O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta


MAVZU: BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/9
tarix17.01.2020
ölçüsü0,76 Mb.
#30205
1   2   3   4   5   6   7   8   9
biosfrea-converted

MAVZU: BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT


TOSHKENT – 2016

MAVZU: BIOSFERA HAQIDA TA’LIMOT

REJA:

KIRISH


  1. BOB. BIOSFERA VA UNING XUSUSIYATLARI




    1. Biosfera haqida tushuncha.

    2. Vernadskiy ta’limotining mazmun-mohiyati.

    3. Biosferadagi energiya va moddalarning aylanishi.

    4. Biosferaning biotik va abiotik qismlari tarkibi.



  1. BOB. BIOSFERA QATLAMLARI VA ULARNING TAVSIFI





    1. Atmosfera haqida tushuncha.

    2. Litosfera va uning tarkibi.

    3. Gidrosfera va uning xususiyatlari.

    4. Noosfera – aql sferasi.



  1. BOB. BIOSFERA VA INSONIYAT





    1. Insoniyatning biosferaga ta’siri.

    2. Biosferani asrashga qaratilgan chora-tadbirlar.



XULOSA



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH

Insoniyat XX asrga kelib atrof-muhitga shuday zarar keltirdiki, natijada insoniyat o’z faoliyati qurboniga aylandi: tabiat insoniyatdan o’ch ola boshladi. XX asrning oxiriga kelib atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari dolzarb muammo bo’lib qoldi. Hozirda yashayotgan insonlar ekologik inqiroz davri avlodi hisoblanadi. XXI asr esa sayoramizning ekologik taqdiri uzil-kesil hal bo’ladigan asr ekanligi shubhasizdir. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ko’p jihatdan aholining ekologik savodxonlik darajasi va ekologik madaniyatiga bog’liqdir. Tabiatni muhofaza qilishning tashkiliy va huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasida ham o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 50-,54-,55- va 100-moddalarida fuqarolarning ushbu sohadagi huquq va majburiyatlari, atrof-muhitga munosabat va boshqaruv tizimi bog’inlarining faoliyati ifodalangan.

Ekologik savodxonlikka erishish faqatgina uzluksiz ekologik ta’lim va tarbiya tizimini vujudga keltirish va uni rivojlantirish orqaligina muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Ayniqsa, tabiatni muhofaza qilish xususida so’z yuritilar ekan, biosfera va unga oid ta’limotga to’xtalmay o’tib bo’lmaydi. Sababi tabiatni muhofaza qilish biosfera bilan chambarchas holda amalga oshirilishi barchaga ayon. Bu borada birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning quyidagi so’zlari o’rinlidir: “Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o’zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas ekologik falokatlarga olib keladi”.

Demak, ekologiyani, shu jumladan, biosferani muhofaza qilish – inson o’z- o’zini sug’urta qilishi bilan barobar masaladir. Shu sabab har bir inson ekologiya sohasi rivojiga ma’lum ma’noda hissa qo’shmog’i darkordir.



    1. Yüklə 0,76 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin