O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’smirlik davrida rivojlanishni ta’minlovchi psixologik



Yüklə 58,08 Kb.
səhifə5/7
tarix21.03.2023
ölçüsü58,08 Kb.
#88964
1   2   3   4   5   6   7
Ergashev Abbos Kurs ishi

2.2 O’smirlik davrida rivojlanishni ta’minlovchi psixologik
omillar sharhi.
O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari xam mumkin. O‘smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi.
”Oltinchi sinf muammolari”ga bag‘ishlangan tadqiqot ishida shu Yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan: Oltinchi sinf o‘quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq qaysarlik qilishlari, 10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik ko‘rsatishlari, 7 marta ko‘proq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qilishlari, 9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor berishlari, 5 marta ko‘proq faqat o‘z xohish-istaklariga bo‘ysunishlari va nihoyat 42 marta ko‘proq o‘z xatti-xarakatlari motivlariga ega bo‘lmasliklari aniqlangan. ( Krakovskiy A.P. 1970 ) . Ushbu nazaryadan kelib chiqqan fikrga ko’ra o’smir davr psixologiyasini xulq-atvor xususiyatlarini fanlarga bog’liq holda yoritib berilishi bayon etilgan. Ushbu yo’nalish bo’yicha yana ko’p chetel olimlari o’z tadqiqotlarini amalga oshirganlar.
M.N.SHardakov sababiy bog’lanishning tutgan o’rni va uni o’stirish yo’llari to’g’risida mulohazalar yuritgan. M.N.SHardakov ushbu tadqiqotida tafakkurning o’sishini o’qitiladigan fan ta’siriga bog’liq ekanligini e’tirof etadi.
L.S.Vegotskiy o’smirlik davrida qiziqishlarning o’zgarishiga bog’liq ravishda ikki fazani (salbiy va ijobiy) ajratib ko’rsatgan.
Salbiy faza—ilgargi qiziqishlarning so’nishi va yangi dastlabki jinsiy qiziqishlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.Bunda quydagi salbiy xulq-atvor ko’rinishlari namoyon bo’ladi: ish qobilyatining, o’zlashtirishning pasayishi, o’smirning qo’polligi va yuqori qo’zg’aluvchanligi,uning o’zidan qoniqmasligi va havotirlanishi va h.k.
Ijobiy faza—keng , chuqur yangi qiziqishlarning patydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. O’smirda boshqalarning va o’zining psixologik kechirmalariga qiziqish paydo bo’ladi.
O’smirlik davrida inqiroz—o’smir kechirmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’i o’zgarishi buzilishidur. Bu borada L.S.Vegotiskiy 13-yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keying davr (14-15 yosh) ota-onalar va o’qituvchilar tomonidan sub’ektev yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakillanadi.
O’smirga o’zini baholashning shaxsi mezonlarini ishlab chiqishga, o’zini “ichdan” ko’rishga va o’z yutuqlarini baholashga, shaxsning kuchli tomonlariga suyanishga o’rgatmog’ lozim. O’smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o’z-o’zini anglash ro’y beradi. Kattalarning baxosiga taqlid qilish yo’qolib o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini ko’rsatish, o’z-o’zini tasdiqlatish va o’z-o’zini namoyon qilishga intilish kuchayadi.
O’zbekistonlik psixologlari ham o’smirlik davri xususiyatlar borasidagi tadqiqotlarini taqdim etganlar.
G.B. Shoumarovning shogirdi D.R.Rahmonovaning “O’smirlarda qo’rqinch determinatsiyasini xuxisiy holatlarining turli vaziyatlarda rivojlanishi” mavzusidagi ilmiy ishida mehribonlik uylarida, oilada va mehnat tuzatish koloniyalarida yashovchi o’smirlarda tadqiqot olib borgan bo’lib, psixik og’ishish chegaraviy zonasining uchta, ya’ni dezentigratsiyasiyalashgan, biologik va ijtimoiy tarkibiy qismlarini aniqlashga imkon beradigan qo’rqinch determinatsiyasi mexanizmlarini yoritib bergan va o’z ilmiy izlanishlariga tayanga holda shaxslar aro munosabatlar jarayonida emotsional zo’riqish tufayli yuzaga keladigan qo’rqinchning o’smirlar psixik holatiga jiddiy ta’sir ko’rsatishini ta’kidlab o’tgan. Uning fikricha, qo’rquv fenomenologiyasi uni tashkil etuvchi biologic, ijtimoiy va dezintegratsion komponenetlarga bog’liqdir.
D.r. Rahmonova tadqiqotining ijobiy tomonlari shundaki, u bu davr xususiyatlarini turli muhitda tarbiyalanayotgan o’smirlar misolida o’rganadi. Ya’ni ularning natijalarini o’zaror solishtirirsh orqali umumiy xulosa chiqaradi.
O’quvchining emotsional barqarorlik va uning shakllanish masalalariga e’tiborini qaratgan M.G. Davletshinning shogirdi G.A. Bogdalova emotsional barqarorlik xususiyatlari tarkibi, mexanizmlarini hamda uning o’smirlik yoshidayoq shakllanish imkoniyatlari va prinsplarini o’rgangan. Bogdalova tadqiqot natijalariga asoslanib, emotsional barqarorlikni quyidagi jarayonlarning natijasi sifatida ko’rsatadi:

