O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/65
tarix15.05.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#58032
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
qolayotganligining boisi ham ana shundadir.
Madaniyat tarkibiga kiruvchi barcha sohalar (ilm-fan, texnika, san’at, ta’lim-
tarbiya, sport va h. k.) yuqori bosqichga ko‘tarilgan hozirgi davrning butun 
insoniyatni hayratga soluvchi hazrat Navoiylari, Qodiriy va Fitratlari qani?
Nega o‘zbek sovet madaniyati yurtimizda Andrey Saxarov, Chingiz Aytmatov 
singari jahonga mashhur shaxslar tipini yaratmadi? Bunday savollarga javob 
berishdan oldin madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan shaxsning mohiyati va 
mazmuni haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
O‘zgargan har bir yangi tarixiy davrda «Inson nima?», «Shaxsning jamiyat 
taraqqiyotidagi  o‘rni  qanday?»  kabi  savollarga  ilmiy  asosda  javob  berish 
zarur bo‘lgani singari vujudga kelgan yangi tarixiy davrda madaniyatning 
mohiyati  va  funksiyalarini  yangicha  idrok  etish  ijtimoiy-siyosiy  fanlar  va 
madaniyatshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Agar milliy madaniyat 
yangi  davr  ruhi  va  uning  tub  yo‘nalishlarini,  shuningdek,  ijtimoiy-siyosiy 
rivojlanish strategiyasini idrok etmasa va milliy mahdudlik qobig‘iga o‘ralib 
qolsa,  davr  talablariga  javob  bera  oladigan  inson  shaxsini  shakllantira 
olmaydi.
Prezident  I.  A.  Karimov  o‘zining  «Barkamol  avlod  —  O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori» va boshqa asarlarida barkamol inson shaxsiga xos 
muhim fazilatlar sifatida tashabbuskorlik, mardlik, bilimdonlik, ishbilarmonlik, 
vatanparvarlik, sobitqadamlik kabi xislatlarni alohida ta’kidlab, erkin fikr, 
mustaqillik tuyg‘usi shaxs kamolotida muhim ahamiyatga ega ekanligini 
ko‘rsatadi. Darhaqiqat, milliy mustaqillik yosh avloddan yangicha sifat va 
fazilatlarni talab eta boshladi. Demokratik taraqqiyot o‘zining tub mohiyatiga 
ko‘ra mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, yangiliklarga intiluvchi ijodkor 
shaxslarning sa’y-harakatlariga, ularning yaratuvchanlik faoliyatiga tayanadi. 
Tarixni chuqur bilmay turib, kelajakni yaratish mumkin bo‘lmagani singari 
milliy madaniy merosimizning barcha ijobiy, progressiv yutuqlarini chuqur 
o‘zlashtirmay turib, yangi davr talablariga javob bera oladigan barkamol 
avlodni shakllantirib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot yoshlarning keksa 
avlodga, ajdodlarimizga nisbatan kuchliroq, bilimdonroq, dono va aqlliroq 
bo‘lishini taqozo etadi. Prezident I. A. Karimov «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra 
kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishlari shart» deganida Vatanimizning 
porloq istiqboli yoshlarimizning ilm-fan asoslarini chuqur egallashiga bevosita 
bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Jamiyatdagi mavjud siyosiy tuzum madaniyat taraqqiyoti uchun qulay 
shart-sharoit  yaratishi  yoki,  aksincha,  undagi  barcha  ijobiy,  progressiv 
elementlarning  rivojiga  xalaqit  berishi  ham  mumkin.  Chunki  yuqorida 
ta’kidlanganidek, madaniyat uchun statika va dinamika xos bo‘lib, agar mavjud 
siyosiy tuzum tub demokratik o‘zgarishlardan hadiksirasa, madaniyatning statik 


52
madaniyatshunOslik asOslaRi
(konservativ) xususiyatlaridan unumli foydalanishga zo‘r beradi. Agrar ishlab 
chiqarishga asoslanuvchi jamiyatning madaniyat strukturasida diniy bilim va 
qadriyatlar muhim rol o‘ynaganligi, diniy ta’limot va falsafaning agrar ishlab 
chiqarishning cheklanganligiga mos ravishda shaxs ehtiyojlarini cheklashga 
zo‘r  berganligini  tasdiqlovchi  tarixiy  faktlarni  ko‘plab  keltirish  mumkin. 
Sanoat ishlab chiqarishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan demokratik 
siyosiy tuzum madaniyatning taraqqiyparvarlik funksiyasini to‘laroq ro‘yobga 
chiqarishga, qoloqlik, tanballikni targ‘ib etuvchi o‘tmish madaniy merosdan 
sabot bilan voz kechishga, ilm-fan va shaxs erkinligini qo‘llab-quvvat lashga 
zo‘r beradi.
Insoniyat tarixining tub burilish davrlarida, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum dan 
yangisiga o‘tish davrlarida madaniy merosga munosabat masalasi eng dolzarb 
ijtimoiy-siyosiy muammo hisoblanadi. Zero, o‘tmish madaniy merosida o‘tmish 
ruhi, konservatizm, turg‘unlik va, ayni vaqtda, progressiv elementlar, yangilik 
va ijobiy xususiyatlar mavjud bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib 
chiqadigan siyosiy tizimgina madaniyatning yaratuvchan, ijobiy va progressiv 
xususiyatlaridan to‘laroq foydalanishga intiladi.
Shaxs — mavjud siyosiy tuzumni, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishga 
kuchli  ta’sir  ko‘rsatuvchi  madaniyatli  insonning  sotsial  sifatidir.  Inson 
madaniyatning barcha ilg‘or yutuqlarini chuqur o‘rganish orqali o‘zida qator 
sotsial sifatlarni shakllantiradi. Mustahkam imon-e’tiqod — shaxsning eng 
muhim sotsial sifati hisoblanadi. Imon va e’tiqodning shakllanishida din, ta’lim-
tarbiya va ijtimoiy-siyosiy muhit katta rol o‘ynaydi. Din ma’naviy madaniyatning 
muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  odamlar  o‘rtasidagi  munosabatlarni 
takomillashtirish,  ijtimoiy  barqarorlik,  totuvlik,  tinchlik  va  hamjihatlikni 
ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Din — umumbashariy qadriyat sifatida 
kishilarda axloqiy fazilatlar, insoniy sifatlarni shakllantiradi.
Shaxs abadiylik, ezgulik haqidagi tushuncha va tasavvurlarni diniy e’tiqod, 
diniy tarbiya va ta’limotlar vositasida egallaydi. Mustahkam imon-e’tiqod 
shakllanishi bilan kasb-kor, faoliyat shaklining qandayligidan qat’i nazar shaxs 
jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy jarayon larga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Shaxsning kamol topishi, unda mustahkam imon-e’tiqodning shakllanishi 
individ uchun g‘oyat mashaqqatli va ziddiyatli jarayon sifatida kechadi. Shaxs 
olamni bilish orqali o‘zligini anglashga, o‘z «men»ligini bilish orqali olam 
mohiyatini chuqurroq bilishga erishadi. Shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalovchi, o‘z 
faoliyatiga tanqidiy baho beruvchi, o‘z-o‘zini nazorat qiluvchi sifatida muttasil 
ravishda kamolotga intiladi.
Milliy  madaniyatimiz  tarixida  chuqur  iz  qoldirgan  ulug‘  mutafakkirlar 
inson shaxsi kamol topishining eng umumiy qonuniyatlarini ochishga harakat 
qilganlar. Buyuk mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy o‘z «Vasiyatnoma»sida 


53

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin