Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Shveysariyadagi «Forum fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida
so‘zlagan nutqida bu haqda o‘ta jiddiy va qat’iy fikrlarni bildirgan edi: «Biz
fuqarolik haqida qonun qabul qildik. Bu qonun mamlakatda yashovchi barcha
millatlarning huquqlarini shunchaki e’lon qilib qolmasdan, bu huquqlarga
kafolat ham beradi. Biz diniy aqidaparastlik va mutaassiblik xavfini bartaraf
qildik. Sovet imperiyasi barbod bo‘lganidan keyin vujudga kelgan bo‘shliqni
mana shu aqidaparastlik va mutaassiblik bilan to‘ldirishi mumkin va shunday
xavf mavjud edi»
1
Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ham kishilar ong-qarashlarida
aqidaparastlik va mutaassiblik shakllanishi xavfi mavjud bo‘lib kelgan, bu bugun
ham bartaraf etilmaganligi ma’lum. Jadid madaniyatining yirik namoyandasi
Mahmudxoja Behbudiy o‘z davrida Buxoro amirligida xonaqo va masjidlar
qurish poygasi kuchayib ketganligidan tashvishga tushib, «namoz uchun bir
erda masjid va bir mulla kifoya edi. Boshqa masjidlar o‘rniga maktablar solinib,
bunda yig‘ilgan faqir va yo‘qsullarning bolalarini o‘qitsalar edi, shuncha safil
(qo‘lidan ish kelmaydigan) kishilar o‘rniga o‘z kunini o‘zi ko‘raturgan bir to‘da
faol odamlar yetishar edi», deb yozgan edi. Shu nuqtai nazardan respublikamiz
rahbariyati tomonidan bu sohada olib borilayotgan oqilona siyosat o‘zining
ijobiy samarasini berayotganligi ravshan.
Ikkinchidan, islomiy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi, ma’naviy fazilatlari
negizini tashkil etishi sir emas. Ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish yo‘lidan
borayotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan paytda milliy-tarixiy turmush
tarzimizni, xalqning urf-odatlarini, an’analarini, fikrlash usulini hisobga olish
bilan birga diniy qadriyatlarning milliy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liq holda
namoyon bo‘lishini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Uchinchidan, din barcha millat kishilari uchun muqaddas ruhiy boylik
bo‘lib, ularni ezgulikka, poklikka chorlaydi. Din nafaqat oxiratda, balki shu
dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Yaxshilikni
istovchi har bir kishi boshqa kishilar qalbiga ezgulik va mehr-muruvvat nurini
bag‘ishlamog‘i kerak, yomonlik yo‘liga kirgan odam esa shu fe’l-atvori uchun
yorug‘ dunyoning o‘zida jazosi va ajrimini oladi. Bu axloqiylikning islomiy
tamoyilidir. «Kimning amali qanday bo‘lsa, unga shunday amal bilan javob
qaytariladi, — deb yozadi buyuk alloma G‘azzoliy, — u bu dunyodan yaxshi va
yomon har turli amallarning javobini ko‘rmagunicha ketmaydi. U bu dunyoda
o‘z amallariga yarasha muomala ko‘radi»
1
. Islom qoidalariga ko‘ra, olam
1
I. A. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 52—53-b.
2
I. A. Karimov. Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo‘lmaydi. //Xalq so‘zi, 1995, 7
noyabr.
92
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxshiliklar va ezguliklarga to‘la, insonning komil bo‘lishligi uchun imkoniyatlar
yetarli. Shubha yo‘qki, xalqimizning ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda
o‘zligi islom dini tufayli uzoq vaqt saqlanib kelmoqda.
To‘rtinchidan, din o‘z mohiyati jihatidan axloqiy va ma’naviy fazilatlarni
qayta tiklashga da’vat etilgandir. Diniy e’tiqodlarga keng yo‘l ochilgan, din
mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning
axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Bu o‘rinda buyuk alloma Bahouddin
Naqshbandning quyidagi so‘zlari ibratlidir: «Ibodat o‘n qism, o‘ndan to‘qqiz
qismi halollikni qidirish, bir qismi esa boshqa ibodatlardir»
2
. Buning ma’nosi
shuki, har bir kishi o‘z mehnati bilan topgan samarasi, mahsuloti hisobiga umr
kechirishi kerak. Darhaqiqat, din, ayni paytda, shakllangan axloqiy qoidalar
majmuasi, unda xalq axloqiy kamolotining bosh va asosiy talablari mujas-
samlashgandir. Bu axloqiy dastur va axloqiy ne’matlar esa hamma vaqt xalq
tomonidan vasiyat etib qoldirilgandir.
Beshinchidan, diniy e’tiqodlar, g‘oyalar hozirgi paytda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlarning chinakam
poydevori bo‘lib xizmat qilishini ham alohida ta’kidlash lozim. Iqtisodiy, siyosiy,
demokratik islohotlarning moddiy kuchga aylanishi, shubhasiz, shu faoliyat
sohiblari bo‘lgan insonlarning halolligi, o‘z burchiga sadoqati kabi omillarga
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shuningdek, bu tizimda xalq va mamlakatning
osoyishtaligi, ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu
ma’noda, islom tinchlik, iymon, ehson, poklik, vatanparvarlik dinidir.
Tarkiban o‘ta murakkab bo‘lgan bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida
insonning fe’l-atvori, xulqi, odobi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida
shakllanadi. Jumladan, shaxsning nafaqat oilaviy hayotiga, balki kasbiga,
faoliyatiga, mansabiga, burchiga munosabatlari shariat talab va tamoyillari
ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Sir emaski, shariat musulmonlar hayotidagi
barcha tamoyillar, me’yorlar, mezonlar, talablarni o‘zaro yaxlit holda tushunadi,
ularni faoliyat sohiblari xatti-harakatiga tadbiq etadi. Boshqacha aytganda,
fuqarolar, jamoalarning ma’naviy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati nafaqat
dunyoviy mezonlar, shular bilan bir qatorda musulmon dinidagi qadriyatlarga
tayangan holda ham qaror topadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy
islohotlarning demokratlashuvi jarayonida, I. A. Karimov aytganidek, sharqona
islomiy axloq Kodeksining ahamiyati orta boradi. Shunday ekan, bugun
siyosiy-ijtimoiy hayot haqida gap ketganda dinning, eng avvalo, ham milliy,
ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati orta borishini e’tibordan soqit
qilib bo‘lmaydi.
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 262—267-b.
|