Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
O‘zbekiston Respublikasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash
milliy Dasturi»ning qabul qilinishi, ularda belgilangan asosiy vazifalarning
izchillik bilan amalga oshirilishi nafaqat jamiyatning moddiy kuch-qudratini,
shu bilan birga ilmiy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda.
Bu jarayonning mohiyatini qisqacha tarzda quyidagilar bilan izohlash
mumkin:
— ta’lim uzluksizligini ta’minlash. Buning oqibatida ta’limning yangicha
vorisiylik va uzluksizlik tizimini yaratish jarayoni izchillik bilan yuz bermoqda,
raqobatbardosh ta’lim muassasalari tashkil etilmoqda, bozor munosabatlari
talablariga ustuvor ahamiyat berilmoqda, bozor sharoitida ta’lim xizmati
imkoniyatlari, ilmiy kadrlar tayyorlash sifati tubdan o‘zgarmoqda;
— ta’lim jarayoni mazmuni har tomonlama ijodiy isloh qilinmoqda,
insonparvarlashtirilmoqda, boy intellektual, ma’naviy an’analar va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan davlat standartlari talabiga muvofiq yangilanmoqda,
ta’lim sub’ekti shaxsiga, uning fan va bilimlarga o‘ta beriluvchanligiga,
umumta’limiy faolligiga, mustaqil fikrlash qobi-liyatini shakllantirishga katta
e’tibor berilmoqda;
— ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar uyg‘unligiga erishil moqda.
Yangi avlodga boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslanib ma’naviy-axloqiy tarbiya berishning samarali tashkiliy,
pedagogik shakllari va usullari ishlab chiqilmoqda, qo‘llanilmoqda. Shaxsning
tarbiyasi va har tomonlama kamol topishiga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat umummadaniyati
taraqqiyotiga ko‘rsatadigan ta’siri masalasi ijobiy hal etilmoqda;
— ta’lim sifatini ta’minlash sohasida izchillik ta’minlanmoqda. Bunda
kasb ta’limi sifatini nazorat qiladigan va, ayni vaqtda, ta’limni boshqarish
organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan davlat attestatsiya xizmati tashkil
topmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanish talablariga
javob beradigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilmoqda va izchillik bilan
amalga oshirilmoqda.
— iste’dodli bolalar va iqtidorli yoshlarni ilmiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash
izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buning uchun iste’dodli yoshlarning
respublika zahirasini aniqlash ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda, ularni
o‘qitish metodologiyasi, psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlari
yaratilmoqda. Bunda nafaqat xorij tajribalaridan ijodiy foydalanish, shu bilan
birga, yoshlarning jahonning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlariga
keng yo‘l ochilmoqda;
— ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini rivojlantirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Pedagogik kadrlar obro‘-e’tiborini, mas’uliyatini ko‘tarish va professional
madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning
86
madaniyatshunOslik asOslaRi
ta’lim rivojiga samarali ta’sir etadigan tizimi yaratildi.
— fanning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq shakllarini taraqqiy ettirish ijobiy
natijalar bermoqda. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida fundamental va amaliy
tadqiqotlar qilinmoqda, ta’lim sifatini oshirishda ilmiy ishlanmalar va pedagogik
tadqiqotlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ayniqsa, fundamental va amaliy
tadqiqotlarga ustuvor ahamiyat berilmoqda, yoshlarning ilmiy-texnikaviy
ijodkorligi har jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ilmiy muassasalarning
eksperimentlar o‘tkazish faolligi ortib bormoqda;
— ishlab chiqarish bilan ta’lim tizimi integratsiyasi ta’minlanmoqda.
Bu jarayonda o‘quv-ishlab chiqarish markazlarini tashkillashtirish
rag‘batlantirilmoqda, ular zamonaviy texnikaviy jihozlanmoqda. Ishlab
chiqarish korxonalarining ilmiy-texnikaviy muammolarni yechish sohasidagi
ishtiroki, salohiyati va imkoniyatlari kengayib bormoqda, akademik, ayniqsa,
kasb-hunar kollejlariga homiyligi faollashmoqda;
— ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini boshqarish sohasida samarali hamkorlik
amal qilmoqda. Ta’limning me’yoriy-huquqiy ta’minoti mukammallashib
bormoqda, muassasalarning o‘z-o‘zini boshqarishi mustaqillashmoqda;
— ta’lim bozori rivojlanmoqda. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida
marketing yo‘li bilan xizmat ko‘rsatishning raqobat usullari shakllanmoqda,
davlat va nodavlat ta’lim muassasalari tarkib topmoqda, ta’lim va kadrlar
tayyorlash sohasida raqobat muhiti yuzaga kelmoqda, ularni davlat yo‘li
bilan nazorat qilish amalga oshirilmoqda, pulli xizmatlar tizimi hayotga kirib
bormoqda;
— ta’lim tizimini axborotlashtirish keng tus olmoqda. hozirgi zamon
informatsiya texnologiyalari, kompyuterlashtirish, kompyuter va internet
tarmoqlari orqali ta’lim jarayonini axborotlashtirish taraqqiy etmoqda,
ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televideniye va radioning ta’limning
intellektual ta’sirini oshirishdagi roli ortib bormoqda, fan va ta’limning noshirlik
imkoniyatlari kengaymoqda;
— moddiy-texnikaviy baza mustahkamlanmoqda. Ta’lim muassasalari
uchun zamonaviy binolar qurilmoqda, ularning moddiy-texnikaviy imkoniyatlari
ortib bormoqda, ta’limning barcha darajalarini kompyuterlashtirish va
axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivoj topmoqda;
— ta’lim tizimini moliyalashtirish takomillashtirilmoqda. Bu sohada
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablag‘lar tushumi, o‘z-o‘zini moddiy
ta’minlash, chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish, davlat grantlarini
qo‘lga kiritish kabi manbalar muhim o‘rin tutmoqda;
— ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ijtimoiy tegishli hamda davlatning
qo‘llab-quvvatlashi keng jalb etilmoqda. Pedagogik va ilmiy faoliyatning maqomini
yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosati amalga oshirilmoqda, bu soha xizmatchilariga
bilimni oshirish, salomatlikni mustahkamlash, hordiq chiqarish bo‘yicha tegishli
|