38
madaniyatshunOslik asOslaRi
yangicha tamoyillarga asoslandi: hazrati insonni har tomonlama kamol
toptirish, uning ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, insonni baxtli qilish uchun
ilm-fan, ma’rifatni
rivojlantirish, tabiatni bilish zarur edi.
Uyg‘onish davri insoniyat tarixiga ko‘p asrlar davomida diniy aqidalar
qobig‘ida mudragan Aqlning tom ma’noda uyg‘onishi, uning insonga munosib
farovon hayot sharoitlarini yaratishga imkon beradigan ilm-fan va texnikaning
taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochish davri sifatida kirdi.
Yangi zamon madaniyati tizimida fan va texnika yetakchi o‘rin egalladi.
Shaxs erkinligini oliy qadriyat deb e’lon qilgan burjua davlati tabiat va jamiyat
to‘g‘risidagi fanlarni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor bera boshladi. Bu
davrda madaniyat va tabiatning o‘zaro ta’sirini ilmiy asosda tadqiq etish,
madaniyatning mohiyatini o‘rganish muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Ilm-fan va texnikaning jadal rivojlanishi bilan inson tabiatni to‘la o‘zlashtirish,
tabiat kuchlarini o‘z irodasiga bo‘ysundirish va, hatto tabiiy taraqqiyotni
jadallashtirish, o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ldi.
XX asr o‘rtalarida fan-texnika sohasida ro‘y bergan inqilobiy o‘zgarishlar
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi.
Tabiatshunoslik sohasida erishilgan buyuk yutuqlar, biotexnologiya va
geninjeneriyaning rivojlanishi inson hayotini yaxshilash uchun qator qulayliklar
yaratibgina qolmay, murakkab muammolarni ham keltirib chiqardi: qudratli
texnika yordamida tabiatning jadal o‘zlashtirilishi ekologik inqiroz vujudga
kelishiga, tabiiy energetika manbalarining keskin kamayishiga, atmosferaning
zaharlanishiga, juda ko‘plab noyob o‘simlik va hayvonlar turining qirilib ketishiga
olib keldi. Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy asosda tadqiq etish,
ekologik ong va madaniyatni rivojlantirish, yangi texnologiyalarning ekologik
xavfsizligini ta’minlash, har bir ilmiy kashfiyotning oqibati uchun olimning
shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, fan etikasi kabi omillar jiddiy hayotiy muhim
ahamiyat kasb eta boshladi.
XX asr boshlarida N. Berdyayev, O. Shpengler singari buyuk mutafakkirlar
fan-texnika inqilobining xatarli oqibatlari Yevropa madaniya tining umumiy
inqirozi bilan bog‘liq ekanligini alohida ta’kidlagan edilar. Fan-texnika
ravnaqi inson va tabiat o‘rtasida yangicha munosabatlarni shakllantirishni,
ekologik madaniyatni rivojlantirishni talab eta boshladi. Oliy o‘quv yurtlarida
ekolog-mutaxassislar tayyorlash, ta’lim muassasalarida ekologik tarbiya
sifati va samaradorligini oshirish, ulug‘ ajdodlarimizning yer, suv, o‘simlik va
hayvonot olamini avaylab-asrashga da’vat etuvchi ma’naviy qadriyatlarini
tiklash — ekologik madaniyatni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridir.
Qator rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish uchun faol
kurashayotgan «yashillar partiyasi» tajribasini o‘rganish, ekologik toza hududlar
vujudga
keltirish, ayniqsa, muhimdir.