O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 017 yil fevraldagi 4947-sonli


 Buxgalteriya hisobi bo‘yicha jamoat tashkilotlari, ularning



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/102
tarix07.07.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#136078
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

10.2. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha jamoat tashkilotlari, ularning
roli va ahamiyati 
 
Moliyaviy ishlarni, shu jumladan buxgalteriya hisobi yuritishdagi xatolar 
korxonalarga qimmatga tushadi. Penya va jarimalar tarzidagi sanksiyalar ularning 
bevosita oqibatlaridir. Bundan tashqari, noto‘g‘ri buxgalteriya axboroti va uning 
talqini, moliyaviy rejalashtirishdagi xatolar tufayli korxona menejerlari, korxonani 
tezkor boshqarish uchun mas’ul shaxslar, kreditorlar va investorlar (mulkdorlar) 
noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishlari mumkin, ularning oqibatlari xo‘jalik yurituvchi 
subyektning miqyosi, uning kapitali tarkibi va shakllariga bog‘liqdir. Agar korxona 
mulkdori bitta, ishlovchilarning soni kam bo‘lsa, yo‘qotishlarning miqyosi 
unchalik katta ijtimoiy oqibatlarga olib kelmaydi. Yirik korxonalardagi 
buxgalteriya xatolarining oqibatlari salmoqli zarar, hatto bankrotlik bilan tugashi 
mumkin. Xuddi shu gap salmoqli kapital va ko‘p sonli hissadorlarga yoki asosiy 
davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga ham taalluqlidir. Agar 
biznesning miqyoslari, mulkchilik tarkibi va shaklini e’tiborga olsak, buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy boshqaruvning sifati, iqtisodiy ahamiyatdan tashqari, ijtimoiy 
ahamiyatga ham egaligi shubhasizdir. 
Korxonada buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv sohasida yo‘l qo‘yi-
ladigan xatolarning sababchisi ushbu vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalarning 
noratsional tuzilganligi hamda ular xodimlarining malakasi pastligi bo‘lishi 
mumkin. Ko‘pincha yirik korxonalar mulkdorlarining vakillari, masalan, kuzatuv 
kengashlarining a’zolari ichki nazorat tizimi haqida oz bilimiga ega bo‘lib, 
moliyaviy bo‘linmalarni tashkil etish masalalari va ular rahbarlarining malakasiga 
qo‘yiladigan talablarda ijro menejmentiga tayanadilar. 
Mamlakatimizda faqat yirik korxonalar va davlat ulushiga ega bo‘lgan 
aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy rahbarlarining ma’lumotiga nisbatan yagona 
talablar belgilangan. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra 
buxgalteriya hisobini yuritish va ichki nazoratni ishlab chiqish uchun javobgarlik 
korxona rahbarining zimmasiga yuklatilgan. Bu bilan ijro menejmentiga 
javobgarlik yuklatiladi va moliyaviy rahbarlar malakasiga nisbatan talablar 
belgilanmaydi. 
Uncha katta bo‘lmagan korxonaning xususiy mulkdoriga nisbatan olganda 
bu – tamomila to‘g‘ri qoida. Biroq ommaviy kompaniyalar (aksiyadorlik 


185 
jamiyatlari) uchun bu yetarli emas. Rivojlangan mamlakatlarning korporativ qonun 
hujjatlari va ishbilarmonlik amaliyotida moliyaviy boshqaruv hamda buxgalteriya 
hisobi tarkibiy qismi bo‘lgan ichki nazorat tizimini tashkil etishga yanada jiddiy 
talablar qo‘yilgan. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonda ham korxonaning moliyaviy hisoboti ustidan 
nazorat tizimini rivojlantirish va uning sifatini oshirish bo‘yicha muayyan 
qadamlar qo‘yildi. Ular sirasiga tashqi audit sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, ommaviy kompaniyalar va 
mulkida davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalarda auditorlik tekshiruvlarini 
o‘tkazishning majburiyligi to‘g‘risidagi talablarni joriy etish hamda belgilashni 
kiritish mumkin. Ularga Vazirlar Mahkamasining «Ustav fondida davlat ulushi 
bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur 
darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarorini 
(16.10.2006 
yildagi 
215-son) 
ham 
kiritish 
mumkin. 
Qaror 
ommaviy 
kompaniyalarning ichki audit xizmatini barpo etish majburiyligi, uning faoliyati 
reglamenti va bunday xizmatlarning xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablarini 
belgilaydi. Biroq, bizningcha, ommaviy kompaniyalarni moliyaviy boshqarish 
sifatini oshirish va moliyaviy hisobotning ochiq-oshkoraligini ta’minlash 
maqsadida me’yoriy bazani rivojlantirishni davom ettirish lozim. Ushbu ish ko‘p 
qirrali bo‘lib, uzluksiz davom etishi kerak.
Mustaqil Imtihon markazining faoliyati amaldagi qonun hujjatlari, Imtihon 
markazi ustavi, mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi, shuningdek 
respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlari tomonidan 
tasdiqlanadigan alohida Imtihon markazi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga 
solinadi. 
Quyidagilar Imtihon markazining vazifalari hisoblanadi: 
a) imtihon modullarini ishlab chiqish; 
b) imtihonlarni boshqarish; 
c) imtihon ishlarini baholash; 
d) da’vogarlarga imtihonlarning natijalarini berish; 
e) imtihon ishlarining tegishlicha saqlanishini ta’minlash; 
f) Imtihon markazi xodimlari tomonidan axborotning maxfiyligini ta’minlash. 
Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalari: 
a) o‘z veb-saytlarida imtihon o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida 
axborot joylashtiradilar; 
b) da’vogarlardan mazkur Nizomning IV bo‘limiga muvofiq sertifikatlar olish 
uchun ilovalar bilan birga arizalarni qabul qiladilar va ijobiy qaror qabul 
qilinganda da’vogarga sertifikat beradilar; 


