlarida landshaft turlari haqida
50
gap borganda asosan landshaftlarning zonal turlari nazarda tutiladi. Masalan,
tundra landshaftlari bir turga kirsa, dasht landshaftlari boshqa turga, cho‗l
landshaftlari esa yana bir boshqa turga kiradi.
Landshaftlarning bunday zonal turlarga bo‗linib ketishi asosan elyuvial
landshaftlar guruhiga xosdir. Lekin tabiatda ob‘ektiv mavjud bo‗lgan botqoqlik
landshaftlari, o‗tloq landshaftlar, sho‗rxok landshaftlar kabi boshqa guruhga
kiruvchi intrazonal landshaftlarni alohida tur sifatida ajratish lozim bo‗ladi.
Bunday bo‗lishi mumkinligini N.A.Gvozdeskiy (1961), M.A.Glazovskaya (1964),
F.N. Milkov (1967) lar ham e‘tirof etadilar.
Landshaftlar tasnifinig keyingi birligi kichik tur bo‗lib, kichik zonalarga xos
belgilarga asoslanib aniqlanadi. Masalan, (O‗rta Osiyo) tekisliklaridagi cho‗l
landshaftlari ikkita kichik turga, ya‘ni shimoliy cho‗l landshaftlari va janubiy cho‗l
landshaftlariga bo‗linib ketadi.
Landshaft turlari yoki kichik turlari o‗z navbatida landshaft toifalariga
bo‗linadi. Qaysi landshaft qaysi toifaga mansub ekanligini aniqlashda ayrim
landshaftshunoslar (N.A.Gvozdeskiy, V.A.Nikolayev) geomorfologik belgilarga
asoslanishsa, ayrimlari (Yurenkov 1982) esa ma‘lum landshaft turlari ichidagi
provinsial xususiyatlarga ko‗proq e‘tibor berishadi. Geomorfologik omil asos qilib
olingan sharoitda esa e‘tiborni ko‗proq relefning genetik turlarini o‗rganishga
qaratish kerak bo‗ladi.
Landshaft toifalari ichida kichik toifa birligini ajratishga to‗g‗ri kelib qolgan
hollarda asosiy belgi sifatida landshaft tashkil qiluvchi jinslarning litologik
tuzilishiga ko‗proq e‘tiborga beriladi.
Eng kichik tasnif birligi landshaft xillaridir. Bu birlik genezisi va ichki
tuzilishi bir xil bo‗lgan idividual landshaftlarning majmuini aks ettiruvchi
birlikdir. Landshaft xillarining bir-biridan farqlantiruvchi asosiy belgisi
landshaftdagi xukmron urochishelarning o‗xshashligidir. A.G.Isachenko (1991)
ham landshaft xillarini aniqlashda landshaftlarning morfologik tuzilishi eng asosiy
belgi ekanligini e‘tirof etadi.
Bitta xilga mansub bo‗lgan landshaftlarni albatta aynan yoki har tamonlama
bir-biriga o‗xshash deb bo‗lmaydi. Ko‗pincha bir xilga mansub landshaftlarda
xukmron urochishelar umumiyligi bo‗lgan taqdirda ham xukmron bo‗lmagan
urochishelar va fatsiyalar tarkibi yoki egallagan maydoni jihatidan turlicha bo‗lishi
mumkin. Ana shunday hollarda landshaft xillari ichida yana bir tasnif birligi
landshaftlarning kichik xili yoki morfologik variantini ajratishga to‗g‗ri keladi.
Keyinchalik V.A.Nikolayev (1999) kichik qism va birliklari oralig‗ida yana bir
tasnif birligini, ya‘ni landshaftlar oilasini ajratishni lozim topdi. Bir qism yoki
kichik qismga taaluqli landshaftlar turlm tabiiy geografik o‗lkalarda uchrashi
mumkinligini inobatga olgan muallif muayyan tabiiy geografik o‗lkaga oid bo‗lgan
landshaftlarning kichik qismlarini bir oilaga birlashtirish maqsadga muvofiq
bo‗ladi deb hisoblaydi. Bunda landshaftlarning regional xususiyatlari ham
e‘tiborga olingan bo‗lar ekan.
Shunday qilib, V.A.Nikolayev ishlab chiqqan tasnif jadvali ko‗p pog‗onali
bo‗lib, har bir pog‗onani aniqlashda asos bo‗la oladigan ko‗plab tasnif belgilari
keltirilgan. Ushbu tasnif jadvaliga asoslanib Qarshi dashti (I.Hasanov), Janubiy
51
Orolbo‗yi (A.Rafiqov, I.Hasanov), Turon tekisliklari (N.A.Kogay, Sh.S.Zokirov),
Amudaryo va Sirdaryo oralig‗i (Sh.S.Zokirov) landshaftlarini o‗rganish yaxshi
natijalar berdi. Quyida biz misol tariqasida ikki daryo oralig‗i landshaftlari
tasnifini keltiramiz.
Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida joylashgan yerlar tabiiy sharoiti jihatidan
o‗ziga xosdir. Bu yerlarda biz qumliklarni, hozirgi va qadimgi allyuvial-delta
tekisliklarini, Sharqiy Orolbo‗yidagi hozirgi dengiz ostidan chiqqan tekisliklarni,
Markaziy Qizilqum past tog‗lari va ularga tutashib ketgan prolyuvial tekisliklarni
uchratamiz. Ularning har biri o‗ziga xos tabiatga ega bo‗lib, kelib chiqishi, yoshi
turlichadir va turli ekzogen jarayonlar hamda ular bilan bog‗liq bo‗lgan turli rel‘ef
bilan ta‘riflanadi. Bu o‗z navbatida bu yerlarda turli landshaftlarning
shakllanishiga olib kelgan.
Bu hudud tabiatiga xos bo‗lgan eng asosiy xususiyat hududning shimoldan
janubga ancha masofaga cho‗zilganligi va tabiiy sharoitning kengliklar bo‗ylab
zonalar hosil qilishidir. Bu yerda ikki iqlim zonasini, ya‘ni mo‗‘tadil va subtropik
zonalarni ajratish mumkin. Ular orasidagi chegara janubi-g‗arbdan shimoli-sharqqa
tomon tahminan Janadaryo quruq o‗zani yo‗nalishida o‗tib, ikkita landshaft
Dostları ilə paylaş: |