O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rtamaxsus ta’limvazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’smirlik davrida rivojlanish xususiyatlarining namoyon



Yüklə 58,08 Kb.
səhifə3/7
tarix21.03.2023
ölçüsü58,08 Kb.
#88964
1   2   3   4   5   6   7
Ergashev Abbos Kurs ishi

1.2.O’smirlik davrida rivojlanish xususiyatlarining namoyon
bo’lishi.


O‘smirlik davrida etakchi faoliyat - bu o‘qish, muloqot hamda mehnat faoliyatidir.
O‘smirlik davri muloqotining asosiy vazifasi - bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarini aniqlash va egallashdir.O‘smirlar muloqotining asosiy xususiyati shundan iboratki, u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi. O‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga egadir. O‘smirlar do‘stlik,o‘rtoqlik va o‘zaro yordamlashyni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar: ana shunday o‘zaro munosabatlar, o‘spirinlik yillarida ham davom eta beradi. Bunda o‘smirlar va ilk Yoshdagi o‘spirin o‘quvchilarniig xulq-atvorlariga do‘stlari ota-onalar va pedagoglarga nisbatan bir necha marta kuchlirok ta’sir etadilar. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, o‘smir bolaning etilmaganligi va tajrnbasizlngi uni tevarak-atrofdagi kimsalardan madad axtarishga majbur kiladi. O‘smir bolaga uning istaklarini tushunadngan va ularni amalga oshirishga yordam beradigai do‘st kerak. O‘smirning do‘stlari bilan muloqoti ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega.Tengdosh bolalar bilan prinsipial tenglik holatidagi munosabatlar muhitiga nisbatan o‘smirda alohida qiziqish bo‘ladi. Bu hol o‘smirda yuzaga keladigan shaxsiy kattalik hissining etik mazmuniga mos keladi. Kattalar bilan muloqotda bo‘lish tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqotning o‘rnini bosa olmaydi.
O‘smir uchun tengdoshlari bilan bo‘lgan muloqot u mustaqil harakat qiladigan o‘zining shaxsiy munosabatlari muhitiga ajraladi. U bunga haqqim bor, deb o‘ylaydi, o‘z huquqlarini himoya qiladi va aynan Shuning uchun ham o‘rtoqlari bilan bo‘lgan munosabatga kattalarning o‘rinsiz, qo‘pol aralashuvi o‘smirning xafagarchiligiga va noroziligiga olib keladi.
O‘smirda tengdoshlar bilan muloqot qilish va hamkorlikdagi faoliyatga intilish yaqqol namoyon bo‘ladi. Jamoa hayoti bilan yashash, yaqin o‘rtoqlar, do‘stga ega bo‘lish xohishi – do‘stlar tomonidan qabul qilingan, tan olingan, hurmat qilingan bo‘lishdek kuchli xohishdir. Bu o‘smirning muhim talabiga aylanib boradi.
O‘smir uchun eng yoqimsiz vaziyat – jamoa va o‘rtoqlarining noroziligi, muloqot qilishni istamaslik, eng og‘ir jazo esa – ochiq yoki nooshkor aloqa uzish, gaplashmaslikdir.
O‘smirlar do‘stlik kodeksining muhim me’yorlari – sha’nini hurmat qilish, tenglik, sodiqlik, do‘stga yordam, to‘g‘ri so‘zlik.
Do‘stlik me’yorlarini egallash bolaning o‘smirlikdagi muhim yutug‘idir.
Agarda u bunday do‘stni qarindoshlari vz pedagoglari orasidan topa olmasa, unday paytda u o‘z qizikishlari va intilishlarini ko‘llab-kuvvatlaydigan hamda undagi kamchiliklarni nimalar bilandir to‘ldira oladngan odamni begona katta kishilar yoki o‘z tengqurlari orasidan albatta topadi.
O‘z tengdoshlari bilan tenglik asosida qilingan munosabat asosida o‘smir alohida bir ijtimoiy munosabatlar maktabini o‘taydi. O‘zaro qiziqishlar, atrof dunyoni, bir-birlarini o‘zligini anglashlari va tushunishlari ular uchun juda qimmatlidir. O‘smirlar uchun uy vazifalari, uy ishlari bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga qaraganda tengdoshlari bilan muloqot qilish muhimrokdir. O‘z sirlarini bola endi ota-onasiga emas, balki tengdoshiga ko‘proq ishonadi. O‘z tengdoshlari bilan muloqot va munosabat jarayonida o‘z shaxsini erkinlik bilan to‘la namoyon eta oladi. Shaxsiy erkinlikni u katta bo‘lish xuquqi deb anglaydi. O‘smirning o‘z tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishi g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilgan tajribali o‘qituvchilar sinfda ham o‘quvchilarning ayrim kichik –kichik guruhlari orasida ijobiy ijtimoiy fikrni shakllantirishga katta e’tibor beradilar, o‘smirlarga ularning yaqin do‘stlari orqali ta’sir ko‘rsatishga harakat qiladilar. Ayrim o‘quvchilarning (ayniqsa o‘qishda o‘rqada qoladigan va “tarbiyasi qiyin” bo‘lgan o‘quvchilarning) sinf jamoasidagi shaxslararo munosabatlar tizimidan “tushib qolishlariga” yo‘l qo‘ymaydilar.
O‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti xarakteri ularning katta bo‘lganlik hissi asosida tuzilgan bo‘ladi. Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlarini cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari ham qattik qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qo‘llab-quvvatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. O‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo‘lishishga katta ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. O‘smir o‘ziga nisbatan Yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosabatiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyatda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi.O‘zini kattalardek his qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan munosabatini muayyan darajada o‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri ostida, mazkur shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil topadi.Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay muhit yaratish yo‘llarini faollik bilan izlaydi.Bu shunday muhit bo‘lmog‘i kerakki, undagi munosabatlar endi o‘smirning katta kishi, mustaqil odam bo‘lib qolganligini yaqqol namoyon bo‘lishini istaydi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligini aniqlab olish hamda ularga tayangan holda o‘smirning o‘ziga bo‘lgan ishonchini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash g‘oyat muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar kelib chiqishi muqarrar. O‘smir o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarning ko‘z o‘ngida o‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini bildirib, o‘z “men” ini anglatish maqsadida u yoki bu darajadagi o‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qo‘l urishga va shu orqali o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga o‘tkazishga harakat qilib ko‘rishga majbur bo‘ladi. Basharti, bola o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehtiyoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini ko‘rsatishi, o‘z kamchiliklarini oshirib ko‘rsatishi, qilish mumkin bo‘lmagan ishlarni atayin qilishi, ko‘proq o‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni qilishi mumkin.Ushbu Yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida muhim hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi bolaning sinf va maktab jamoasi oldidagi obro‘sini ko‘tarish yo‘llarini izlashi turli sohalardagi yutuqlarini ko‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonishiga zamin yaratadi.Bu bilan o‘smirda shakllanib kelayotgan “katta kishi” bo‘lib qolish tuyg‘usini hurmat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘smirning zarur munosabatlarini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi.
O‘smirda psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, serzarda bo‘lib qoladi. O‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar tajribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.
Xo‘sh, o‘smirlarning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni o‘smirning psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish, uning shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish mumkin.
Ota-onalarning o‘smirga shu erkinlikni bermasligi yoki o‘smirning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qarshi pozitsiyada bo‘ladilar. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, ana shu muloqot va munosabat asosida o‘smirlarda g‘urur hissi shakllana boshlaydi. Albatta, g‘urur me’yor va qoidalari kattalardan o‘rganiladi, lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlarning alohida nazoratida bo‘ladi.
O’smirlik davrida o’quvchilar analitik, sintetik faoliyatning yetarli darajada tarqqiy etmaganligi, fikr yuritish usullari bilan to’liq tanish emaslikalri uchrab turadi. Shuning uchun geometric masalani yechish usulini yoki isbotlash yo’lini ko’rsatib bera olmasa, u holda qiyinchiliklar tug’iladi.
Masalan A.Z.Redkonning tarixiy tushunchalarini o’zlashtirishga doir materiallarida ko’rsatilishicha, o’smirlar yaqqol tasavvur qilish mumkin bo’lgan tushunchalarni oson egallab oladilar. Masalan, “qo’l” tushunchasida eng avval qo’llarning majburiy mehnat qilish belgisini, “quldor” tushunchasida esa boyli belgisini osonlik bilan o’zlashtiradi. Biroq “quldorlik tuzimi”, “feodalizm” va boshqa yetarli darajada konkret bo’lmagan tushunchalar esa ular ongiga qiyinchiliklar bilan yetib boradi.
O’smirlarda juda ko’p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar intelektual rivojlanganligi, kattalarning ular bilan birga jiddiy muammolar bo’yicha fikirlashga undaydi. O’smirlarning o’zlari ham bunga harakat qiladilar.
10-15 yoshli bolalarning faoliyat motevlarida ham o’zgarishlar amalga oshadi. Ilk o’spirinlik davrida ko’pchilik o’smirlar o’zlariga salbiy shaxsiy xarakteristika beradilar. Katta bo’lgan sari o’smirning o’z-o’ziga bergan baxosi differensial xarakterda namoyon bo’la boshlaydi.
1917-yildan so’ng Rossiyada ta’lim usullariga yangi yondashuvlar ishlab chiqarishga harakat qilindi. 60-70 yillarda XX asr ta’lim usullarining mohiyatliligi xususida jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga keldi.Shunday qilib N.I.Boldrev, N.K.Gancharov tasnifida e’tiborni ishontirish, mashq qildirish, rag’batlantirish va jazolash usullariga qaratildi.
T.E.Konikova xulq-atvor va faoliyatda axloqiy tajribani shakillantirish, rag’batlantirish va jazolash usullarini ajratib ko’rsatdi.
L.Yu. Gorden bolalarni tashkil qilish uchun mantaj qildi ya’ni ularning optikasini, ishontirish va stimulyatsiya qilishdan iboratdir.
Ijobiy sifatlar, ehtiyoj va intilishlar har bir yoshda jumladan ma’lum darajada yo’ldan ozgan o’smirlarda ham bo’ladi, bular esa xulqi og’ishgan o’smirlar deb ataladi.
Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun o’z taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qialadi.
J.Pajening ta’kidlashicha, “ijtimoiy hayot 3 narsaning ta’siri”:

  • til

  • mazmun

  • qoidalar asosida shakillantiriladi.

Bu borada o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
Ko’pgina olimlar o’z farazlari bilan o’smirlik hayotiga doir bo’lgan muhim munosabatlarni, muammolarni esa salbiy va ijobiy tomondan hal etish , bunga esa o’smirga yordam beruvchi omillar: oila, do’stlar davrasi, ta’lim muassasasi, ta’lim beruvchilar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o’smirning tarbiyaviy jihatdan shakillanishiga yordam beradilar.
15-16 yoshdagi bolaning rivojlanishi faqat anatomik jihatdan emas balki, fiziologik jihatdan ham rivojlanishga bog’liq ekanligidir, ya’nikim inqirozning eng katta bosqichi aynan fizologiyasiga bog’liq holda kichadi. Bu esa xulq-atvorda yaqqol nomoyon bo’ladi. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkunki, rivojlanish murakkab psixik jarayonlarni, tafakkuriga bog’liq holda imkoniyat darajasida kerakli miqdorda rivojlanishi bilan belgilanadi.
L.I.Bojovich mulohazasiga binoan, shaxsning shakillanishi ushbu darajalardan iborat:

  • chaqaloqlik (tug’ilgandan 1 yoshgacha)

  • motivatsion tasavvur (1-3 yoshgacha)

  • “men” anglash davri(3-7 yoshgacha)

  • ijtimoiy jonzod ekanligini anglash davri (7-11 yoshgacha)

  • o’z-o’zini anglash davri(12-14 yoshgacha)

  • o’z o’rnini toppish davri(15-17 yoshgacha)