  1. Xulq atvorda barcha emotsiyalarning e’tiborsiz namoyon etilishi

  2. Emotsiyalarning osonlik bilan silliqina bir holatdan ikkinchi holatga ko’chirilishi

  3. Kishining o’z xulq-atvoriga mustaqil baho berish.

O’smir shaxsi xususiyati, bu davrdagi o’ziga xos jihatlar va xulqiy buzilishlar bilan bog’liq muammolar G.K.Tulyaganova, N.G.Kamilova, E.I.Ganeeva, Z.F.Kamaletdinova ishlarida yoritilgan. G.K.Tulyaganova “ Tarbiyasi qiyin” o’smirlarning motivatsion ehtiyoj doirasidagi qiziqishlarining psixologik xususiyatlarini tadqiq etar ekan, uning ta’kidlashicha, tarbiyasi “qiyin” o’smirlar qiziqish sistemasi ko’p jihatdan ularni qurshagan “muhit” yetakchi ehtiyojiga, yosh xususiyatiga , muomila doirasiga bog’liqdir, mo’tadil o’smirlar tarbiyasi “qiyin” lardan farqli o’laroq o’z qiziqishlarini boshqarish imkoniyatiga egadir.
O‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturini o‘zlashtirish va boshqa ishlar bilan bog‘liq turli masalalarni echishda ko‘zga tashlanadigan o‘smirlarning intellektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari ham bunga harakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlariga mas’ullik kabi muammolar muhokamasida infantillik (Yosh bolalarga xos jismoniy va psixologik holat)ni kuzatish mumkin.
5-6 sinf o‘quvchilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa, 6 sinfdan boshlab, o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, Shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar.
7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi. 8-sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy xislatlarni yuqori baholashadi. O‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan holda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirishi mumkin.
Hozirgi biz e’tirof etib o’tgan o’zbek tadqiqotchilarining o’z ilmiy ish va farazlarini ko’rib chiqdik. Ushbu davr haqida boshqa chet el olimlari ham o’z ilmiy farazlarini berib o’tganlar.
O’smirlik davrida yana bir yirik tadqiqotchi nemis, faylasufi va psixologi E. Spranger 1924-yilda “O’smirlik psixologiyasi” kitobini nashr etdi. U hozrgi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Spranger o’smirlarning madaniy va psixologik kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Springerning so’zlariga ko’ra, o’smirlik bu madaniyatning o’sish davri. U aqliy rivojlanish bu individual psixikaning ma’lum bir davrining obyektiv va normative ruhiga kirib boorish deb yozgan. O’smirlik har doim “bo’ron va jabr- zulm” bo’ladimi yo’qligini muhokama qilar ekan, Spranger o’spirin rivojlanishining uch turini tasvirlab berdi:

Yüklə 58,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin