Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bugungi kunda Respublikamizda ushbu muammoni psixologik moxiyatini V.Karimova, G’.Shoumarov, B.Umarov, N.Sog’inov, I.Haydarov kabi psixolog olimlar o’z ilmiy yo’nalishlarida o’rganib tadqiq etganliklarini kuzatdik. Ularning ishlari xal etilayotgan muammo nuqtai nazaridan katta ahamiyat kasb etadi. Chet el olimlaridan esa Z.Freyd, L.S.Vigotskiy D. Tibo G.Kelli, Dj.Klora, A.S.Kozlov., A.B.Lott, X.S.Salliven, A.F.Obuxovalar o’zlarining tadqiqot ishlarida muammoni yoritishgan.
Kurs ishining maqsadi: O’smirlik davrida rivojlanishga doir ilmiy manbaalarni to’plash.
Kurs ishining obyekti: O’smirlik davri yoshidagi bolalar.
Kurs ishining predmeti: O’smirlik davridagi bolalarning axloqiy tarbiyaviy yuksalish jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:
1.Muammoning o’rganilganligi darajasini aniqlash
2.Mavzuga oid psixologik adabiyotlarni tahlil qilish.
3.O’smirlik Yoshi davrining hissiy zo’riqishlarini yuzaga keltiruvchi induvudial ta’sirlanish va tashqi ta’sirlarni bartaraf etish yo’llarini aniqlash.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Olingan ma`lumotlar va xulosalar hozirgi zamon pedagogika va psixologiya fanlaridagi mavjud bo`lgan maktabgacha va kichik maktab yoshi bolalar tarbiyasiga oid tadqiqotlar haqidagi tushuncha va nazariyalarni yanada to`liqtiradi va chuqurlashtiradi.
Kurs ishining tarkibi va xajmi. Kurs ishi: kirish bo`limi ikkita bobdan, yakuniy bo`limi, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Ko`lami 39 bet.
I BOB. O’smirlik davri psixologiyasi
1.1 O’smirlik davri psixologiyasini o’rganish predmeti sifatida.
Hozirgi davrda o’smirlarni voyaga yetkazishning o’ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, xatti-harakat motivlarning ifodalanishi va vujudga kelishining murakkab mexanizmlari mavjud.
Insonning ruhiy dunyosini tubdan qayta qurish, shaxsni shakllantirishni insonparvarlashtirish harakati boshlanga hozirgi kunda o’smirlar taqdiri masalasi ham g’oya jiddiy tus oldi. O’smirlik davri taqlidchanligi muqim nuqatai nazarning shakllanmaganligi , hissiyotliligi, mardligi, tantiligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi ta’sirlarga beriluvchan o’g’il qizlarga alohida e’tibor berish zarur. O’smirlar psixologiyasi bola psixkasining tarqqiyoti hamda shaxsiy xususiyatlarining yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni ham o’rganadi.
O’smirlik—bolalikdan kattalikga o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’smirlik 10-11 yoshlardan, 14-15-yoshlargacha bo’lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlarga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikga ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni oldinroq namoyon bo’lmoqda. Aksariyat o’quvchilarda o’smirlik yoshiga o’tish asosan 5-sinflardan boshlanadi. ,, Endi o’smir bola ham emas, biroq katta ham emas”- ayni shu davr o’smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.
Aynan shu bosqichda o’smirlarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikga intilishi ortadi,xarakteri shakillanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O’smirlik balog’atga yetish davri bo’lib yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga ta’luqli chigal masalalarning paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bu yoshda o’smir rivojida keskin o’zgarishlar ro’y bera boshlaydi. Bu o’zgarishlar fiziologik va psixologik o’zgarishlardir. O’smirlar o’zlarini kattalarday tiutishga harakat qiladilar. Ular o’zlarining layoqat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o’rtoqlari va o’qituvchilariga ko’rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo’li bilan ham osongina ko’rish mumkin. O’smirlik yoshiga xos bo’lgan psixologik xususiyatrlarni o’rgana turib, o’smirlar shaxsini shakillanib, rivojlanib kamolga erishish yo’llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. O’smirda shaxsiy nuqatai nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning, o’qituvchining qayg’urishi, koyishiga qaramay, o’zining fikrini o’tkazishga harakat qiladi.
O’smirlik psixik o’sishini harakatga keltiradigan kuch uning faoliyatrini vujudga keltirgan ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi qarama- qarshiliklar tizimining namoyon bo’lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotini ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o’smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarini tarkib topdirish bilan asta-sekin yo’qotish mumkin. O’smirlik davri insoniy kamoloti yuqoriroq bosqichga ko’tarilishi bilan yakunlanadi. Venalik psixolig Z. Fred va uning shogirdlari o’smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydur ilk mayil nishonasi sifatida vujudga keladigan o’z mavqeyini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik paydo bo’lishiga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikga hatto nizolarga olib keladi, ongsizlik ehtiyojlari va mayillari shaxsning faoliyatini belgilaydi.
