80
madaniyatshunOslik asOslaRi
ajratib oladi. Aloqa va munosabatlarning bunday toifasi odatda qonun nomi
bilan yuritiladi.
Fan voqealar tizimini belgilaydigan obyektiv qonunlarni, juda uzoq va yaqin
o‘tmishdagi voqea-hodisalar mohiyatini tushuntirib, ularning ilmiy manzarasini
tiklaydi. Fan voqelikning obyektiv qonunlarini kashf etib, fan kishilarning
bugungi kun haqidagi bilimlarini kengaytirish bilan birga, tabiat va jamiyatda
kechadigan jarayonlarni nafaqat tushuntiradi, balki aql «nazorati»dan o‘tkazadi.
Nihoyat, fan obyektiv qonunlarni bilish asosida voqelikning juda rang-barang
sohalari va, umuman, ertangi kun haqida bashorat ham qilishi mumkin.
Shunday qilib, fan tadqiqot bilan uzviy bog‘langan ijodiy faoliyat bo‘lib,
buning natijasida tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilinadi.
Binobarin, fan yangi bilimlar hosil qilishning sub’ektlari, obyektlari, barcha
sharoitlari va jihatlarini o‘z ichiga oladi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
— olimlar, ularning
bilimlari va qobiliyatlari,
malakasi va tajribasi;
— ilmiy, aqliy mehnat
taqsimoti va kooperatsiyasi;
—
ilmiy muassasalar, eksperimental
va laboratoriya uskunalari;
— tadqiqotning ilmiy uslublari, tushunchalari va ilmiy informatsiya
tizimi;
— ilmiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan bilimlarning butun ko‘lami
va yig‘indisi va h. k.
Tarixiy taraqqiyot shundan dalolat beradiki, fan ijtimoiy mehnat taqsimoti
natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib
chiqishi hamda, olamni bilish inson faoliyatining alohida turiga aylanishi
mahsulidir.
Fanning paydo bo‘lishini ta’minlagan zaruriy shart-sharoitlar dastavval
Qadimgi Sharq mamlakatlari — Misr, Vaviloniya, hindiston, Xitoy, Markaziy
Osiyoda yuzaga kelganligi tarixdan ma’lum. Bu yerda dastavval tabiat va jamiyat
to‘g‘risida shakllangan tasavvurlardan umumiy xulosalar chiqarishga ehtiyoj
tug‘ilgan, oqibatda matematika, astronomiya, mantiq, axloqshunoslikning ilk
namunalari paydo bo‘lgan. Sharqda erishilgan bunday yutuqlar eramizdandan
oldingi IV asrdan boshlab qadimgi Yunonistonda yanada boyitiladi, tizimga
solinadi, ijodiy rivojlantiriladi.
Qadim zamonlardan boshlab fanning asosiy funksiyasi olamni tushuntirishga
yo‘naltirilgandir. Olamni bilish bilan shug‘ullanish negizida insonning dunyoni
idrok etish doirasi kengayib, o‘zini tabiatning bir bo‘lagi sifatida tushunish
haqidagi tasavvurlari ham chuqurlashadi. Fan taraqqiyotining dastlabki
davrlariga xos bunday mushohadakorlik holatlari keyinchalik yirik ishlab
chiqarish sohasining keng yo‘lga qo‘yilishi, industrial rivojlanish miqyoslarining
o‘sib borishi oqibatida cheklana boradi, endi fan inson va jamiyatning ishlab
chiqarish faoliyatini shunchaki ilmiy qayd etuvchi emas, balki uni harakatga
keltiruvchi va taraqqiyotini belgilovchi omillardan biriga aylanadi. Bu jarayonda