3-mashq. Gaplarni o‘qing. Ostiga chizilgan so‘zlardagi undosh tovushlarni tahlil qiling. Namuna: s - undosh tovush; hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra til; til oldi undoshi; hosil bo‘lish usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi undosh; ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra shovqinli; jarangsiz undosh tovush. 1. Vijdon pokligi va bedorligi asrlar, zamonlar osha inson
ma’naviyatining
tayanch ustunlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
(I.Karimov.) 2. Daraxtni yer kokartiradi, Odamni el ko‘kartiradi.
(Maqol) 3. E’tiroz bildirgan kishining tovushi supurgi bilan urilgan
arining tovushiday birdan o‘chdi. (A.Q.)
4. Hovlining to‘rt tarafi turlik ehtiyoj binolari bilan va to‘rdagi
binoning ikki biqini katta uylar bilan o‘ralgan bo‘lib bu ikki uyning
orasig‘a o‘lturgan koshinkor va naqshin chorxari ayvon bu hovlining
birinchi martaba ko‘zga chalinadirg‘an ortiqliklaridandir. (A.Qod.) 5.
Daryoning quyi tomonida ko‘ringan sel oqimi o‘rkach-o‘rkach
to‘lqinlari bilan yuqoriga qarab bostirib kelardi. (T.Mal.)
4-mashq . Berilgan gaplarni o‘qing, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni tovush tomondan tahlil qiling va ma’nosini izohlang. 1. Dono- so‘z bilan, nodon-
so‘z bilan . (maqol) 2.
Dehqonni yer
davolaydi. Urug‘ bilan birga orzu, dard-hasrat,
quvonchlarini ham
yerga to‘kadi. (S.Nurov.) 3. Gulnorning g‘oyib bo‘lishi
Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi. (O.) 4. Zufar
Hakimovichning yuzida ham endi bezovtalik ifodasi yo‘q edi. (P.Q.) 5. Ona mehriga
tenglashadigan mehr-muhabbat olamda topilarmikan? (Y.Sh.)
5-mashq. Berilgan matnni fonetik birliklar (fraza (jumla), takt (sintagma), fonetik so‘z, bo‘g‘in, tovush)