O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Subyektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda 
boshlang‘ich hujjatlarning taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va 
satrlarni kiritish huquqiga egadirlar. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag‘larning mavjudligi va 
ularning ma’lum bir sanaga bo‘lgan manbalari va moliyaviy hisobot tuzishni 
aniqlash mumkin bo‘lgan tahliliy va jamlama hisob registri bo‘lib hisoblanadi. 
Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni 
Boshlang‘ich hujjatlar 
Kassa 
kitobi 
Xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish 
jurnali 
Qaydnomalar 
Bosh kitob 
Moliyaviy hisobot shakllari 


148 
xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo 
boshlang‘ich hujjatlar ma’lumotlari asosida, yoki bo‘lmasa qaydnomalarning 
yakuniy ma’lumotlari asosida to‘ldirish mumkin. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida, 
uni operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar 
shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda daftar birma-bir tiqilishi va 
raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh 
buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr 
izi bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular 
mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar 
summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng «Operatsiyalar mazmuni» 
ustunida har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik 
operatsiyalari xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. 
Bunda, Daftarda «Nazorat summasi» ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid 
summalar ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar va ularning manbalari muvofiq 
turlarini hisobga olish schyotlarining «Debet» va «Kredit» ustunlari bo‘yicha bir 
vaqtning o‘zida aks ettiriladi. 
Barcha schyotlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlari 
umumiy yakuni va «Nazorat summasi» yakuniga teng bo‘lishi kerak. 
Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha 
zarur schyotlar keltirilishi mumkin. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansi 1-son shakl, 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik 
moliyaviy hisobotni taqdim etadilar.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin