Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
qadimgi odamlarning moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda, ya’ni
o‘zlariga ma’qul, ko‘ngillariga xush keladigan ne’matlarni bunyod etishga
bo‘lgan ishtiyoqlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Ijtimoiy turmush san’atning
rivojlanishiga bevosita ta’sir o‘tkaza boradi, keyinchalik esa unga ijtimoiy
tuzilmalar, falsafiy-diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, ma’naviy qadriyatlar
ham ta’sir o‘tkaza bordi.
San’at bilan ijtimoiy hayotni bog‘lab turadigan juda ko‘p vositalar mavjud.
har qanday badiiy hodisa — muayyan asar yoki uslubiy yo‘nalish bo‘lmasin,
vujudga kelishi va rivojlanishida diniy, axloqiy amallarning ta’sir kuchi bilan
belgilanadi, baholanadi, o‘lchanadi.
San’at taraqqiyoti nisbiy mustaqillikka egadir. Jamiyat madaniy ravnaqining
darajasi hamma vaqt ham uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos
kelavermaganligi bois san’at ravnaqi bilan jamiyat moddiy hayoti o‘rtasida
ham hamisha mutanosiblik bo‘lavermagan. Masalan, badiiy madaniyat
namunalari, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining me’morchilik yodgorliklari
Movarounnahrda XIV—XVI asrlarda, ya’ni islom dini ta’sirida hukmron feodal
ishlab chiqarish munosabatlari tarkib topishi davrida yaratilgan. Lekin islom
omili Shohizinda, Registon, Go‘ri Amir, Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalari
kabi jahon ahamiyatiga molik me’morchilik mo‘’jizalarining vujudga kelishiga
monelik qilmadi. Shu davrga xos yuksak naqsh san’ati mis, yog‘och, suyak,
ganch va boshqalarga o‘yib bezak berish me’morchilik obidalarining ham
o‘lmas san’at asarlariga aylanishini ta’minlagan edi.
San’atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilishi vorisiylik
qonuniyatining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Vorisiylik nafaqat san’atga,
ayni vaqtda, ijtimoiy ong va madaniyatning hamma shakllariga ham taalluqlidir.
Vorisiylik jamiyat moddiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy va huquqiy ong
sohalarida ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Vorisiylik madaniy hayotning barcha jabhalarida ko‘zga tashlansa ham,
iqtisodiy zamindan ancha yiroq bo‘lgan san’atda yorqin, to‘la, har tomonlama
tarzda ifodalanishi mumkin. San’atning hamma qirralari — mavzu yo‘nalishi,
g‘oyaviy-ruhiy qoida va ohanglari, ijodiy aqidalari, uslubiy, tur va shakllarining
ifodaviy vositalari vorisiylikda yaqqol ko‘rinadi.
Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida bo‘lganidek, san’atda ham bilish va
mafkura o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan, turli tarixiy davrlarda va
san’atning turli ko‘rinishlarida bu aloqadorlik mutanosib likda amal qilgan.
Ijtimoiy ongning har bir shakli voqelikning biror bir tomonini aks ettiradi.
San’at ijtimoiy ong shakli sifatida voqelikni badiiy-tasviriy shaklda anglash
1
Madaniyat va jamiyat. — T.: «O‘zbekiston», 1993, 27-b.
96
madaniyatshunOslik asOslaRi
manbalaridan biridir. Inson san’at uchun o‘z biologik, ruhiy, ijtimoiy-guruhiy,
milliy-ajdodiy va yakka holdagi barcha belgi va xususiyatlari jihatidan o‘zaro
birlashib, yaxlit, yagona, nodir, qaytarilmas shaxs qiyofasida bosh mavzu bo‘lib
xizmat qiladi. hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi muammolari san’atda,
ko‘proq badiiy adabiyot hamda kino asarlarida kengroq aks etadi. Bu omil
shaxsga, uning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga, xulq-atvoriga ta’sir etishi tarzida
namoyon bo‘ladi. Masalan, dramaturg Sharof Boshbekovning «Temir xotin»
asarida texnik va texnologik yangiliklar (robot xotin), ilmiy kashfiyotlar emas,
balki ular ta’sirida sodir bo‘layotgan axloqiy-ruhiy jarayonlar badiiy in’ikosning
asosi qilib tanlab olingan.
Fan va texnika inson hayotida qanday ulkan ahamiyat kasb etishidan
qat’i nazar, ular san’at orqali voqelikni aks ettirishda ustuvor maqomga ega
bo‘la olmasligi o‘z-o‘zidan ravshan. Chunki san’atda ifodalanadigan ilmiy
tasavvurlar odamlar uchun faoliyat timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Mabodo,
ilmiy-texnika, ekologik va boshqaruv muam molari badiiy tasvirlanganda
obrazlarning his-tuyg‘ularidan ajralib qolsa, u yerda san’at amal qilmaydi.
San’at hissiyotlar, tuyg‘ular bilan tirik, u hissiy ta’sir etish, ibrat ko‘rsatish, tarbiya
berish qudratiga egadir.
Inson obrazi hamma vaqt ham san’atda bevosita ifodalanmasligi ma’lum.
Masalan, rassomlik san’atining manzara tasviri yoki natyurmort turida inson
qiyofasi ko‘zga tashlanib turmaydi, biroq bu mazkur asarlarda inson qiyofasi
aks etmaydi, degani emas, albatta. Binobarin, inson his-tuyg‘ularining eng
nozik va eng jozibali qirralari manzara tasvirida aks etishi sir emas. O‘rol
Tansiqboyev, Ne’mat Qo‘ziboyev, Rahim Ahmedov, Ro‘zi Choriyev kabi o‘zbek
musavvirlarining manzarali tasvir asarlari insonda yorqin ma’yuslik, beozor
shodlik, tashvishli ehtiros, ko‘tarinki ruh, hayotbaxsh orzu-umidlar, ijodkorlik
va yaratish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Tasviriy san’atning natyurmort turi ko‘proq jonsiz narsalar–mevalar, gullar,
ichimliklar tasviridan iborat bo‘lsa-da, bu xil asarlar mavzui ham baribir inson
va uning hayotidir. Masalan, golland musavviri Vilem Xedaning «Somsa va
nonushta» natyurmortida o‘ta mahorat bilan chizilgan qadah, g‘ijimlangan
dasturxon, unga to‘kilgan may tasvirlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, kartinadan
nafaqat shisha, dasturxon ko‘rinishini, ehtiyotsizlikdan to‘kilgan mayni, balki
insonning iliq nafasini, uning mahoratli qo‘llari mazkur manzarani yaratganini
aniq his etamiz. Bizni hozirgina sodir bo‘lgan inson dramasini sezish hissi
chulg‘ab oladi.
1
I. A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 22-b.
|