24
MORFEMIKA, SO‘Z YASALISHI, MORFOLOGIYA
1-mashq. Quyidagi gaplar tarkibidagi so‘zlarni asos va
ko‘makchi morfemalarga ajrating.
1. Quyoshning so‘nggi nurlari qadalgan bulut parhalari shamday
so‘nib, shamol asta-sekin tina bordi. (J.Vern.) 2.
Alimardon
parparonday yelib ketgan mashinaning orqasidan qarab tishlarini
g‘ijiriatib qoldi. (O‘.H.) 3. Baholarni
boshqarib turmasdan
O‘zbekiston sharoitida bozor munosabatlariga o‘tish qiyin.
(I.A.Karimov.) 4. Ular tepani kamardek o‘rab o‘tgan so‘qmoqlarni
zinadek bosib pastga tushishdi. (Sh. X.) 5. Quduqdan sal narida
ko‘xna tosh qo‘rg‘onning vayronalari saqlanib qolgan edi.
(A.S.Ekzyuperi.) 6. Anvar yumshoq o‘rindiqli kresloni Alimardonning
oldiga surdi. (O‘.H.) 7. Bekat
kasalxonasining bosh vrachi
Qamariddin Shamsiddinovning otasi mashhur tabib o‘tgan. (Sh. X.) 8.
Negaligini xudo biladiyu dilimni yana qo‘rg‘oshindek g‘ashlik
qopladi. (A.S.Ekzyuperi.) 9. Kuzatuv postidan yangragan qichqiriqni
eshitgan yaxtadagilar
kema bortiga tashlanib, g‘arb tomonga tikila
boshladilar. (J.Vern.) 10. Orqada o‘tirgan Munira derazadan tevarakka
tikilib, allanarsalarni o‘ylab borar edi. (Sh. X.)
Dostları ilə paylaş: