32
madaniyatshunOslik asOslaRi
toraytiradi, madaniyatning konkret hodisa sifatidagi qiyofasini yaratishga
monelik ko‘rsatadi.
Belgilar nazariyasi. Buni shartli belgilar yoki semiotik konsepsiya deb atash
mumkin. Bunga ko‘ra, madaniyat «shartli belgilar va shu asosdagi tizimlar
yig‘indisi»dan iboratdir. Bu konsepsiya madaniyat shunoslik ilmida u qadar
keng tarqalmagan bo‘lsa-da,
har holda, uchrab turadi.
Bunday qarashlarning vujudga kelishini hozirgi paytda fan, san’at, siyosat
va boshqa sohalarda juda katta axborot oqimi yuz berayotganligi, undan
foydalanishda murakkab kommunikativ vositalardan keng foydalanilayotganligi
bilan izohlash mumkin, albatta. Bu obyektiv hodisalarning mohiyatiga
e’tiborsizlik bilan qaraydigan ba’zi tadqiqot chilar «simvollashtirishning
ommaviyligi, tizimiyligi va turg‘unligi sohasidagi insoniy qobiliyatlarni»
madaniyatning asosiy belgisi sifatida asos qilib ko‘rsatmoqdalar. Masalan,
madaniyatshunos L. Uaytning so‘ziga qaraganda, «madaniyat — bu
simvollarga asoslangan buyumlarni va hodisalarni tashkil etishdir, insondan
butunlay ajratib olingan til, urf-odat, qurol, e’tiqod va boshqalardir». Garchand
madaniyat taraq qiyoti alohida kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmasa-
da, biroq madaniyat ular orqali yaratiladi, insonlar unga o‘zlarining shaxsiy
iste’dod, did va mayllarini singdiradilar. Shu bilan birga, belgi shakllari
(«simvollar») tufayli amalga oshiriladigan kommunikatsiya natijasida shaxsiy
tajriba umumiy tajribaga aylanishi ham mumkin. Boshqacha qilib aytganda, shu
tufayli madaniy, moddiy va ma’naviy qadriyatlar to‘planadi, mustahkamlanadi,
ayirbosh qilinadi va tarixiy jihatdan qayta ishlanadi hamda avloddan avlodga
yetkaziladi.
Shu nuqtai nazardan, madaniyatni e’tirof etadigan belgilar tizimi haqidagi
fan — semiotika o‘zini oqlashi mumkin. Biroq bunda mada niyatning semiotik
jihati yagona asos qilib olinmasligi maqsadga muvo fiqdir. Madaniyatda
kommunikativ va simvolik funksiyalar amal qilishi jarayoni haqida gap ketganda
esa semiotikadan foydalanish samara berishi mumkin. Madaniyatda belgilar,
belgilar tizimining o‘rni va ahamiyati haqidagi masala ilmiy qiziqish uyg‘otishi
tabiiy. Biroq, umu man, bu konsepsiya madaniyatni belgilar yig‘indisidan
iborat, shu tahlitda fikr yuritish zarur, deb hisoblanar ekan, bu usul masalani
soddalashtirib qo‘yishini ham unutmaslik lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu konsepsiya ma’naviy qadriyatlarni yaratish,
saqlash, tarqatish va o‘zlashtirish masalasini nazariy jihatdan to‘la hal eta
olmaydi. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilganidek, belgi — moddiy, hissiy ravishda
idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat bo‘lib, bu harakat bilishda
ko‘rsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda
namoyon bo‘ladi. Biror moddiy obyektdan iborat bo‘lgan belgi boshqa biron
narsani belgilash
uchun xizmat qiladi
1
.