74
madaniyatshunOslik asOslaRi
Tarbiyaviy ishlarning murakkabligi shundaki, u tashqi axloqiy omil bo‘lib, har bir
insonga individual tarzda, ya’ni uning turmush tajribalari, xarakter xususiyatlari,
axloqiy yo‘nalishlari qamrovidan o‘tib ta’sir qiladi. Shunday ham bo‘ladiki,
insonning axloqiy-psixologik mayllari tashqi ta’sirlarga salbiy munosabatda
bo‘ladi. Uni bartaraf etishda insonning shaxsiy faolligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi
— buningsiz o‘z-o‘zini tarbiyalab bo‘lmaydi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash insonning o‘ziga nisbatan axloqiy munosabatini
tartibga soladi, undagi salbiy qiliq, xatti-harakat va odatlarning bartaraf
etilishiga olib keladi, ijtimoiy talablarga javob beradigan sifatlarni rivojlantiradi,
ayni vaqtda jamoatchilik xulqi, mehnatga munosabat, vatanparvarlik kabi
fazilatlarni tarkib toptirish va rivojlantirishga qaratiladi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash jamiyat axloqiy tamoyillarini va axloqiy bilimlarni
shaxsiy e’tiqodga, axloqiy xulq malakasi va odatlariga faol aylantirishdan
iboratdir. Shaxsning axloqiy kamolotga erishuvi uning o‘z-o‘ziga talabchanligi,
o‘z-o‘ziga tanqidiy yondashuvi, o‘z-o‘ziga intizomli munosabatda bo‘lishi
demakdir. Bular boshqa tashqi ta’sirchan omillar bilan bog‘liq holda shaxs
axloqiy madaniyati shakllanishining muhim negizi bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsning axloqiy madaniyati tarkiban quyidagilardan iborat:
— axloqiy tafakkur madaniyati: «axloqiy baholash qobiliyati», axloqiy
bilimlardan foydalanish qobiliyati, malakasi; yaxshilik bilan yomonlikning
farqiga borish qobiliyati; har qanday sharoitda ustuvor axloqiy tamoyillarni
qo‘llab-quvvatlash;
— tuyg‘ular madaniyati: insondagi axloqiy ta’sirchanlik, axloqiy hamdardlik,
ustuvor axloqiy talablarni
chuqur his etish layo qati;
— xulq madaniyati: insonning axloqiy tajribasida fikr va tuyg‘ular birligiga
erishish, namunaviy axloqiy andoza, kishilar xatti-harakatida ularni qo‘llay
bilish
darajasi;
— odob (etiket): shaxs xulqi shakllarini qat’iylashtiradigan qoidalar bilan
o‘zaro muloqotda amalga oshirish darajasi.
Axloqiy madaniyatning asosiy maqsadi ma’naviy va jismoniy jihatdan
kamol topgan insonni tarbiyalashdan iboratdir. Mustaqillik sharoitida milliy
istiqlol g‘oyalari bilan sug‘orilgan axloqiy madaniyat «sog‘lom avlod»ni
voyaga yetkazish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. «Sog‘lom avlodni
tarbiyalash — buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish
deganidir»
1
.
Dostları ilə paylaş: