52-mashq. Gaplarni o‘qing. Mustaqil, yordamchi so‘z va
alohida olingan so‘zlarni aniqlab, to‘liq morfologik tahlil qiling.
1. Osmon ko‘m-ko‘k. Unda-bunda suzib yurgan oq bulut
parchalari go‘yo qishdan qolgan xiralik g‘uborni artib yuborganday.
(A.Q.) 2. Madrasa talabalari orasida hatto
yigirma-yigirma besh yil
mobaynida matonat va ijtihod bilan tahsil qiluvchilar borligini aytdi.
(O.) 3. -Qanaqa beg‘am bolasan? Ertaga to‘y bo‘lsa-yu, bu tentak
allaqayoqlarda daydib yursa. (S. A.) 4. –
Gapiring tezroq nima
demoqchisiz? – dedi u hansirash bilan. (Ch.A.) 5. Kishining boshiga
tushgan kulfat nechog‘lik og‘ir bo‘lmasin,
uni sabru, toqat va iroda
47
bilan yengish mumkin. (O.Y.) 6. Biror
kasbni chin yurakdan sevib
qolsang, uning mashaqqatlari jonga huzur bag‘ishlarkan. (X.T.) 7.
Avvalo qishning sovuq nafasi seziladi. So‘ng tog‘larning, uning
etagidagi qishloqlarning aybini berkitmoqchi bo‘lganday qor yog‘a
boshladi. (T.M.) 8. E, peshonam buncha sho‘r bo‘lmasa?
Qaysi
gunohlarim uchun menga bunchalik jazo! (M.) 9. … orqa tarafdagi tut
barglari shitir-shitir qimirlab, yer ostidan
chiqqandek kutilmaganda
Muhammad aka paydo bo‘ldi. U ariqdan gup etib sakrab o‘tdi-da,
bosvoldini avaylab yerga qo‘ydi. (O‘.U.) 10. Mashina keng yo‘lga
chiqdi-yu, yo‘lda tuyaday ko‘ndalang cho‘kib yotgan qumlarga duch
kelib, yurishi sekinlashdi. (Sh.R.) 11. Rangli bo‘yoqlar bilan ishlangan
mo‘jazgina suratdagi go‘zal qiz shu payt unga tirik bir odam bo‘lib
ko‘rinadi. (P.Q.)
48
SHARTLI QISQARTMALAR
A.N. – Alisher Navoiy
A.Q. – (Abdulla Qahhor)
A.Qod. – Abdulla Qodiriy
A.S. Ekzyuperi- Antuan de
Sent-Ekzyuperi
E.V. – Erkin Vohidov
J.Vern – Jyul Vern
H.O.-Hamid Olimjon
H.G’.- Hamid G’ulom
M. – Mirmuhsin
M.Do‘st. – Murod Muhammad do‘st
M.I. – Mirzakamol Ismoiliy
M.Sh. – Maqsud Shayhzoda
N.S.- Nazir Safarov
O.-Oybek
O.Y. – Odil Yoqubov
P.Q – Pirimqul Qodirov
Q.H.- Qudrat Hikmat
S.A. – Said Axmad
S.B.- Sergey Borodin
Sh.R. – Sharof Rashidov
Sh.R.Term. – Shafoat
Rahmatullo Termiziy
Sh.X.- Shukur Xolmirzayev
T.Mal. – Tohir Malik
T.M. – Tog‘ay Murod
X.T. – Xudoyberdi To‘xtaboyev
O‘.U. – O‘ktam Usmonov
O‘.H.- O‘tkir Hoshimov
G‘.G‘.– G‘ofur G‘ulom
Ch. – Cho‘lpon
Ch.A.-Chingiz Aytmatov