Bu davrda o’smirlar o’z shaxslari haqidagi fikrlarga ko’proq qiziqishadi ya’ni, o’zlarini bilishga, maqsadli rivojlanishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. Ushbu davrdagi bolalarda ichki erkinlikning o’sishi o’z-o’zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o’zgarishlar ro’y beradi.
Ko’pchilik o’smirlar bu davrda boshqalardan yomonroq bo’lishni xoxlamaydilar va o’z muhitida ko’zga tashlanib hamda boshqalardan nimalarbilandur farq qiladilar. O’smirlarning hammasi g’ayratli va faoldir, biroq o’zlarining kuch-quvvatlarini qayoqqa yo’naltirishni hamma vaqt ham bilavermaydilar.Katta o’smirlar asta-sekinlik bilan bevosita ishlari va xatti-harakatlarining natijalarini hamda oqibatlarini oldindan ko’ra boshlaydilar. Ularda o’z-o’zini tuta bilish va matonat paydo bo’ladi.
O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. CHunki, bu Yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik Yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kerak» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.
O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, Shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, Shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq.
O‘smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir onda o‘tib ketadigan xohishlarning ko‘pligidan va kelib chiqadigan oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra bilishlikdan kelib chiqadi. Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va engillik bilan amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tarzidagi ishlardan boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni amalga oshirishga o‘smirlarning imkoniyatlari etmaydi. Bunga shaxs taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir qiladi. Agarda o‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. O‘smirlar, o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak narsani ko‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlarga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari ham mumkin. O‘quvchilarni o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tarbiyachilarning asosiy vazifasidir.
O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va har turli foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda, qiyinrok, lekin kuchlari etadigan ishlar bilan shug‘ullantirish nihoyatda muhimdir.
«O‘smirlik Yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitga etilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.
Kattalar o‘smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qimmatlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib, salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
O‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. O‘smirlarga farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilishlik kabi psixik xususiyatlar hali etishmaydi. Tengdoshlari, Shuningdek, sinfdoshlari guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. O‘smir o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda «biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. O‘smir Yoshdagi bola uchun do‘st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘stlik juda qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir do‘stlarning hol-ahvol so‘rashishi va ko‘rishishlarida (qo‘l berib, quchoq ochib ko‘rishish) birga o‘tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Ko‘pgana ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning shaxs bo‘lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
O‘smir Yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlarining kuchlari etmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda ko‘p jihatdan etarli bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir.O‘smirning o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi bo‘lib qolganligini ta’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu tuyg‘uni etarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. Bu o‘z navbatida kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va agressivlikni hamda ota-onalar bilan o‘qituvchilarning maslahat va talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham keltirib chiqaradi. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, Shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. O‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni majbur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smirlar hayotiga xos xususiyatlardir. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar.O‘smirda katta Yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta Yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.
O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta Yoshli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday bo‘lishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat «kerakligi» uchun shunday bo‘lishini istaydilar. Ana shunday «xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan oilada, maktabda, keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» fakat «kerak»ni bajarish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga o‘rgatilmagan bo‘lsa va «kerak» bo‘lgan narsani bajarishga odatlanmagan bo‘lsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqali tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. O‘smirning yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro munosabatlarning butun muhitiga oid bo‘ladi. O‘smir avval bajonidil bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirishganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, jazolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan hisoblashishmaganda u juda xafa bo‘ladi va norozilik bildiradi. O‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo bo‘ladi va u o‘zini kamsitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bo‘lmagan inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bo‘lgan munosabat haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini cheklaydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va insoniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va mustaqillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga erishishga harakat qiladi.
O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.
O‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O‘smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, Shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, Shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq.
O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va har turli foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda, qiyinrok, lekin kuchlari etadigan ishlar bilan shug‘ullantirish nihoyatda muhimdir.
«O‘smirlik Yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitga etilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.
Kattalar o‘smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qimmatlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib, salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
O‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va hissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. O‘smirlarga farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilishlik kabi psixik xususiyatlar hali etishmaydi. Tengdoshlari, Shuningdek, sinfdoshlari guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. O‘smir o‘z guruhiga bog‘liq va qaram bo‘lgani holda shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarorini doimo bajarishga tayyor bo‘ladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda «biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki holatini mustahkamlaydi. O‘smir Yoshdagi bola uchun do‘st tanlash juda katta ahamiyatga ega. O‘smirlik davrida do‘stlik juda qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin bo‘lishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir do‘stlarning hol-ahvol so‘rashishi va ko‘rishishlarida (qo‘l berib, quchoq ochib ko‘rishish) birga o‘tirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Ko‘pgana ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning shaxs bo‘lib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi inson qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |