Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Go‘dak hayotga qadam qo‘yar ekan, avvalo, o‘zini bevosita o‘rab turgan
kishilar — ota-ona, aka va opalari yordamida insoniyat to‘plagan tajribani
o‘zlashtirib boradi. Keyinchalik, bu doira kengayib unga maktab va oliy o‘quv
yurtlari tizimi, fan, adabiyot, san’at asarlari kelib qo‘shiladi va, inson, endi ular
yordamida to‘plagan tajribani o‘zlashtira boshlaydi. Bu tajriba, bilim esa unga
har bir kuzatilayotgan hodisani his qilish, sinab ko‘rish, tekshirish zaruratini
yo‘qqa chiqarib, oldin erishilgan natijalarni faoliyat dasturi sifatida qabul
qilishga olib keladi.
Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to‘plangan tajribani
yorqinroq ochadi. Agar tajribani uzatishning bunday shakli bo‘lmaganda
edi, har bir xalq aytaylik, velosipedni, muzlatgichni o‘ziga o‘zicha yangidan
yaratavergan bo‘lur edi, hayotda esa bunday emas. Bir xalq madaniyatida
erishilgan ahamiyatli natijalar boshqa xalqlar tomonidan tayyor holda qabul
qilinadi va milliy-madaniy hayotni tarkiban boyitib boradi.
hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik tuzumni
barpo etishga harakat qilayotgan mamlakatlar o‘zlarining milliy, tarixiy,
iqtisodiy, geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotini
rivojlantirishda katta yutuqlarga erishgan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
demokratik qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlagan davlatlar tajribasini
o‘rganayotganligi ham fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Madaniyatning axborot funksiyasi kishilar o‘rtasida muomala, muloqot,
o‘zaro ta’sir bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Shuning uchun madaniyatning
axborot funksiyasi uning aloqa (kommunikativ) funksiyasi bilan uzviy
bog‘liqdir.
Madaniyat muloqot orqali mavjuddir. Ayni paytda, madaniyat inson
muloqot sohasining kengayishiga xizmat qiladi: kishilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri, bevosita muloqot o‘tmish avlodlarga mansub kishilar, shuningdek,
muloqot bilan to‘ldiriladi. Biz Forobiy, Beruniy, Ibn Sinoning falsafiy asarlari,
Lutfiy va Navoiyning g‘azallari, Qodiriy va Cho‘lpon romanlarini o‘qib, ularning
dunyoqarashi, fikrlash tarzi bilan oshno bo‘lamiz, fikran so‘zlashamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, bevosita muloqot ham, bilvosita muloqot
ham shaxs rivojlanishiga hamma vaqt ham birday ta’sir ko‘rsatavermaydi.
Ayrim hollarda muloqot shaxs rivojlanishiga salbiy ta’sir qilib, unda zararli
odatlar, xarakterli xususiyatlarni keltirib chiqarsa, boshqa hollarda shaxsning
ma’naviy kamoloti uchun xizmat qilishi mumkin. Ayni paytda muloqot shaxs
rivojlanishida hech qanday iz qoldirmasligi ham mumkin.
hozirgi ilmiy-texnika inqilobi asrida ommaviy axborot vositalari: matbuot,
radio, televideniye ta’sirida bilvosita muloqotning doirasi nihoyatda kengayib
bormoqda. Demakki, shaxs rivojlanishida bilvosita muloqotning roli ham
o‘smoqda. Shuning uchun ommaviy axborot vositalarining faoliyati doimo
jamiyatning qattiq nazorati ostida bo‘lishi lozim. Bu keng soha xalqaro
26
madaniyatshunOslik asOslaRi
munosabatlarga kirishib borayotgan, demokratik o‘zgarishlarni boshdan
kechirayotgan respublikamiz uchun ayniqsa muhimdir. Chunki demokratiya,
so‘z erkinligi bayrog‘i ostida ko‘pgina davlatlarda, ayniqsa, g‘arb mamlakatlarida
chuqur ildiz otgan faxsh, zo‘ravonlik, giyohvandlikni targ‘ib qiluvchi san’at,
adabiyot, kino asarlari, teleko‘rsatuvlarning kirib kelishiga aslo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Milliy qadriyatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan bunday
«asarlar» ning kirib kelishi jamiyatimizning ma’naviy negiziga katta zarba
etkazadi. Bunda yoshlarimizning milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslari
bilan qurollanishi muhim ahamiyatga egadir.
Madaniyat, bir tomondan, kishilar o‘rtasidagi bevosita va bilvosita
muloqotni tartibga solsa, boshqa tomondan, muloqotning o‘zi madaniy hodisa
sifatida baholanadi va biz bunday hollarda «muloqot madaniyati» degan
tushunchani ishlatamiz.
Kishilar o‘rtasidagi muloqot turli vositalar yordamida amalga oshiriladi.
har bir millatning o‘z tili bor. Ayni paytda, har bir millat muloqotning rang-
barangligi, mazmundorligini ta’minlaydigan o‘ziga xos imo-ishoralar, raqs,
musiqa, xulq-odob me’yorlari «tiliga» ham ega. «Shashmaqom»ni, «Munojot»ni,
«Tanovar»ni tinglab, tomosha qilib jafokash xalqimiz tarixi, his-tuyg‘ulari,
kechinmalari, dardi, orzu-umidlarini dil-dildan his qilamiz, xalqimizning
axloq-odob tamoyillariga quloq tutar ekanmiz, undagi noziklik, insoniy mehr-
muhabbat, hurmat va ulug‘vorlikni qalbdan sezamiz.
Milliy tarix va psixologiyani aks ettiruvchi milliy tillar bilan bir qatorda
hamma uchun barobar va tushunarli bo‘lgan, millatlararo muloqotda va ilm-fan
yutuqlarining tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til — fan
tili, uning tushunchalari va formulalari tili ham borligini unutmaslik kerak. Ayni
paytda, XX asr elektron hisoblash mashinalarining «al-gol», «beysik», «fortran»
kabi tillari ham yaratildi.
Internet va kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan
hozirgi davrda bu «til» axborotlarning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta
ahamiyat kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini
ko‘rsatmoqda.
Madaniyat nafaqat kishilar o‘rtasidagi muloqotning amalga oshishiga
yordam beradi, balki kishilarning faoliyatini va ular o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga solishga ham xizmat qiladi. Bunda madaniya t ning tartibga solish
(regulyativ) funksiyasi namoyon bo‘ladi. Mada niyatning tartibga solish
funksiyasi kishilarning jamiyatdagi sharoitlarga muvaffaqiyatli ko‘nikishi uchun
xizmat qiladigan turli me’yorlarda namoyon bo‘ladi. Axloqiy, estetik, diniy,
siyosiy, huquqiy me’yorlar ana shular jumlasidandir. Madaniyatni tartibga
solish vazifasi maro simlar, urf-odatlarda yorqin ko‘rinadi. Albatta, har qanday
madaniyat me’yori kishining ichki e’tiqodiga aylangan paytdagina uning
|