O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta


Biosferadagi energiya va moddalarning aylanishi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə4/9
tarix17.01.2020
ölçüsü0,76 Mb.
#30205
1   2   3   4   5   6   7   8   9
biosfrea-converted

Biosferadagi energiya va moddalarning aylanishi



Ko’pchilik organizmlar o’z tanasida ma’lum elementlarni to’plash xususiyatiga ega. Masalan, suv o’tlar tanasidagi magniyning 10%, korinoyolilarning chig’anog’ida fosforning 20%, oltingugurt bakteriyalari tanasida oltingugurtning 10%i to’planishi mumkin. Organizmlar tanasida kaliy, natriy, alyuminiy va boshqa elementlar ham to’planadi. Bunday organizmlar o’lgandan keyin shu elementlar to’plangan qatlamlar

hosil bo’ladi. Shunday qilib, tirik organizmlar moddalarning biosferada aylanishida muhim rol o’ynaydi.

Moddalarning biogen aylanishi bilan birga biosferada suvning ham aylanishi kuzatiladi. Bu jarayon quyosh energiyasi hisobiga amalga oshadi. Quyosh energiyasi havo massasining harakatini ham amalga oshiradi. Planetadagi bu jarayonlar bir butun modda aylanishini ta’minlaydi. Bu jarayon maydaroq, mahalliy modda aylanishlari orqali amalga oshadi. Har qanday kichik biologik aylanishda atomlar ko’p marta tirik organizmlar tarkibiga tushishi va chiqishi mumkin. Moddalarning tirik organizmlar orqali o’tish tezligi turli ekosistemalarda turlicha bo’ladi. Biologik aylanish quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:



      • Biologik aylanish hajmi – olingan ekosistemadagi tirik organizmlar tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori.

      • Biologik aylanish tezligi – vaqt birligi ichida sintezlanadigan va parchalanadigan tirik modda miqdori.

      • Har xil elementlarning katta va kichik aylanishlardan o’tish tezligi turlicha bo’ladi. Masalan, atmosferadagi barcha kislorod tirik organizmlar orqali ikki ming yilda, barcha SO2 - uch yuz yilda o’tadi. Mahalliy aylanishlar tezroq o’tadi.

Biosfera juda katta ekosistema bo’lib, uning ishlashi undagi jarayonlarning o’zaro boshqarilishiga asoslangan. Biosferaning barqarorligi tirik organizmlarning yuqori xilma - xilligiga asoslangan. Tirik organizmlar quyosh energiyasining o’zlashtirishi va atomlarning biogen migratsiyasini ma’lum tezlikda ushlab turib biosfera barqarorligini ta’minlaydi. Lekin biosfera barqarorligining ma’lum chegaralari bor va boshqarilish imkoniyatlarining buzilishi muhim salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda yer yuzida ahamiyati jihatidan tirik organizmlar yig’indisidan qolishmaydigan kuch paydo bo’ldi. Bu kuch inson va uning texnikasidir. Inson nafaqat biosfera energetik resurslarning katta qismidan balki

energiyaning biosferadan o’zga manbaidan (masalan, atom energiyasidan) foydalanmoqda, natijada geoximik jarayonlar tezlashmoqda.
Dastlabki paytlarda «biosfera» atamasi orqali planetamizda yashovchi tirik organizmlarning o'zaro bog'liqligi va yashashi tushunilgan, ayrim vaqtlardagina ularning geografik, geologik va kosmik jarayonlar bilan bog'liqligi haqida fikr yuritilgan. Keyinchalik biz yashab turgan tirik tabiatning tabiatdagi anorganik moddalar va ularning ta'sir kuchiga bog'liq ekanligi olimlar tomonidan tan olindi. Hatto «biosfera» atamasining asoschisi E.Zyuss ushbu atama muomalaga kiritilganidan 30 yil o'tgach, yozilgan «Yerning yuzi» nomi kitobida (1909 y.) biosferaning qayta ta'sir kuchini sezmagan, uni ma'lum vaqtda, ma'lum sharoitda Yerdagi hayot kechiradigan organizmlarning birligi deb izohlagan. Yer va uni o'rab turgan tashqi muhit quyosh tizimining bir qonuniyat asosida rivojlanishi mahsuli hisoblanadi. Bundan 4,7 mlrd. yillar burun quyosh tizimida gaz moddalaridan Yer planetasi hosil bo'ldi. Yer o'zining rivojlanishi va hayotiy jarayonlari uchun quyoshdan elektromagnit nurlari ko'rinishida energiya olib turadi. Quyoshning harorati yerdagi iqlimni hosil qiladi va barcha geologik jarayonlarning borishi uchun asos bo'lib qoladi. Yerning tubidan juda katta miqdorda harorat chiqadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Yerning massasi 6*1021 t, hajmi 1,083*1012 km3, yuza qismi 510,2 min km2. Planetamizning hajmi nisbatan kichik bo'lib, undagi tabiiy resurslar miqdori cheklangan. Planetamizning tuzilishi bir xil emas, u ichki va tashqi qobiqlar bilan o'ralgan, ichki qobig'i geosfera bo'lib u ham o'z navbatida ikkiga yadro va mantiyaga bo'linadi, tashqi qobig'i esa litosfera, gidrosfera, atmosferadan tashkil topadi. Bularning hammasi yerning murakkab, birlashgan qobig'i – biosferani tashkil qiladi. Buyuk olim J.B.Lamark (1744-1829 yillarda) yer po'stining shakllanishi va rivojlanishida tirik organizmlarning o’rni juda katta ekanligini ko'rsatgan. Olimning ta'rificha, yer yuzasidagi va uning po'stlog'ini tashkil qiluvchi barcha narsalar tirik organizmlarning uzluksiz harakati tufayli hosil bo'lgan. Biosfera haqidagi ma'lumotlar botanika, tuproqshunoslik, o'simliklar geoegrafiyasi va boshqa biologik va geografik fanlarning rivoji bilan shakllanib bordi. Biosferani

tushunish va uni bilish ekologiya fani yuzaga kelishi bilan to'ldirildi, chunki ekologiya tirik organizmlarning tashqi muhit bilan bog'liqligini o'rganadigan fan hisoblanadi. Biosfera tabiatning aniq tizimi bo'lib, uning borligi, energiya va moddalar aylanishi tirik organizmlar ishtirokida kechishini ko'rsatadi.

Nemis fiziologi Pfefr (1845-1920 y.y.) biosferani tushunishning aniq yo'lini uch xil tirik avtotrof, geterotrof, miksotrof organizmlar bilan ko'rsatadi.

avtotrof - bu organizmlar tabiatdagi anorganik moddalami iste'mol qiladi;

geterotrof – bu organizmlar past molekulali organik birikmalarni iste'mol qilishga moslashgan;

miksotrof – bu organizmlar oziqlanishiga ko'ra, aralash (avtotrof va geterotroflar )dir.

Biosferaning rivojlanishiga qator olimlar K.A.Timiryazev, V.R.Vilyams, B.B.Polonov, N.I.Vavilov, V.N.Sukachev, A.LOparin, A.P.Vinogradov va ayniqsa, V.I.Vernadskiylar katta hissa qo'shgan.




    1. Yüklə 0,76 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin