4
SO‘Z BOSHI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi
PF-6084-sonli “Mamalakatimizda o‘zbek tilini
yanada rivojlantirish
va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
muvofiq ta’lim tashkilotlarida davlat tilini o‘qitish tizimini yanada
takomillashtirish, uning ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirishga,
zamonaviy axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalariga faol
integratsiyalashuvini ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bu
esa ta’lim muassasalarida ona tilini o‘qitish metodikasini yanada
takomillashtirish vazifasini qo‘yadi. Binobarin, ta’limda oldin ko‘proq
nazariy masalalar asosiy o‘rinni egallagan bo‘lsa, endilikda tildan
amaliy
foydalanish, uning o‘ziga xos xususiyatlarini mustaqil
o‘rganish dolzarblik kasb etmoqda.
Mazkur
o‘quv-uslubiy qo‘llanma xalq ta’limi uchun
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash
Davlat standartlari
dasturi talablari asosida tuzildi. Unda ona tilining fonetikasi, leksikasi,
grammatikasi, uslubiyati, punktuatsiyasi bo‘yicha olingan bilimlarni
real sharoitda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha
amaliy mashq va topshiriqlar o‘z aksini topgan.
Bu mashq va
topshiriqlarni bajarish yo‘llari ham belgilangan bo‘lib, bunda talab
qilingan shartlar asosida ularni bajarishda talabalarning ona tilidan
olgan bilimlarini yanada mustahkamlanadi hamda ularning o‘z ustida
mustaqil ishlashi ta’minlanadi.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanmada ta’lim
va tarbiyaning uzviy
bog‘liqlik tamoyili asosida mashqlar tarkibiga kiritilgan gaplar, xalq
maqollari va hikmatli so‘zlar tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ular
yosh avlodning ma’naviy tarbiyasida muhim o‘rin tutishiga diqqat
qilindi.
Mashqlar to‘plamida talabalarning
ona tili grammatikasi
qoidalarini puxta o‘zlashtirishlariga, mantiqiy tafakkurlari rivojlanishi
hamda ularning yozma va og‘zaki nutqini o‘stirishga alohida e’tibor
berildi.
Mazkur
o‘quv-uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda boshqa
mualliflar tomonidan oliy o‘quv yurtlarida ona tili o‘qitish bo‘yicha
nashr etilgan darslik va qo‘llanmalar, mashqlar to‘plami, shuningdek,
o‘zbek tilshunosligidagi nazariy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar asos
qilib olindi.