34
madaniyatshunOslik asOslaRi
Insoniyatning tabiatga bo‘lgan munosabati uning o‘z-o‘ziga bo‘lgan
munosabatidir: tabiat aqlli mavjudot bo‘lgan hazrati insonni yaratish bilan
tabiiy
taraqqiyotdagi vorislik, uzluksizlik va tartib-intizomni qaror toptirgan.
Tabiat jonsiz, hissiz va ongsiz borliq emas, balki o‘ta ta’sirchan, o‘ta «aqlli»
va donodir. Tabiat to‘g‘risida chuqur bilimga, intellektual salo hiyatga, axloqiy
va ekologik madaniyatga ega bo‘lgan ulug‘ ajdod larimiz tabiatni avaylab-
asrashga, barcha tirik mavjudot haqida g‘amxo‘rlik qilishga intilganlar.
Insoniyat tarixi — madaniyatning shakllanishi, ravnaq topishi va madaniy
yuksalishning inqirozlar bilan almashinishi tarixidan boshqa narsa emasdir.
Biroq har qanday madaniyatning, xususan, moddiy va ma’naviy madaniyatning
shakllanishi uchun tabiat moddiy asos bo‘ldi. Inson tomonidan tabiatning
o‘zlashtirilishi, qaytadan yaratilishida madaniyat muhim vosita, tayanch bo‘lib
xizmat qilgan.
Madaniyatshunoslik tarixining turli davrlarida goh tabiat va mada niyatni
bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, goh ularni aynanlashtirish hollari ro‘y
berganligini ko‘rishimiz mumkin. Tabiat va madaniyatning o‘zaro munosabatini
qanday tushunish konkret tarixiy davr ruhi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari, u
yoki bu xalqning ma’naviy salohiyati, madaniy an’analari bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan. Tabiiy-geografik muhit jamiyat taraqqiyotiga, xalq mentaliteti
va madaniy rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatib kelgan. Sharq va G‘arb (Osiyo va
Yevropa) mamlakatlarida tabiatga bo‘lgan munosabatning bir-biridan keskin
farqlanishi aslo bejiz emasdir. Sharq mamlakatlarida insonning to‘q va farovon
hayot kechirishi uchun tabiiy-geografik muhitning barcha qulayliklari inson
va tabiat o‘rtasidagi tabiiy mutanosiblikning rivojlanishi uchun puxta zamin
yaratgan, barcha diniy ta’limotlar va falsafiy tizimlar tabiiy mutano siblikni
qo‘llab-quvvatlashga yaqindan yordam bergan. Sharqliklarning butun e’tibori
tabiatni to‘laroq o‘zlashtirish va talashga emas, balki o‘z ichki dunyosini
takomillashtirishga qaratilgan. Diniy falsafiy ta’limotlar dunyoviy ilm-fanni emas,
balki inson ruhini kamol toptirishga qaratilgan. Sharq va G‘arb madaniyatining
tabiatga bo‘lgan munosabati turlichadir. Sotsiolog K. Yungning ta’limotiga ko‘ra,
sharqliklarning ongi ularning ichki olamiga qaratilgandir: ular o‘z ruhiy olamini
takomillashtirish orqaligina o‘zini erkin his etgan. Musulmonlar tabiatga
Ollohning buyuk ne’mati deb qaraydi, uni buzish, vayron qilishni buyuk gunoh
deb hisoblaydilar. Shariat hukmlarida, kosib va hunarmandlarning risolalarida
tabiatdagi har bir narsa va hodisaga, tirik mavjudotga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‘lish zarurligining qat’iy belgilanishi aslo bejiz bo‘lmagan. O‘rta
Osiyo xalqlarining yer, suv, o‘simlik va hayvonot olamiga bo‘lgan munosabatini
shakllantirishda islomgacha bo‘lgan madaniy qadriyatlar, xususan, Zardo‘sht
hikmatlari, xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklari va keyinchalik, tasavvuf g‘oyalari
muhim rol o‘ynagan.