Shaxs o’zini-o’zi baholash u hammaning o’rtasida bildiradigan fikr ham, samimiy ravishda o’zi haqida nimani o’ylashi bilan ham belgilanmay, balkimuntazam ravishda o’ziga nisbatan qanday harakat ,hissiyotli bo’lsa, agar u zaifliklari namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlardan qochishga zo’r berib urinsa, uni ish qobilyatini yomonlashtiradigan darajagacha orzularga berilsa, uning o’ziga ishonmaslik xususida xulosa chiqarish mumkin. Va, aksincha, hatto inson juda kamtar bo’lib tuyulsa-da, o’ziga o’zi yuqori baho berishi to’g’risida hukm chiqarish imkonini beradigan me’zonlar ham mavjud bo’lsa, u atrofdagilarni hgaqoratlamay, o’z nuqtai nazariga amal qiladi; agar boshqalar u bilan rozi bo’lmasalar unchalik xafsalari pir bo’lmaydi; u muvaffavquyatsizlikga uchraganda o’zini-o’zi oqlamaydi va umidsizlikga uchramaydi. U boshqa odamlarga hurmat bilan munosabatda bo’ladi va boshqalardan o’ziga nisbatan salbiy fikrnini kutib o’tirmasdan va maqtovlarni rad etmay , qo’lidan kelguncha boshqalarga yordam berishga intiladilar.
O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining extiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag‘ishlasa, bunday xollarda uning ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqga, undan keyin extiros yoki odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, bezorilikka va boshqa axloqsiz hatti-harakatlarga xam o‘rganib kolishlari mumkin.
O‘smirlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta ehtiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir Yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatishi, tarbiya berishi uchun eng qulay sharoit - bu umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Agar kichik Yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rollaridan qoniqsalar, o‘smirlar, ayniqsa katta o‘smirlar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar. Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni to‘la tushungan holda va aql bilan rahbarlik qilsalar, bunga o‘smirlar ijobiy qaraydilar, lekin bu rahbarlik kattaning xohish-istagi ustunligida kechsa, unday holda ular to‘la qarshilik ko‘rsatadilar. Bu qarshilik ko‘pincha salbiy natijalarga, ba’zan depressiya holatini ham yuzaga keltirishi mumkin. Bu holat ko‘pincha ota-onasi avtoritar munosabatda bo‘luvchi o‘smirlarning oilalarida uchraydi. Bunday oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlar hayotda mustaqil holda harakat qilishlari, o‘z rejalarini amalga oshirishlari, qiyin mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari birmuncha qiyin kechadi.
Ular ko‘pincha intellektual xarakterdagi muammolarni ham qiyinchilik bilan engadilar. O‘smirlik davrida bolalarning atrofdagi odamlar bilan shaxsiy va ish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlaridagi mavqei o‘zgaradi. Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal rivojlana boshlaydi. O‘qish o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ularga mashg‘ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. Bilim o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materialining hajmi katta bo‘lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan o‘zlashtirishi qiyin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari rivojlanadi, lekin bu rivojlanish bolaning o‘ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. SHu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada bo‘ladi. O‘smirlik davrida o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi. O‘yin faoliyati asta-sekin kamayib, yangi faoliyatlar yuzaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O‘smirlik davrida o‘z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va o‘zini-o‘zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so‘z bilan aytganda, o‘smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi.
Ijobiy sifatlar, ehtiyojlar va intilishlar har bir Yoshda, jumladan, ma’lum darajada yo‘ldan ozgan o‘smirda ham bo‘ladi. O‘smirlar hamma narsani bilishga qiziqadilar. Ko‘pchilik o‘smirlar boshqalardan yomonroq bo‘lishni xohlamaydilar va o‘z muhitida ko‘zga tashlanib turishga hamda boshqalardan nimalar bilandir farq qilishga intiladilar. O‘smirlarning hammasi g‘ayratli va faoldirlar, biroq, o‘zlarining kuch-quvvatlarini qayoqqa yo‘naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar. Binobarin, ularni bevosi­ta natijalari bilan xursand qiladigan xilma-xil foydali va qiziqarli ishlar bilan band qilish kerak. O‘smirlar, garchi hamma vaqt ham bunga tayyor emasliklariga qaramay, mustaqillikka iiti­ladilar. Ammo ko‘pincha mustaqil ish-harakatlar uchun ularning im­koniyatlari bo‘lmaydi. Demak, ularni mustaqil faoliyatga yaxshiroq tayyorlash va ularga mustaqil ishlarni ishonib topshirish hamda muvaffaqiyatli bajarilishini hamma vositalar bilan ta’minlash kerak. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, o‘smirlar psixikasida ijobiy tomonlar etarli darajada mavjuddir. Bu ijo­biy tomonlardan foydalanib va ularni rivojlantirish, salbiy ishtiyoq, mayl, ishlar va xatti-harakatlarni yo‘qotish kerak.
Katta o‘smirlar asta sekinlik bilan bevosita ishlari va xatti- harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan ko‘ra boshlaydilar. Ularda o‘z-o‘zini tuta bilish, matonat paydo bo‘ladi, qarorlari birmuncha qat’iy bo‘la boshlaydi, iroda tarkib topadi. Ular o‘zlarining faoliyatlarida ishtiyoq va istaklardan ko‘ra ko‘prok sog‘lom fikrga asoslanadigan bo‘ladilar. Ularning ichki kechinmalari va xayajonlari endi irodaviy nazoratga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Lekin axloqiy va estetik hislarning taraqqiyoti tufayli ichki kechinmala­ri va hayajonlari yanada kuchliroq bo‘ladi. Kattalarga nisbatan qo‘pol munosabatning paydo bo‘lishi, noxush xulq-atvor alomatlari, o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar, uning tengdoshlari va turli jamoalardagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi munosabatlari sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-atvoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin





Yüklə 58,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin