O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

SIYOSIY MADANIYAT
Siyosiy madaniyat ma’naviy qadriyatlarning alohida tizimini tashkil etib, 
muayyan jamiyat, guruh, kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, 
maqsadlarini ifodalaydigan siyosiy va huquqiy g‘oyalar majmui va ularni hayotga 
tadbiq etadigan amaliy faoliyat tizimidan iboratdir.
Siyosiy madaniyat jamiyat hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy 
taraqqiyotning muayyan bosqichida yuzaga kelgan. Bunda kishilar faoliyatida 
siyosiy manfaatlar alohida o‘rin egallaydi. Yunon mutafakkirlaridan Gerodot, 
Aflotun, Arastu va boshqalarning asarlarida qadimgi Yunoniston siyosiy hayotini 
maxsus o‘rganish tufayli siyosiy madaniyat va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risida 
dastlabki tasavvurlar paydo bo‘lgan. Bunday tushunchalar turkiy xalqlarning 
qadimgi Orxun-Yenisey bitiklarida ham o‘ziga xos ifodasini topgan.
Sharqda siyosiy madaniyat, mafkuraviy an’analar, demokratik huquqiy talab, 
burch va kafolatlar to‘g‘risidagi qarashlar shakllanganligiga tarixiy manbalar 
guvohlik beradi. Tadqiqotchilarning yozishicha, qadimgi Markaziy Osiyoda 
«Islomdan oldin ham, islom vujudga kelgan ilk davrlarda ham ancha-muncha 
demokratik an’analar mavjud bo‘lgan. Ilk islomda ilohiy-nasliy hokimiyat 
o‘rniga Sunnaga asoslangan hokimiyat, boshqarish usulining qaror topganligi, 
Imomlar Abu hanifa Shofe’lar davrida Ra’y, Qiyos va Ijmo kabi oqilona va 
insonparvarona tamoyillar e’tirof etilganligi va, nihoyat, Muhammad davrini 
hisobga olmaganda, musulmon mamlakatlarida islom mutlaq hokimiyatni 
o‘z qo‘lida to‘plamagan, balki doimo mutlaq hokimlar, mustabidlar yonidagi 
mavqeni egallaganligini eslash kifoya»
1
.
Anglashiladiki,  siyosiy  madaniyatning  tarkib  topishi  jamiyat  siyosiy 
faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Siyosiy 
madaniyat siyosiy faoliyat, ya’ni «siyosiy ishlab chiqarish» jarayonlarini o‘zida 
aks  ettiradi  va  umumlashtiradi.  Ma’lumki,  inson  faoliyatida  ikki  madaniy 


59

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin