qismini ajratib olishni taqozo etadi. Chegaradan shimolda qurg‗oqchil hududlar
subboreal landshaftlar qismi va janubda juda qurg‗oqchil hududlar subtropik
landshaftlar qismi joylashgandir. Ikkala landshaftlar qismidagi asosiy iqlimiy
farqlar L.N.Babushkin (1964) tomonidan yetarli darajada izohlab berilgan.
Bundagi eng asosiy farqlar atmosfera sirkulyatsiyasida, yog‗in-sochinning fasllar
bo‗ylab turlicha nisbatda tushishida va termik resurslarning turlicha
taqsimlanishidadir.
Janubdagi landshaftlar qismi ikkita landshaft sinfiga bo‗linadi, ya‘ni tekislik
landshaftlari va tog‗ landshaftlari sinfiga. Maydon jihatidan tekislik landshaftlari
xukumrondir. Tog‗ landshaftlari esa kenglik zonasi ichida orol tariqasida uchraydi.
Tekislik landshaftlari o‗z navbatida akkumulyativ tekislik landshaftlari,
denudatsion baland tekislik landshaftlari kabi kichik sinflarga bo‗linadi.
Keyingi tasnif birligi - landshaft guruhi landshaftlarning namlanish
xususiyatiga qarab, yer osti suvlarining harakatchanligiga va harakatchan kimyoviy
unsurlarning chiqib ketishi yoki to‗yinishi ustunligiga qarab (avtomorf
landshaftlar, yarimgidromorf landshaftlar va gidromorf landshaftlar guruhlari)
ajratilgan. Landshaftlarning bunday xususiyatlarini aniqlab olish qurg‗oqchil va
juda qurg‗oqchil hududlarda landshaftlar rivojlanishining umumiy yo‗nalishlarini
bilib olish uchun juda muximdir. Landshaftning avtomorf yoki gidromorf bo‗lishi
uning ma‘lum vaqt davomidagi holatini aks ettiradi va landshaft taraqqiyotini
bashorat qilishda ahamiyatlidir.
Avtomorf landshaftlar boshqa guruh landshaftlariga nisbatan ko‗proq
tarqalgan bo‗lib, ular o‗z navbatida landshaft turlariga bo‗linadi. Bular shimoliy
cho‗llar landshaftlari va janubiy cho‗llar landshaftlaridir. Bu turlar orasidagi
chegara biz yuqorida aytib o‗tgan landshaft qismlari orasidagi chegaraga mos
keladi. Landshaft turlarini aniqlashda asosan tuproq va bioiqlimiy xususiyatlarga
ko‗proq e‘tibor beriladi. Turlar orasidagi iqlimiy farqlar nurash va tuproq hosil
bo‗lish jarayonida, asosiy o‗simlik turlarining shakillanishida, ularning tarkibi,
52
o‗zgarishi va xatto hosildorligida ham o‗z aksini topgan. Gidromorf landshaftlarda
esa qo‗shimcha grunt suvlari hisobiga to‗yinish holati yuz berganligi uchun zonal
farqlar anchagina o‗z izini yo‗qotgan va ular botqoq landshaftlari, o‗tloq
landshaftlar, sho‗rxok landshaftlar, to‗qay landshaftlari va voxa landshaftlari
ko‗rinishida alohida turlarni hosil qiladi.
Landshaftlar toifasi landshaft turlari ichida aniqlanib, asosan geologik-
geomorfologik shart-sharoitlarga qarab, ya‘ni landshaftni hosil qiluvchi relefning
genetik turiga va geologik tuzilishiga asoslanib ajratiladi. Masalan, ushbu hududda
allyuvial tekisliklar landshaftlari, dengiz tekisliklari landshaftlari, prolyuvial
tekisliklar landshaftlari va h.k.
Landshaft toifalari o‗z navbatida landshaft xillariga bo‗linadi. Ular individual
landshaftlarning tipologik umumiyligi asosida aniqlanadi. Landshaft xillariga
misol tariqasida qumli cho‗l tuproqli oq saksovulzor landshafti, qumli cho‗l
tuproqli efemerlar aralashgan psammofit butazorlar landshaftini aytib o‗tsa bo‗ladi.
Biz qisqacha ta‘riflab ko‗rmoqchi bo‗lgan landshaftlar tasnifi (O‗rta Osiyo),
jumladan O‗zbekiston Respublikasi landshaftlar haritasini tuzishda aniq va puxta
asos bo‗lib xizmat qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |