66
madaniyatshunOslik asOslaRi
munosabatlar haqidagi qarashlar tizimidan iboratdir. Iqtisodiy mafkuraning
negizida inson, jamiyat, sinf va tabaqalarning o‘z iqtisodiy manfaatlarini anglab
yetishini ifodalaydigan g‘oyalar va qarashlar majmuasi yotadi.
Iqtisodiy faoliyat iqtisodiy madaniyatning muhim komponenti bo‘lib, u
«tirikchilikni ta’minlash usuli, uning vositalari majmuidir». Uning tarkibiga,
eng avvalo, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish kiradi, chunki bu narsa
faoliyat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, nafaqat mehnatni, balki
mehnat mahsulini o‘zlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Inson iqtisodiy
faoliyatning sub’ekti hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyatdan ma’lum maqsad
kutiladi, u ham bo‘lsa, hayotiy ehtiyojlarni qondirishdir. Uning aniq shakli
xo‘jalik yuritish bo‘lib,
uning asosida mehnat yotadi
1
.
har qanday iqtisodiy fikr, har qanday yuksak ong faoliyatda o‘z ifodasini
topa olsagina iqtisodiy madaniyat hodisasiga aylanishi mumkin. Shu sababli
ilg‘or iqtisodiy tafakkur va ong insonning xatti-harakatlarida, iqtisodiy xulqi va
odobida yuzaga chiqishi zarur.
Iqtisodiy odob — bu insonning iqtisodiy faoliyati jarayonida amalga
oshiriladigan izchil ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlari majmuidir. Iqtisodiy
faoliyatning mazmunini anglash ijtimoiy-iqtisodiy odobning mohiyatini
tushunishga yordam beradi. Chunonchi, korporativ etika degan tushunchani
olib ko‘raylik. U ma’lum korporatsiyaga tegishli, uning barcha a’zolari uchun
majburiy bo‘lgan xulq qoidalarini ifoda etadi.
Faoliyat maqsad, vosita, jarayon va uning natijalaridan tashkil topadi.
Iqtisodiy tafakkur bilan iqtisodiy ong muayyan iqtisodiy odobning mayli va
maqsadi hisoblanadi. Bunda kishilar o‘z xatti-harakatlarida muayyan bilimlarga,
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga, xo‘jalik tajribalari, iqtisodiy bilimlar tarixiga
hamda, ilg‘or amaliyotga suyanadilar. Iqtisodiy ong shu ma’noda faoliyatning
fikriy obrazidir.
Iqtisodiy madaniyat tarkibida iqtisodiy munosabatlar alohida o‘rin tutadi.
Ular obyektiv yo‘singa ega bo‘lib, umuman madaniyat, xususan, iqtisodiy
madaniyatning moddiy negizini tashkil etadi, ijtimoiy, shu jumladan, iqtisodiy
ongni
belgilaydi, ularda o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy munosabatlarning mohiyati ishlab chiqarish darajasinigina emas,
balki mulkchilik, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol muammolari, demakki,
mulk, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol bilan bog‘liq ravishda tarkib topadigan
munosabatlarni aks ettiradi. Iqtisodiy munosabatlar, sodda qilib aytganda,
mulkka asoslanib amal qiladigan munosabatlardir. Ular nafaqat moddiy, balki
butun nomoddiy sohalarning ham zaruriy unsuri sifatida iqtisodiy faoliyat
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 172-b.