huquqlari, uzoq muddatli yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishdagi javobgarlikni ko’chaytish hamda tuproqlarning tabiiy unumdorligini saqlash hamda uni oshirishga qaratilgan dehqonchilik tizimlarini yaratish va madaniyatini oshirishga xizmat qilayotir. Prezidentimiz Islom Karimov «Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» asarida jahon moliyaviy iqtisodiy inqiroziga to’xtalar ekan agrosanoat majmuida islohatlarni chuqurlashtirishda prinsipial ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatorida yerga, xususan tuproq unumdorligiga e’tibor berish lozimligini ta’kidlaydi.
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sarf xarajatlarni imkon qadar qisqartirish, mavjud resurslardan tejab – tergab foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu borada keyingi yillarda anchagina ilg’or ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, dehqonchilikning yangi tizimi joriy etilishi bilan yangi texnologiyalar ham kirib kelmoqdaki, ularni har taraflama agrotexnologik jihatdan ham, iqtisodiy no’qtai nazardan ham baholash lozim bo’ladi. Jumladan, g’o’zani plyonka ostida o’stirish, qora plyonkani qator oraliqlariga to’shash yo’li bilan g’o’zani sug’orish soni va me’yorini kamaytirish, shuningdek bu tadbir bilan bog’liq bo’lgan barcha texnologik tadbirlardan voz kechish kabi jarayonlar shular jumlasidandir. Shu nuqtai nazardan ham tanlangan mavzu davr talabidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanadi va mintaqaning tuproq – iqlim sharoitida har taraflama o’rganishga molikdir.