O‘zbekiston respublikasi oliy vmaxsus ta’lim vazirligia o’rta “tiqxmmi’’ milliy tadqiqot universiteti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/4
tarix06.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#108570
  1   2   3   4
1-4 masala (2)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY Va o’rta MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIA “TIQXMMI’’ MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

“Meliorativ gidrogeologiya”

fanidan

amaliy mashg’ulotlar

Sug’oriladigan yerlarda gidrogeologik meliorativ jarayonlarning tavsifi.

  • Meliorativ gidrogeologiya fanining asosiy vazifalardan biri tabiatda va inson faoliyati ta’sirida rivojlangan gidrogeologik - meliorativ jarayonlarning tabiatini o‘rganishdan iborat.
  • Gidrogeologik jarayon – yer osti suvlarini tabiatdagi suvlarning aylanma harakatida ozuqa olishi va tranzit harakatidan, sarflanishidan va qayta pasayishi, yoyilishidan iborat bo‘lib ularni tog’ jinslari, atmosfera, gidrosfera, tuproq qatlami, biosfera bilan o‘zaro bog’liqlikda bo‘lgan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarini aks etdiradi.

Sug’oriladigan hududlarda tabiiy-tarixiy sharoitda shakllangan gidrogeologik jarayon keskin o‘zgarishlarga uchragan. Gidrogeologik jarayonning xarakteri va yo‘nalishi asosan insonlarning xo‘jalik faoliyati bilan bog’liq, ayrim hollarda esa u bilan belgilanadi. Jarayonni yo‘naltirilgan holda turli usullar bilan boshqarish qishloq xo‘jalik melioratsiyasining asosiy vazifasini tashkil qilsa, jarayonning tabiatini va uning rivojlanish qonuniyatlarini meliorativ tadbirlarni gidrogeologik asoslash vositasi sifatida anglash esa meliorativ gidrogeologiyaning vazifasiga kiradi.
Gidrogeologik jarayonlar quyidagi omillar ta’sirida shakllanadi:
1.Hududning iqlim sharoiti ko‘rsatkichlari (issiq iqlim sharoiti, arid iqlimli mintaqa, o‘rtacha yillik haroratning o‘zgaruvchanligi, kichik miqdordagi atmosfera yog’inlari, fasllarni keskin almashinuvi);
2.Tog’oldi tekisliklari-allyuvial, allyuvial-prolyuvial, prolyuvial-delyuvial genezisli tekisliklar hisoblanadi;
3.Allyuvial-prolyuvial bilan allyuvial-delta tekisliklari oralig’ida uzunligi bir necha o‘n kilometrgacha cho‘ziladigan pastliklar mavjud, Qarshi cho‘lida – Sho‘rsoy, Qizilqumda-Arnasoy, Djetisoy, Sardoba, Karoy va boshqalar).chuqurligi 10 metrlarga boradi.;
4.Deyarli barcha tekisliklarning chekkasi qumli to‘plamli kesimlar bilan chegaralanadi (Qoraqum, Qizilqum sahrolari).
Ko‘rilayotgan tekisliklarda tarqalgan barcha sizot suvlari oqimlarida ozuqalanish mintaqasidan sarflanish mintaqasi tomon qonuniy ravishda 3ta gidrogeologik mintaqalar joylashgan:
Tog’ oldi qiya tekisliklari va tashilish konuslarining yuqori qismida joylashgan sizot suvlari oqimlarining ozuqa olish va tranzit mintaqasi;
Tashilish konuslarining markaziy va chekka qismlarida joylashgan sizot suvlari oqimlarining sarflanish mintaqasi;
Tashilish konuslarining chekka qismlarida hamda yassi allyuvial va allyuvial – delta tekisliklarida joylashgan sizot suvlari oqimlarining qayta pasayish va yoyilish mintaqasi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin