15-mashq . O‘qing. Assimilyatsiya, dissimilyatsiya va metatezga uchragan so‘zlarni toping . 1. – Bo, zaril keptimi!-Lobar labini burdi.- Ishim boshimdan
oshib yotibdi. (H.G’.) 2. Menga qara, Hojiakbarri o‘g‘lisan-a, ertaga
bir do‘ppi o‘rik beraman, mana shu xatti o‘qib ber. (S.A.) 3. O‘nta
qo‘yni qishdan omon chiqarsa, bitta qo‘zi ustama mukofot oladi. (Sh.
X.) 4. Amirzodamning so‘zlari qulingizga sari toj bo‘lsin! Ertagayoq
novvoylarga un berib, ochlarga non yoptirib tarqatishni men o‘z
zimmamga olurman! (P.Q.) 5. Tankka qarshi to‘plar, tanklarni yaqin,
go‘yo mana-mana sapchish bilan bosib, yanchib keta oladigan
masofaga keltirib, omonsiz o‘tga tutardilar. (O.) 6. Elmurod… turli
noz-u ne’matlardan yeyotgan sallalilarga telmurdi. (P.T.) 7. - Sayr
qilsa arziydigan tun,-dedi Ketrin.- Bevosh kecha, nimasini aytasiz.
(E.Xeminguey.) 8. Boshim aynaldi. U yo‘gini eslolmayman. (H.G’.)
9. Gulsinbibi qizi Gulnorni po‘rasiga o‘tqizdi, mahsini yeshtirdi. (O.)
10. Aytmoqchi, kechka yaqin yana kirib o‘tarsiz. (J.Abd.)
16-mashq. O‘qing. Ushbu gaplarda qanday grafik vositalar qatnashganini ayting. 1.
Mayli endi, azizim besh-olti yil emas, besh -olti, kun
deyapti-ku? Kep qolar erta-indin. (O.Y.) 2. Qani bir nay bo‘lsa,
Yo‘lchi ham chalsa-da, butun ko‘ngil qayg‘ularini, oila o‘chog‘idan
ayrilgan g‘arib, tanho ruhning to‘lqinlarini kechaning sukut to‘la
og‘ushiga qo‘ysa... 3. – Shunaqami? U kishi ham diplom
yoqladilarmi? – dedi Otaqo‘zi kesatib. 4. Ona yerim – oltin tuprog‘im.
5. –Ie, Hoji aka, sizga dori berish esimdan chiqibdi-ku, yuring! – dedi
va Hojini yetaklab chiqib ketdi. (A.Q.) 6. Kampirlar bir-biriga
11
qarashdi va hamma birdan: - Nega, nega bo‘lmas ekan!- dedi. - Bo‘lsa
nega indamaysizlar? Qani, To‘xta xola, gapiring! (A.Q.)