Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
jihat, ya’ni tabiatni qayta yaratish hamda kishilarning o‘zlarini tarbiyalash
jarayonlari uzviy bog‘langandir. Shunga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy guruhlar
o‘zlarining siyosiy manfaatlarini amalga oshirishda «kishilarga kishilar orqali
ta’sir etish»ga, ularni siyosiy faoliyat jarayonida tarbiyalashga alohida e’tibor
berganlar. Bunda ijtimoiy-amaliy yo‘nalishdagi siyosiy faoliyat sinflar, sotsial
tabaqalar, guruhlarning siyosiy hukmronlik qilish yo‘lida hokimiyat uchun olib
boradigan xatti-harakatlarini bildiradi, ma’naviy-nazariy faoliyat esa ijtimoiy
munosabatlarni sinfiy manfaatlar, dunyoqarash ruhi bilan fahmlash, anglash,
muayyan siyosiy nazariyalar, ideallar, dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni
keng targ‘ib qilishni nazarda tutadi.
Siyosiy faoliyatning yuqoridagi ko‘rinishlariga «siyosiy ishlab chiqarish»ning
muayyan turlari, ya’ni ijtimoiy-amaliy ishlab chiqarish va ma’naviy-nazariy
ishlab chiqarish muvofiq keladi. Ijtimoiy-amaliy siyosiy ishlab chiqarish davlat,
siyosiy guruhlar, partiyalar, siyosiy me’yorlar, shuningdek, siyosiy faoliyat
tufayli tarkib topgan funksional tuzilmalardan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-nazariy
siyosiy ishlab chiqarishga esa siyosiy mafkura, siyosiy qadriyatlar, ideallar,
nazariyalar, dasturlar, siyosiy tajribalar va an’analar, siyosiy xulq andozalari,
jamoatchilik fikri va boshqa hodisalar kiradi. Siyosiy madaniyat, shunday qilib,
kishilar faoliyatining tarixan manfaatli va sinfiy, tabaqaviy jihatdan o‘ziga xos
shartlangan mahsuli bo‘lib, siyosiy munosabatlarning sinflar, tabaqalar, shaxslar
tomonidan faol o‘zlashtirilish jarayonini aks ettiradi.
Siyosiy madaniyat tarkiban quyidagilardan iborat: mafkura, siyosiy tajriba
va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari.
Mafkura ma’naviy madaniyatning o‘zagi sifatida kishilarning ijtimoiy-
siyosiy faoliyatiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadigan, manfaat yo‘lida faol va ongli
kurashga da’vat etadigan g‘oya va qarashlar tizimidir. Mafkura kishilar, ijtimoiy
guruhlar, xalqlar, millatlar, siyosiy partiyalar va harakatlarning iqtisod, siyosat,
davlat, ma’naviyat kabilarga nisbatan manfaatli-siyosiy, falsafiy, huquqiy,
axloqiy, diniy, badiiy va boshqa qarashlari majmuidir. Mafkura, bir tomondan,
jamiyat a’zolarining asosiy maqsad-muammolarini ifodalaydi, uning o‘tmish
va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydi, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga
xizmat qiladi; ikkinchi tomondan, kishilarni muayyan g‘oyalarga ishontiradi,
ularni uyushtiradi, safarbar etadi, ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantiradi,
g‘oyaviy tarbiyalaydi, harakat dasturi bo‘lib xizmat qiladi
1
.
hozirgi paytda respublikamizda milliy istiqlol mafkurasi tarkib topmoqda.
Bu mafkura o‘zida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlantiradi;
o‘zbek xalqining boy milliy madaniy merosiga tayanadi; milliy turmush
tarzining barcha sohalarini aks ettiradi; qurilayotgan demokratik, adolatli,
huquqiy erkin jamiyatning g‘oyaviy himoyachisi rolini bajaradi.
Uning asosiy tamoyillari haqida gap ketganda, qisqacha qilib quyidagilarni
60
madaniyatshunOslik asOslaRi
ko‘rsatish mumkin: siyosiy sohada fikrlar xilma-xilligi, erkin saylovlar,
demokratiya, vatanparvarlik, xalqparvarlik, umuminso niylik; iqtisodiy sohada
— xilma-xil mulkchilik, erkin xo‘jalik faoliyati, erkin iqtisodiy munosabatlar;
ma’naviy sohada — komil insonni tarbiyalash, e’tiqod erkinligi, milliy merosni
avaylab asrash, vorislik, ma’naviyatga davlat homiyligi, tarbiyaning hayotiyligi,
ijodkorlik sohasida keng imkoniyatlar yaratilishi va h. k.
Mafkura mamlakatdagi sotsial-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot jarayonlarini
umumlashtirish, ijtimoiy yuksalish sohasida yangi yo‘nalishlarni kashf etish,
ayni vaqtda, boshqarish tizimini takomillashtirishni amalga oshiradi. U iqtisodiy,
huquqiy, axloqiy va estetik g‘oyalar bilan sug‘orilgandir. Chunki kishilarning
iqtisodiy manfaatlari, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni siyosiy ongda to‘la
gavdalanadi. Bunday manfaatlar ta’sirida kishilar nafaqat moddiy boyliklar, shu
bilan birga ijtimoiy borliq to‘g‘risidagi tasavvurlarni ham yaratadilar.
Mafkura siyosiy qadriyatlarni o‘z ichiga olib, quyidagilar orqali amal qiladi:
siyosiy ideal, milliy davlatchilik va demokratiya tamoyillari; fuqarolar mas’uliyati
va burchlari; sotsial adolat; vatanparvarlik; umuminsoniy qadriyatlarga
sadoqat. Mafkuraning qadriyatlari Respublika Konstitutsiyasida, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi xujjatlarida, turli partiyalarning dasturlarida o‘zining
huquqiy ifodasini topgan.
Jamiyat siyosiy madaniyati tarkibida siyosiy tuzilmalar, siyosiy an’ana
va siyosiy faoliyat usullari alohida o‘rin tutadi. Siyosiy madaniyatni tarkib
toptirishning muhim vositalaridan biri siyosiy axborot hisoblanadi.
«Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalari
oldiga butunlay yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Matbuot aholida yangicha
tafakkur va ongni shakllantirishda ta’sirchan qurol bo‘lishi, kishilarning fikr
va xohish-irodasining erkin, ammo xolis ifodachisi bo‘lishi kerak... Ommaviy
axborot vositalari demokratlashtirish yo‘lining, islohotlar yo‘lining faol
targ‘ibotchisi bo‘lib qolishi kerak. Ayni paytda, ularning o‘zi mohiyat jihatidan
demokratik bo‘lmog‘i zarur»
1
.
Milliy mustaqillikning siyosiy ahamiyatini chuqur anglab etishda, o‘tmish
madaniy va ma’naviy qadriyatlarini har tomonlama o‘rganish va o‘zlashtirishda
milliy o‘zlikni anglashning ahamiyati nihoyatda kattadir. Siyosiy tajribaga ega
bo‘lish mustaqil davlatimiz olib borayotgan siyosatning ahamiyatini chuqur
anglab yetish jarayoni bilan bog‘langan, binobarin, siyosiy tajriba siyosiy
mafkura va madaniyatni rivojlantirish ning muhim manbaidir. Chunonchi,
buyuk sohibqiron Amir Temurning davlatchilik tajribalaridan keng foydalanish
jamiyatimiz siyosiy-huquqiy madaniyati rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Siyosiy madaniyatning yana bir muhim unsuri siyosiy an’analardir.
Mustaqillik yillarida o‘ziga xos milliy siyosiy an’analar tarkib topdi va tarkib
|