MADANIYAT VA JAMIYAT
Madaniyatning insoniyat jamiyati shakllanishi va taraqqiyotidagi rolini
to‘g‘ri belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Afsuski, sovet
madaniyatshunosligida bu muhim masala biryoqlama va ko‘p hollarda xato
talqin etib kelindi. Tarixga materialistik nuqtai nazardan qarash ijtimoiy borliqni
ijtimoiy ongga nisbatan birlamchi deb hisoblash, ijtimoiy borliq asosiga moddiy
ne’matlar ishlab chiqarishni qo‘yish, mehnatni madaniyat asosi deb da’vo qilish
va boshqalar madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs hayotidagi o‘rni va
rolini to‘g‘ri belgilashga monelik ko‘rsatib keldi.
Mustaqillik yillarida shakllangan yangicha siyosiy tafakkur va falsafiy
40
madaniyatshunOslik asOslaRi
dunyoqarash madaniyatning jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rnini yangicha
tushunishga imkon berdi.
Madaniyat tushunchasining inson va jamiyat tushunchalari bilan uzviy
bog‘liqligi haqida yuqorida aytib o‘tildi. Buyuk fransuz mutafakkiri emil
Dyurkgeymning ta’lim berishicha, madaniyat inson ongi va irodasiga bog‘liq
bo‘lmagan holda undan ilgari vujudga kelgan va insonga majbur qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir individ madaniy olamda tug‘iladi,
uni o‘zlashtiradi, insoniy sifatlarga ega bo‘ladi (sotsiallashadi) va uning rivojiga
muayyan hissa qo‘shadi.
Madaniyat, avvalo, insoniyatning ko‘p asrlik bilimlari va tajribalari yig‘indisi
sifatida namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida ko‘p asrlar davomida
jamiyat tomonidan yaratilgan bilim, tajriba, ko‘nikma, xulq-atvor me’yorlarini, ya’ni
madaniyatni o‘zlashtiradi. U barcha tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq butun hayoti
davomida sotsiogenetik dasturni amalga oshirishga harakat qiladi. Sotsiogenetik
dastur biogenetik dasturdan farqli ravishda avloddan avlodga irsiyat yo‘li bilan
o‘tmay digan, ijtimoiy hayot jarayonida tarbiya va ta’lim vositasida o‘zlashti-
riladigan xulq-atvor me’yorlari, madaniyat namunalaridir. Axloqiy tarbiyaning
butun mazmuni yosh avlodning xatti-harakati, xulq-atvori va faoliyatini tartibga
solishdan va uning madaniy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Madaniyat insonni hayvondan, jamiyatni esa tabiatdan farqlaydigan sifatiy
belgi, faqat insonga va jamiyatgagina xos bo‘lgan, uning xatti-harakatlari,
faoliyati va mehnat mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan bilimlar, tajribalar,
ko‘nikmalar, me’yorlar majmuasidir.
Madaniyat ijtimoiy borliqning zarur sharti va asosidir. U endigina dunyoga
kelgan insonga nisbatan tashqi, yot va begona kuch sifatida ta’sir ko‘rsatadi.
Bola ota-bobolar amal qilib kelgan axloqiy me’yorlar, madaniyat namunalarini
avvalo ko‘r-ko‘rona taqlid qilish, keyinroq esa, so‘z va tushunchalar orqali
tarbiya jarayonida o‘zlashtiradi. Biogenetik dastur ota-onadan irsiyat yo‘li
bilan o‘tar ekan, mavjudot sifatida hayot kechirishi va ehtiyojlarini qondirishi
(ovqatlanishi, himoyalanishi, zurriyot qoldirishi va h. k. ) uchun muhim vosita,
tabiiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Madaniyat namunalari aqlli mavjudot bo‘lgan
inson hayotining zarur sharti sifatida endigina dunyoga kelgan chaqaloqning
xatti-harakati, xulq-atvoriga uzluksiz tarbiya jarayonida ishontirish yoki majbur
qilish yo‘li bilan singdiriladi. Inson mohiyatan o‘zida madaniyat tashuvchi
va madaniyat yaratuvchi mavjudotdir. Madaniyat namunalari shaxs, jamiyat
va millatning o‘zligini anglashi va namoyon etishida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Shaxs madaniyati, jamiyat madaniyati, milliy madaniyat — umum bashariy
madaniyatning turli darajada namoyon bo‘lishidir.
Inson xatti-harakati va xulq-atvorini tartibga solish kishilik jamiyatining
|