O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI Kafedra: Maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi
Fan: Bolalar nutqini o`stirish nazariyasi va metodikasi
KURS ISHI
MAVZU: Bolalarni savodga õrgatishga tayyorlash ishining maqsad hamda vazifalari. MTMda Bolalarni õqish va yozishga õrgatish metodikasi.
Bajardi: Nigora Rahmitdinova Tekshirdi: Umida Rashidova
Samarqand 2022
M U N D A R I J A
Kirish……………………………………………………………………………3 I-bob. Bolalarda o‘qish va yozishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish……….5 1.1 Bolalarni yozish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish ………………5 1.2 Bolalar turli faoliyat yo’nalishlarida savodga o’rgatishga tayyorlash…….9 II-bob. Bolalarda yozish ,o’qish ko’nikmalarini shakillantirishuchun zarur bo’lgan vaziyatlar…………………………………….………………………11 2.1 Mashg’ulot jarayonida bolalarni savodga o’rgatish……………………11 2.2 Savodga o‘rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish (didaktik o‘yinlar misolida)………………………………………………………….…..21 Xulosalar va tavsiyalar………………………………………………………27 .Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati……………………..………………….29
KIRISH: Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. Shu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Kurs ishining maqsadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur.Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Kurs ishining vazifalari. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak Kurs ishining metodologik asosi: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari Kurs ishining metodlari: Mavzuga oid normativ me’yoriy hujjatalarni o’rganish , nazariy-pedagogik tahlil, kontent tahlil, so’rov.