186 
c) o‘z ustavlariga muvofiq o‘zlarining a’zolari - sertifikat egalari tomonidan 
buxgalterlar Odob-axloq kodeksiga, boshqa ichki nizomlarga rioya etilishi va 
malaka oshirish kurslarini o‘z vaqtida o‘tishlarini nazorat qiladilar; 
d) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda berilgan 
sertifikatlar va ular egalarining malaka oshirish kurslarini o‘tishlari to‘g‘risida 
axborot taqdim etadilar.
Xalqaro buxgalteriya standartlarining rivojlanishi 1973-yilda rasman 
Xalqaro Buxgalteriya Standartlari Qo‘mitasining tuzilishi bilan boshlangan. Bu 
qo‘mita 9ta davlatdagi professional buxgalteriya bo‘limlarini o‘z ichiga olgan. 
(Avstraliya, Kanada, Fransiya, Yaponiya, Meksika, Yangi Zelandiya, Birlashgan 
Qirollik, Irlandiya, Qo‘shma Shtatlar Va Germaniya) Uning maqsadi dunyo 
bo‘ylab barcha mamlakatlar foydalanishi uchun mos bo‘lgan xususiy sektorlar 
uchun buxgalteriya standartlarini yaratish edi. 2005 yilgacha, Xalqaro Buxgalteriya 
Standartlari quyidagi yo‘llarda ta’sirli bo‘lgan. Bu standartlar milliy standartlari 
yo‘q bo‘lgan davlatlarning foydalanishi uchun qabul qilingan. Masalan, Papua 
Yangi Gvineya va Indoneziya. Boshqa holatlarda, ular milliy standartlarni 
rivojlantirish uchun foydalanilgan.
30
 
Hozirgi iqtisodiy rivojlanish davrida moliyaviy hisobotning ikki global tili 
yanada ko‘proq tan olinmoqda : AQSh buxgalteriya hisobi umumqabul qilingan 
prinsiplari (US GAAP) va Moliyaviy Hisobot Xalqaro Standartlari. Moliyaviy 
hisobot aniqligi va yakunlanganligi, uning global kompaniyalar tomonidan 
foydalanish ehtiyojlari tufayli ko‘proq Moliyaviy Hisobot Xalqaro Standartlariga 
murojaat etishmoqda. MHXS asosida tayyorlangan hisobotni juda ko‘p 
mamlakatlar qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari tomonidan e’tirof etilmoqda.
Moliyaviy Hisobot Xalqaro Standartlari bo‘yicha Komitet (MHXSK) – 
nodavlat tashkilot bo‘lib, unga butun jahon buxgalterlik faoliyati sohasining 
vakillari a’zodirlar. Komitet doimiy ravishda Moliyaviy Hisobot Xalqaro 
Standartlarini ishlab chiqish va rivojlantirish uchun javobgardir. Moliyaviy 
Hisobot Xalqaro Standartlari esa, ma’lumki, buxgalteriya hisobini yuritish va 
moliyaviy hisobotni tuzish bo‘yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan 
qoidalardir.
MHXSK – mustaqil notijorat tashkilot bo‘lib, u butun jahonda tijorat 
korxonalari va boshqa tashkilotlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzish 
jarayonida qo‘llaniladigan buxgalterlik prinsiplarini muvofiqlashtirishga erishish 
maqsadida tuzilgandir.
30
Accounting theory 7 th edition 

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin