O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
Oltinchidan, mustaqillik sharoitida din va diniy qadriyatlarlarning yuqorida 
qayd etilgan ijobiy jihatlarini e’tirof etish bilan birga, haqiqiy islomiy axloq-
odob, islomiy qadriyatlar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan aqidaparastlik, 
ekstremizmning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash olib borish 
har bir fuqaroning burchidir. holbuki, adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyati 
qurilayotgan hozirgi paytda har qanday shakldagi aqidaparastlik ijtimoiy 
taraqqiyotimiz yo‘liga to‘sqinlik qiladi.
Mustaqilligimizning ilk qadamlaridanoq dinning jamiyat ma’naviy hayotida 
tutgan o‘rni oqilona tarzda belgilab olindi.
SAN’AT
San’at inson mehnati, aql-idroki, shuuri bilan yaratilgan, vujudga kelgan, 
ijod qilingan madaniy hodisadir. San’at keng ma’noda madaniy qadriyat bo‘lib, 
badiiy qadriyatlar bilan birga ularni yaratish va iste’mol jarayonlarini qamrab 
oladi.
San’at  xuddi  fan  singari  o‘z  mavzu  doirasida  beqiyos  bilish-anglash 
imkoniyatlariga ega. Lekin san’atning badiiy bilish-anglash jarayoni o‘ziga xos 
doirada sodir bo‘ladi. San’at voqelikni badiiy vositalar orqali to‘laqonli, jozibali 
anglashga yordam beradi.
Ma’lumki, ijtimoiy ongning har bir shakli voqelikning muayyan biror bir 
tomonini aks ettiradi. San’at ijtimoiy ong shakli sifatida voqelikni badiiy-
tasvirli  shaklda  aks  ettiradi.  Insonning  bilish-anglash  faoliyati  masalalari 
bilan fanning juda ko‘p sohalari shug‘ullanadi. Masalan, tabiiy fanlar insonni 
biologik mavjudot sifatida o‘rgansa,  ijtimoiy fanlar uni shaxs sifatida tahlil 
qiladi, inson shaxsiga o‘z vazifalari nuqtai nazaridan yondashadi: ruhshunoslik 
insonning ichki dunyosini, ruhiy kechinmalarini o‘rganadi; iqtisod nazariyasi 
insonga muhim ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaraydi; siyosatshunoslik 
insonning siyosiy munosabatlar jarayonidagi o‘rni masalasi bilan shug‘ullanadi; 
axloqshunoslik insonni xulq-atvor qoidalari bilan bog‘liq holda tadqiq etadi; 
estetika insonning voqelikka estetik munosabatini ochib beradi va hokazo.
Inson  badiiy  g‘oyalarning  moddiy  ifoda  topishi  uchun  zarur  qurol  va 
vositalar yaratib, o‘z kundalik hayoti mazmunini boyitishga intilib kelganligi 
ma’lum. Darhaqiqat, uzoq o‘tmishda ajdodlarimiz yaratgan tosh qurollarsiz 
biror-bir eng sodda naqsh yoki qoyalarga tushirilgan tasvirlar vujudga kelishi 
mumkin bo‘larmidi? Demak, san’at mehnat bilan uyg‘un tarzda rivojlanib 
borgan madaniy faoliyat natijasidir. Shu bois badiiy faoliyat shakllari inson 
ma’naviy  mehnati  zaminida  vujudga  kelib,  bevosita  shu  jarayonlar  bilan 
chirmashib ketgan.
Badiiy faoliyatning eng qadimgi shakllari hali bir-biridan ajralmagan holda 


94
madaniyatshunOslik asOslaRi
yaxlit ibtidoiy jamoa madaniyatining bir qismini tashkil etgan edi, bir vaqtning 
o‘zida ham ijodiy, ham oddiy xayolparastlikni o‘zida birlashtirardi. Afsonada 
insonning tabiat kuchlari oldidagi zaifligi, ojizligi aks etib, unda ilm-fan, estetik 
tasavvur kurtaklari, axloqiy qadriyatlarning eng sodda qoidalari va, shu bilan 
birga, turli yanglishishlar, «man qi lish»lar namoyon bo‘ladi.
Madaniy faoliyatning tarkibiy qismini tashkil etgan badiiy faoliyatda diniy 
ibodatli tomonlar katta o‘rin egallab, foydali-amaliy jihatlar bilan qo‘shilib 
ketgan  edi.  Masalan,  qadimgi  odamlar  yovvoyi  hayvonlarni  kamon  o‘qi 
bilan sanchib tasvirlash orqali bo‘lajak ovda o‘zlari uchun kutilgan zafarning 
muqarrarligini namoyish etmoqchi bo‘lganlar. Shu tariqa, estetik faoliyat 
voqelikni bilishga asoslanib, qadimgi odam ongida bilish bilan afsona yaxlitlikni 
tashkil etadi.
San’atning dastlabki kurtaklari ayni vaqtda murabbiy-tarbiyachi vazifalarini 
ham  bajargan. Tasvirlar,  naqshlar,  raqslar,  ertak-afsonalarda  avloddan-
avlodga  o‘tib  turgan  amaliy,  axloqiy,  estetik,  umuman,  ma’naviy  tajriba 
mujassamlashgan  edi.  Badiiy  faoliyatning  ilk  shakllari  uyushtiruvchilik, 
birlashtiruvchilik tamoyillariga ham xizmat qilgan. Yashash uchun kurash 
maqsadida va yagona manfaat asosida birlashgan jamoaning xatti-harakatlari, 
urinishlari vositasida qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan g‘alaba — ovda hayvon 
ustidan g‘oliblik (ovning samarali bo‘lishi) san’atda tasvirlanib, qadimgi odamlar 
ma’naviy hamkorligining muhim omillaridan biri sifatida ifodalangan edi.
San’atning juda ko‘p belgi va xossalari badiiy-madaniy faoliyatning ilk 
shakllarida ko‘zga tashlanib turadi, lekin ularda hali yakka shaxs omili yetishmas 
edi. Chunki qadimgi odamlar urug‘ va qabila uchun umumiy his-tuyg‘u hamda 
tasavvurlar bilan yashagan bo‘lib, o‘zini voqelikdan ajratolmagan edi.
San’atning mohiyati shundaki, uning ma’no-mazmuni boshidan oxirigacha 
shaxs bilan bog‘lanadi, shaxs bilan shakllanadi, shaxs bilan qadr topadi. Shaxs 
nafaqat san’at ijodkori, badiiy qadriyatlar yaratuvchi, shu bilan birga, san’atning 
asosiy obyekti va mavzusi hamdir.
San’at ijtimoiy hayotning murakkab, rang-barang munosabatlari bilan 
uzviy aloqador bo‘lib, bir vaqtning o‘zida u ham mehnatning alohida turi, ham 
ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus sohasi, ham ijtimoiy ongning muayyan 
shakli, ham o‘ziga xos bilim, ham ijodiy faoliyatning alohida ko‘rinishi, demakki, 
umuman madaniyat ifodasi sifatida yashab keladi.
San’at, birinchi navbatda, ijtimoiy ong shaklidir, uning boshqa barcha 
tavsiflari ana shu sifatdan kelib chiqadi va shunga asoslanadi.
San’atning  ijtimoiy  turmush  jarayonlari  bilan  bog‘liqligi  ma’lum.  Buni 
1  
  Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O‘zbekiston», 
1997.


95

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin