O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

MADANIYAT VA ShAxS
 Inson, madaniyat, shaxs tushunchalari madaniyatshunoslikda juda muhim 
o‘rin tutadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, inson madaniy mavjudot 
sifatida o‘zining yaratuvchanlik mohiyatini namoyon etadi, madaniyat esa 
shaxs ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi.  Uzoq  yillar  davomida  shaxsning  mohiyati  va  uning  madaniy 
taraqqiyotdagi  roliga  biryoqlama  yondashib  kelindi,  uning  intellektual-
ma’naviy salohiyati, insoniy fazilatlariga yetarlicha e’tibor berilmadi. Natijada, 
shaxs  dunyoqarashi,  g‘oya  va  ideallarning  yaratuvchan  va  o‘zgaruvchan 
funksiyasi to‘g‘ri baholanmadi.
4— Zakaz  23


50
madaniyatshunOslik asOslaRi
Insoniyatning ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida orttirgan bilimlari, g‘oyalari, 
tajribalari va ma’naviy yutuqlarining majmuasi sifatida madaniyat barcha 
tarixiy davrlarda ham zamon ruhi va davr talablariga javob bera oladigan har 
tomonlama yetuk inson shaxsini kamol toptirishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib 
qo‘yadi. Turli tarixiy davrlarda yaratilgan madaniyat yodgorliklari (ilmiy, badiiy 
asarlar, me’morchilik, naqqoshlik, musiqa, qo‘shiq, rassomlik)da shaxsning 
bilimi, iste’dodi, insoniy fazilat va sifatlari o‘z ifodasini topadi. har bir inson ulug‘ 
ajdodlarimiz madaniy merosini mukammal egallash orqali o‘zi sevgan sohaning 
etuk mutaxassisiga, olijanob fazilatlar sohibiga aylanadi, hozirgacha yaratilgan 
madaniyat obidalarini yana ham ko‘rkamroq, mukammalroq qilib yaratishga 
ehtiyoj seza boshlaydi — madaniyat ijodkoriga aylanadi.
Madaniyatshunoslikda  shaxs  ulug‘  ajdodlarimiz  bilimi  va  tajribalarini 
qunt  bilan  egallovchi,  o‘zida  sabot-matonat,  mustahkam  iroda, 
sobitqadamlik, ma’rifatparvarlik sifatlarini tarbiyalovchi, bilim va tajribalarini 
obyektivlashtiruvchi,  muttasil  izlanuvchan  va  ijodkor  inson  sifatida 
ta’riflanadi. Jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida 
davr ruhi, intellektual salohiyati va butun mahoratini mujassamlashtirgan 
ulug‘ ajdodlarimiz (madaniyat arboblari) mehnat sevar, bilimdon, kamtarin, 
taraqqiyparvar inson sifatida ma’naviy kamolotga intilgan, o‘z asarlari bilan 
nomi,  nasl-nasabini  abadiylashtir ganlar.  Bizgacha  yetib  kelgan  barcha 
madaniyat obidalarida o‘z zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketgan fozil va 
komil ajdodlarimizning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatlari va izlanishlari 
yotadi, albatta.
Madaniyat hamisha shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan 
bog‘liqdir. Buyuk nemis faylasufi Gegel o‘zining «huquq falsafasi» asarida 
ta’kidlaganidek, madaniyatli inson, bu — avvalo, boshqalar qilgan ishni qila 
oluvchi, boshqalar kabi yaratuvchidir. Madaniyat o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra 
insondagi insoniylikni, yaratuvchanlik qobiliyatni ro‘yobga chiqaruvchi, komil 
inson shaxsini shakllantiruvchi ekan, ana shu shaxsning faolligi tufayligina u 
o‘z-o‘zidan rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Binobarin, shaxsning shakllanishini 
madaniyatsiz tasavvur etib bo‘lmagani kabi madaniy taraqqiyotni ham ijodkor 
shaxslarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shaxsning shakllanishi nihoyatda murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, juda 
ko‘p omillarga bog‘liqdir. Inson shaxsining shakllanishida nafaqat madaniy, 
yana sotsial-siyosiy muhit, ijtimoiy tuzum, iqtisodiy hayot va boshqalar ham 
muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish bilan madaniy taraqqiyot har doim ham bir-
biriga  mos  kelavermaydi:  Alisher  Navoiy,  Zahriddin  Muhammad  Bobur, 
Mashrab, huvaydo, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari buyuk madaniyat 
arboblarining  insoniy  fazilatlari,  qimmatli  g‘oyalari,  yuksak  iste’dodlari 
bugungi  kunda  ham  zamondoshlarimizga  ibrat,  buyuklik  timsoli  bo‘lib 


51

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin