O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi


-mashq. Gaplarni o‘qing. Taqlid so‘zlarni topib, ma’nosiga



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/44
tarix30.07.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138030
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
ona tili mashqlar to\'plami

50
-mashq. Gaplarni o‘qing. Taqlid so‘zlarni topib, ma’nosiga 
ko‘ra alohida ustunlarda yozing. 
1. Ona uning qirt-qirt qilib saqol qirishiga qarab ich-etini yeb 
o‘tirardi. (S.A.) 2. Tanga yoqadigan erta bahor shabadasi g‘ir-g‘ir 
esib, odam ko‘ngliga allaqanday tuyg‘ular soladi. (S.A.) 3. Javob 
o‘rniga eshik zulfinlarining sharaq-shurug‘i eshitildi. (O.Y.) 4. 
Darhaqiqat, o‘rik bu yil misli ko‘rilmagan darajada sergul bo‘ldi, 
katta-kichik novdalar shig‘il-shig‘il gulga ko‘milib, endigina 
kurtakdan chiqqan nimjon yaproqlarni ham yashirgan edi. (Sh.R.) 5. 
Suruvlar g‘uj-g‘uj bo‘lib kelayotganiga qaraganda yoyilib yurgan 


46 
qo‘ylar emas. (P.Q.) 6. Otin bibi darang-during qilib sandiqni ochdi. 
(O.) 7. Qizlar sekin shivirlashib piq-piq kulib qo‘yardilar. (O.) 8. – 
Kishanning kalitini ber! – dedi erkaklardan biri qo‘rqanidan dag‘-dag‘ 
titray boshlagan saqolli soldatga. (M.I.) 9. Uyiga qaytsa, maktabda 
duv-duv gap. (Sh.) 10. Saroy qop-qorong‘i tinch uyquda ammo, bu 
tinchlikni saroy otxonasidagi otlarning kurt-kurt xashak chaynashlari 
va atrofdagi xo‘rozlarning qichqirishlarigina buzar edilar. (A.Qod.)
51-mashq. Gaplarni o‘qing. Taqlid so‘zlarni topib ma’nosini 
izohlang. Gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. Atrofda piqir-piqir kulgi boshlandi. (A.Q.) 2. Ular to‘rtta edi; 
undan bundan gangur-gungur gaplashib, birovi tepalik birovi jiyak, 
birovi gardish tikish bilan mashg‘ul. (O.) 3. Unga jovdirab boqqan 
Dildorning ko‘zlaridan duv-duv yosh oqardi. (S. A.) 4. Urgut 
tog‘laridan g‘ir-g‘ir shabada esib turgan, iliq bahor oqshomi edi. 
(O.Y.) 5. Yo‘lakning oxirida, milt-milt yongan shu’la ko‘rindi. (O.Y.) 
6. Dukur-dukur oyoq tovushlari yaqinlashib, qulf-kalitlarning sharaq-
shurug‘i eshitildi. (O.Y.) 7. Robiya yuzini qo‘llari bilan to‘sib yum-
yum yig‘lay boshladi. (P.Q.) 8. Dehqonlar ho‘ng-ho‘ng yig‘lab, ixlos 
bilan eshitar edilar. (O.) 9. Charx yonida ertadan qora kechgacha 
o‘tirib ip yigirishga charx g‘uv-g‘uvidan quloqlarini bitirishga majbur 
qilgan kuch, balki bolalariga bo‘lgan o‘sha mehru muhabbatidir. 
(M.I.) 10. Onasi qizini ko‘ksiga bosib piq-piq yig‘ladi. (M.I.) 11. Kun 
botishga yaqin sal dim bo‘lib turadi-da, keyin g‘ir-g‘ir shamol esib 
qoladi, kunduzining butun xordig‘ini chiqarib yuboradi. (Sh.) 12. U 
hamon dag‘-dag‘ titrar, nazarida mudhish bir chohga qulab 
tushayotganday tuyular, lekin endi to‘xtab, orqaga qaytishning iloji 
yo‘qligini ham sezardi. (O.Y.) 13. – Qoyil qildingiz! – dedi ko‘zi jiq-
jiq yoshlanib. (O‘.U.) 14. Qizning yuragi duk-duk urardi. (O.)

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin