O‘zbekiston respublikasi o‘rta maxsus va oliy talim vazirligi


II.BOB. ZAMONAVIY TARBIYACHIGA XOS BO`LGAN SIFATLAR HAMDA ULARNING ROLI



Yüklə 49,89 Kb.
səhifə4/10
tarix18.05.2022
ölçüsü49,89 Kb.
#58451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KURS ISHI. Ikrombekova Maftuna

II.BOB. ZAMONAVIY TARBIYACHIGA XOS BO`LGAN SIFATLAR HAMDA ULARNING ROLI
2.1. Tarbiyachi va nutq madaniyati.

O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti oliy majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqida shunday fikrlar keltirilgan “ Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish ularning ma’lumotini malakasini oshirish kabi dolzarb masalalarga duch kelmoqdamiz tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishimiz uchun avvalo tarbiyachining o’zi bilimga ega bo’lishi kerak” .


Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo’lishi uning nutqi quyidagi hususiyatlarni o`zida aks ettirishi kerak:

  • Nutqning to’g’riligi ;

  • Nutqning aniqligi;

  • Nutqning ifodaliligi;

  • Nutqning sofligi;

  • Nutqning ravonligi;

  • Nutqning boyligi4.

Bu kabi jihatlar tarbiyachi uchun nutq madaniyatining asosiy vazifasi bo’lib xizmat qiladi.
Tarbiyachi nutq madaniyati – ijtimoiy madaniyatini, kishilik jamiyatining madaniyatini aks ettiruvchi bir ko’zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli – yozma va og’izaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor birgina tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o’zlashtirish talab qilinadigan insoniy vazifalaridan biridir. Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog’liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’aviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini tafakkurini ilmiy dunyo qarashini boyligini fikr va mushohada yuritishini belgiovchi meyordir. Tarbiyachi nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan kasb faoliyati natijasida yillar davomida takomillashib sayqalanib boraverdi. Tarbiyachining nutqiy qobiliyati adniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat tarbiyachining shijoatig bog’liq. Shu qobilyat tufayli tarbiyachining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi tarbiyachining nutq madaniyatiga hos bo’gan vositalarni pedagog – tarbiyachi unutmasligi kerak:

  1. Nutq madaniyati tarbiyachining ma’naviy axloqi kamolati takibiy qismidir. Zero nutq millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko’rsatuvchi o’z ona tilimizga e’tiqodninamoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.

  2. Nutq madaniyati tarbiyachilarni madaniiy va ma’naviy saviyasi bilan hamda adabiy tilni bilishi bilan boshqa kasb egalaridan alohida ajratilib turiladi.

  3. Tarbiyachi nutq madaniyatining maqsadi erkin fikr egasi bo’lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo’lib yetishdan qatiy nazar ma’naviy jihatdan qatiy nazar.

  4. Nutq madaniyati – u avvalo tarbiyachilarda nutqiy ko’nikma va nutqiy malakalrni hosilqiladi bu ko’nikma pedagogik faoliatda takomillashib boradi maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muofaqqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.

  5. Nutq madaniyatiga o’zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun tarbiyachi adabiy til qonuniyatlarini bilishi,

  6. badiiy adabiyat asarlarini doimiy o’qib borishi, she’rlar yod olishi va uni ifodali o’qiy olishi, radio va telvidinya eshittirishlarini kuztib borishi lozim.

  7. Tarbiyachi nutq madaniyatini egallashining yana bir ko’rinishi nutqiy taqlid bo’lib, yosh tarbiyachilar o’zidan yaxshiroq, chiroyliroq , ma’noli va ta’sirchan nutq so’zlaydigan ustoz tarbiyachilarning nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o’rganishi mumkin.

Tarbiyachining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega zero nutq vositasida tarbiyachi bolaning his tuyg’ularini ug’otadi tarbiyachilar bilan ongli muloqotni taminlaydi , ta’lim tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi, buning uchun bo’lajak tarbiyachi avvalo nutq sirlarini uning o’quvchilar bilan bo’ladigan muloqatda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. Nutq madaniyatini unining qonun qoidalarini yaxshi tushnish aniq ravshan ifodali nutq tuza olish tilning ifodali vositalaridan mazmuniga uslubga ko’ra nutqiy vaziyatga qarab o’rinli foydalana olish mahoratdir. Tarbiyachi modelining nutqiy madaniyatini shakllantirishda uning mustaqil fikrlashi,fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og’izaki va yozma shakllarda to’g’ri va ravon ifodalashi bu tarbiyachining nutqiy savodxonligini yanada shakllantirishiga yordam beradi.
Bu ko’nikmalarni shakllantirish avvalambor o’zbek tilining so’z boyligini o’rganish , so’zlarning ma’nodosh shakllarini va ularning zid ma’nolarini tuza olish yozma matn mazmunini ma’no qirralari grammatik munosabatlarini aniqlashda tinish belgilarining ahamiyatini o’rganish ma’nodash so’zlarning nutq uslublari maqsadidan kelib chiqib tanlash, gaplarning matnlarning , asosiy va yordamchi qisimlarini aniq ajrata olish malakasiga bog’liq. Tarbiyachining nutq madaniyati va notiqligi odamlar bilan jonli muloqotga asoslangan bo’lib, rahbarga nafaqat o’z vakolati va doirasidagi ishlarni samarali tashkil etishda balki aniq yorqin va odamlarga tanish yaqin va tushunarli fakt va misollar yordamida mustaqil O’zbekistonda kechayotgan islohatlarning yutuqlarini ko’rsatish hukumat olib borayotgan ta’lim tarbiya jarayoniga tegishli farmonlari va hukumat qarorlarini to’g’ri tushungan holda ta’lim sifatini shakllantirish, bolalrning bunyodkorlik hisini yanda rivojlantirish va uning ongi va qaliga ta’sir o’tkazish imkoniyatini beradi. Tarbiyachi nutq madaniyatini aniq tassavur etmasa u noto’g’ri gapiradi. Pedagokning tili so’zi qanchalik oddiy bo’lsa shunchalik ravhan bo’ladi. So’z qanchalik o’z o’rnida ishlatilsa nutqni shunchalik jozibali kuchli, ishonchli qiladi. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tarbiyachining bilim doirasini hal etuvchi jarayonlardan biri bo’lib xizmat qiladi.Tarbiyachi o’z nutqi obyektini yaxshi bilgan uning mohiyatini puxta anglagan, mavzuni chuqur faxmlagan bo’lishi zarur.Tarbiyachi nutq so’zlayotganda mustahkam ishonch bilan gapirsa so’zlar ham to’g’ri va aniq kelaveradi tinglovchini beixtiyor o’ziga jalb qiladi, uning fikri qancha teran bo’lsa, so’zlar ham shu qadar jarangdor, ishonarli bo’ladi.
Nutqning to’griligi asosan ikki meyorga urg’u va grammatik meyolarga amal qilishni taqazo etadi. Nutq jarayonida ma’noni to’g’ri anglatish uchun so’zdagi gapdagi so’z urg’usining tog’ri ishlatilishiga e’tibor qilishimiz lozim. Nutq qurilishining grammatik shakllarini farqlay olish s’zlarning mazmuniy bog’lanishlarga qarab joylashtirish, grammatik meyorlarni bilish, og’izaki va qo’shimchalar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish , ega kesim mosligini bilish, ikkinchi darajali bo’laklarning ularga bog’lanish yo’llarini yaxshi anglash lozim bo’ladi.
Nutqning aniqligi – aniqlik ham nutqning asosiy kamunikativ sifatlaridan biridir. Agar to’g’rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili zaruriy belgi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladiga tildan tashqari bo’ladigan omillarni ham nazarda tutish lozim bo’ladi.bunda dastlab til va tafakkur munosabati turad, chunki tabiyat va hodisalar o’rtasidagi mutonosiblik va uning nutqda aks etishi shu anilikning huddi o’zidir.
Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to’g’rilik va anilik bilan chanbarchas bog’langandir. Chunki grammtik jihatdan to’g’ri tuzilmagan nutq ham fikr ifoda etish uchun mofaqqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham nutqning buzulishiga olib keladi mantiqiy izchillikning buzulishi tinglovchi va tarbiyalanuvchiga ifodaniyotga fikrning to’liq borib yetmasligiga, ba’zan umuman anglashilamsligiga sabab bo’lishi mumkin.
Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiylik til me’yorlariga amal qilmaslik tushuniladi yaxshi namunaviy nutq hozirgi o’zbek adabiy tiliga uning dolzarbligiga mos holda shakllangan bo’lishi turli g’ayritabiy va g’ayri axloqiy til elementaridan holi bo’lishi kerak.
Nutqning ta’sirchanligi nutqning ijro etilishida unga ma’lum bir voqea hodisa haqida ma’lumot berishdan tashqari yana bir maqsad – tinglovchi ongi va ruhiyatiga ta’sir etish vazifa qilib qo’yiladi shuning uchun ham ta’sirchanlik nutqning asosiy sifatlaridan biri hisoblanadi, hamda to’g’rilik va aniqlik ham mantiqiylik tozalik tinglovchiga yoki bolaga ta’sir etishga qaratilgan bo’ladi. Nutqning shaxslarga qanday ta’sir etishida va ularning qanday ta’surot notiqning nutqiy jarayoni davomida o’zini qanday tuta bilishi, test va hatto kiyinish kabi omillarning ham ahamiyati bor nutqning mazmuni qanchalik boy bo’lsa, uning shakli ham shunchalik rang barang bo’lsa ham munosib jilo va sayqal berilishi badiiy bo’yoqlar bilan jozibali qilinishi tasvirlar bilan boyitishi darkor.
Tarbiyachi nutqi qanchalik tushunarli va ravon bo’lsa tarbiyalanuvchilar olayotgan ta’lim-tarbiya sifati shuncha yaxshilanadi. Tarbiyachi nutqining jarangdorligi va o’z nutqida adabiy jihatlarga e’tibor qaratishi ta’lim olayotgan har bir tarbiyalanuvchining so’z boyligining rivojlanashiga turtki bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda har bir pedagog o’z nutqiga e’tibor berishi va o’z nutqi ustida yanada ko’proq ishlamog’i lozim. Jamiyatda tarbiyachi modelini yaratishning nutq madaniyatini shakllantirar ekanmiz uning har bir jihatiga e’tibor qaratishimiz lozim.


Yüklə 49,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin