37-mashq. To‘liqsiz fe’llar bilan qo‘llangan yasama fe’llarni tahlil qiling. 1.
Shimoliy qutbdagi yagona fonusni yoqishi lozim bo‘lgan
charog‘bon bilan uning Janubiy qutbdagi hamkasbiga hammadan ham
mazza edi. (A.S.Ekzyuperi.) 2.Onasi necha yildirki, uni uylantirishni
orzu qilar, ammo Alimardon unamas edi. (O‘.H.) 3. Bu bolaning turqi
sovuqroq edi. (T.M.) 4. O‘sha kuni havo ochiq, quyosh nur
sochmoqda edi. (J.Vern.) 4. Orqada o‘tirgan Munira derazadan
tevarakka tikilib, allanarsalarni o‘ylab borar edi. (Sh. X.) 5.
Aytishlaricha, bunday odamlar yuz yilda bir tug‘ilar emish…( O‘.U.)
6. Albatta, bu aytilgan gaplar yangilik emas. (I.A.Karimov.) 7. Jamila
sarvqomat, bejirim ayol edi. (Ch.A.) 8. – Alimardon o‘shanda ham
shayton edi... (O‘.H.) 9.Oyoqlari tagida dumaloq bo‘lib ochilib turgan
fok yelkani, tepasida es fokmarsel yelkani shamolday yoyilib yotar
edi. (J.Vern.)
38-mashq. Ravishlarni aniqlang, ularning ma’no turini yozing. 1. Shu payt hovli tomondan kimningdir tovushi eshitildi. (A.Q.)
2. Endi siz qachon hisob berasiz? (A.Q.) 4. Mardlarcha kurashmoq
mardlarning ishi. (S.A.) 3. -Xo‘p, -dedim. Ko‘p savdolashmay kirani
kelishdik. (O‘.U.) 4. Otaginam, men, mol-dunyo uchun olishmadim.
Mol-dunyo hirsidan o‘zimni hamisha saqlab keldim.(T.M.) 5.Boisi,
o‘zga tumanlardan polvonlar ko‘p keldi. (T.M.) 6.Bir kuni osmoni
falakni qora bulut qopladi. (O‘.U.) 7….Fotihadan so‘ng, Hojar buvi
darrov dasturxon yozdi, birpasda choy damlab keldi-da, nevarasining
yoniga o‘tirdi.(O‘.U.) 8. Hovlida esa musicha hamon quqular, chars-
chars yonayotgan g‘o‘za poya ovozi unga qo‘shilib g‘alati, orombaxsh
ohang kasb etardi.( O‘.U.) 9. Seni bir o‘zgacha yo‘qlaydi bahor, Meni
yo‘qlaydi kuz o‘zgacha. (M.Abdulhakim.) 10. Endi men jimgina
faryodman, Endi sen jimgina nolasan. (M.Abdulhakim.)