O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Ikkinchi bob. 
MADANIYATNING ASOSIY SOhALARI
har qanday madaniyatning murakkab tizim ekanligi yuqorida aytib o‘tildi. 
Madaniyat ichki jihatdan o‘zaro ta’sir etadigan bir qator qismlar, munosabatlar 
va vazifalar o‘rtasidagi aloqalarni gavdalantirib, muayyan jamiyatda o‘zining 
mavjud bo‘lib va yashab turishini ta’minlaydi.
Madaniyat kishilar hayotining juda rang-barang sohalarini qamrab oladi. 
Mohiyatan olib qaraydigan bo‘lsak, ijtimoiy hayotning har qanday sohasini 
madaniyat nuqtai nazaridan qarab chiqish va tavsiflash mumkin.
Moddiy va ma’naviy madaniyat sohasidagi tafovutlar jamiyatning asosiy 
tarmoqlari hamda kishilarning ehtiyojlarini qondirish xususiyatlarini o‘zida 
aks ettiradi. Bunda inson ijtimoiy faoliyatiga xos moddiy-amaliy va ma’naviy 
sohalarda ro‘y beradigan taraqqiyot belgilari qayd etilgan bo‘ladi.
Boshqa tomondan, madaniyat nafaqat ijtimoiy tuzilma, balki shaxsning o‘z 
tarkibiy tuzilishi tomonidan ham farq qiladi. Shunga ko‘ra, insonning mehnat 
madaniyati,  muloqot  madaniyati,  xulq  madaniyati,  tafakkur  madaniyati, 
axloqiy-estetik madaniyati, fanning dunyoqarash funksiyalari va boshqalar 
to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Madaniyatning rang-barang tarkibiy qism 
(komponent) lari va shakllari insonning ijtimoiy aloqa va munosabatlarining 
turli-tumanligi va boyligi bilan belgilanadi.


58
madaniyatshunOslik asOslaRi
Madaniyatning mohiyati va ijtimoiy hayotdagi o‘rnini to‘g‘ri tushunish 
uchun uning tarkibiy qismlarini qarab chiqish muhimdir. Umumiy maqsad 
—  insonni  shakllantirish  va  uning  komillikka  erishuvini  ta’minlashda 
madaniyatning  har  bir  turi  o‘ziga  xos  vazifa  bajaradi.  Jamiyatda  mehnat 
madaniyatini rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongliligini oshirish, axloqiy va 
estetik komilligini barqarorlashtirish va hokazolarda buni ko‘rish mumkin.
Murakkab  ijtimoiy  tuzilma  sifatida  madaniyat  ilmiy  bilimlarni, 
dunyoqarashni,  axloqiy  va  estetik  qadriyatlarni,  xulq  va  huquqning 
me’yorlarini, tarixan tarkib topgan urf-odatlar, an’analar, ramziy holatlarni 
o‘z  ichiga  oladi.  Shu  asosda  madaniyat  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni 
ko‘paytiradi va tarbiya jarayonida muhim ma’naviy rol o‘ynaydi.
endi madaniyatning asosiy sohalari bilan tanishib chiqaylik.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin